REJA:
1.Dars- ta`limning yetakchi shakli.
2.Huquq darslarining tuzilishi.
3.O’qituvchi ish rejasi.
Dars inson tafakkuri mahsulini, Fan va texnika, san`at va adabiyot yutuqlarini, Vatanimiz tarixi hamda xalqimizning milliy madaniyatini yoshlarga singdirishning asosiy shaklidir.
Darsning asosiy belgilaridan biri bu ilmiylikdir. Darslarda o’rganiladigan bilimlar hozirgi zamon Fani yutuqlarini o’zida aks ettirishi, ta`lim jarayoni maqsadi hamda o’quvchilarning real bilish imkoniyatlariga mos bo’lishi zarur.
Ta`limning boshqa shakillariga o’xshab darsga ham qator talablar qo’yiladi. Yu.K.Babanskiy va N.A.Sorokin darsga qo’yiladigan talablarni uch guruhga ajratishadi:
1. didaktik (yoki ta`limiy) talablar
2. tarbiyaviy talablar
3. tashkiliy talablar
I. Didaktik yoki ta`limiy talabga quyidagilar kiradi:
1. Har bir darsning ma`lumot berish, rivojlantirish maqsadini aniq belgilash, uning darslar tizimidagi o’rnini qat`iy aniqlash.
2. Darsning optimal mazmunini, o’rganiladigan bilimlar ko’lami, shakllantiradigan ko’nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo’yish.
3. Darsni tashkil etishga oid ratsional ta`lim metodlarini, vositalarini tanlash, o’quvchilar bilish faolligini rag’batlantirish, o’quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta`limga optimal tadbiq etish.
4. Ta`lim printsiplarini (ilmiylik, faollik, predmetlararo aloqa) og’ishmay amalga oshirish.
II. Darsga qo’yiladigan tarbiyaviy talablar qo’yidagilar:
1.Darsda o’rganiladigan o’quv materiallari bo’yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish.
2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
3.O’quvchida o’qishga oid ijobiy mativlarni uyg’otish, bilish, o’rganishga havas, ishtiyo, qiziqishni shakllantirish.
4. Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.
III. Tashkiliy talablar:
1.Dars uchun puxta o’ylangan konspekt yoki reja tuzish.
2.Darsning logikasiga (dars etaplarining o’zaro bog’likligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar) rioya qilish.
3.Dars tempini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish.
4.Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish.
5.Darsda ongli intizomni tashkil etish.
B.P.Esipov, I.T.Ocherdnikov quyidagi dars tiplarini tavsiya etadi:
1. Yangi bilim berish darsi.
2. Malaka va ko’nikmalarni shakllantirish darsi.
3. Umumlashtirish darsi.
4. Takrorlash va mustahkamlash darsi.
5. Kontrol dars.
6. Aralash dars.
Har bir dars o’z ichida mantiqiy qismlarga ajratilgan. Darsning tarkibiy qismlariga dars bosqichlari deyiladi. Darsning bosqichlari o’quv materiali mazmuni, tanlangan ta`lim metodlari, vositalari, o’quvchilarning aqliy faoliyatiga ko’ra belgilanadi. Shuning uchun darslar rang-barang bo’lib, bir-birga ikki tomchi suvdek o’xshash ikkita darsni tashkil etishi mumkin emas.
Yangi o’quv materialini o’rgatish va mustahkamlash darslarida bilimlarni og’zaki bayon etish (hikoya, tasvir, lektsiya) suhbat, mustaqil ish kabi ta`lim metodlaridan foydalaniladi. Ta`lim metodi o’quv tarbiya jarayonini o’tkazish va boshqarishning ham tashqi, ham ichki tashkiliy vositasi sanaladi.
Ma`lum fanni o’qitishning asosiy shakli-dars. Avvalambor, har qanday fanga doir dars zamonaviy talablarning bajarilishiga qaratilgan bo’lishi lozim. Bunday darsdagi barcha faoliyat pedagogika, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlardagi eng yangi yutuqlarni, ilg’or pedagogik tajribani hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Maktabdagi darslar jamiyatimizdagi ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyot, moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy ong sohasidagi tub o’zgarishlar sababli yuz bergan hozirgi rivojlanish jarayonlarini aks ettirish lozim.
Ta`lim usullari o’quvchilarning o’quv jarayonidagi faolligiga yordam berishi va o’rganiladigan materialni teran farqlab etishishini ta`minlashi kerak. Bunday talablar ta`limda, tarbiyada va bilish qobiliyatlarini ravnaq toptirishda muhim rol o’ynaydi.
Ta`limda texnika vositalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, radio va oynai jahonning qo’llanilishi kata ahamiyatga ega. Ulardan foydalanish radiyodarslar, teledarslar darslarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Darsdagi ilmiy tashkil etilgan o’quv jarayoni shunisi bilan xarakterliki, ular o’quvchilarnig yangichà vaziyatlarda ham amal qilishi, keng doiradagi masalalarni hal etishda qo’llanilishiga imkon beradigan bilimlar malakalar, ko’nikmalarni beradi.
Darsdagi o’quv jarayonini o’quvchilarning individual o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib yuritish lozim. O’quvchilar tarkibi har qanday holatda bo’lganida ham bilimlar va malakalarni o’zlashtirish birdek bo’lmaydi, chunki bolalarning ish qobiliyati, tayyorgarligi, tarbiyalanganligi turlicha bo’ladi.
Auditoriyaga nisbatan bunday tabaqalashtirilgan yondashuv to’g’ri tarbiyaning ham muhim sharti hisoblanadi. Masalan, sinfda voyaga etmaganlar bilan ishlash bo’yicha inspektsiyada hisobda turadigan bolalarning bo’lishi ularga nisbatan alohida yondashuvni, zarur bo’lganida guruh-guruh bulib yoki yakka tartibda ishlashni hakozo etadi.
Dars o’quvchilarda o’rtoqlik hissini rivojlantirishi, sinfdagi ishlar ahvoli uchun jamoa tarzida mas`ul bo’lishga o’rgatishi lozim. Sinfning obro’-e`tibori, yoshlar tashkilotlarining faol ish olib borishi qiyin tarbiyalanadigan bolalar xulk-atvoriga o’z ta`sirini ko’rsatadi.
Huquq o’qituvchisi huquqshunoslik va huquq pedagogikasi sohasidagi maxsus tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak. Odatda, maqtab o’qituvchisi yuridik ma`lumotga ega bo’lmaydi. Shuning uchun hozir pedagogika o’quv yurtlarida huquqning o’qitilishi yuzasidan choralar ko’rilmoqda, maktablar o’qituvchilari va rahbarlarini qayta tayyorlash kurslari tashkil qilingan.
Hozirgi darsga qo’yiladigan umumiy talablar to’laligicha huquq darsiga ham tegishlidir. Shu bilan birga huquq darsi ayrim o’ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Huquqni o’qitish vazifalari, mazmuni va usullari nafaqat yuridik ta`lim berish maqsadini, shu bilan birga Huquqbuzarliklarning oldini olish, intizomni mustahkamlash, o’zlashtirish, Huquqiy ongning yuksalishini ham o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Huquqiy ta`lim natijalari o’quvchilar ijtimoiy folligini oshishi ularni o’qitish sarqitlariga, loqaydlikka, xudbinlik, milliy ma`naviyat me`yorlarini buzishlarga qarshi kurashga jalb etish bilan bog’liqdir. Boshqa faktlarga doir darslar kabi huquq darsi ham har xil shakllarda dars-suhbat, dars-ma’ruza, dars-seminar, takrorlash - umumlashtirish darslari tarzida o’tkazilishi mumkin.
Ayrim o’qituvchilar huquqni o’qitishdagi muayyan qiyinchiliklar borligi - huquq tilining "quruqligi", yuridik me`yorlarni tushunishning qiyinligi, huquqiy atamalarning murakkabligini ham qayd etishadi.
Lekin agar o’qituvchi lozim darajada tayyorlangan va huquqiy me`yor mazmunini o’quvchilarga tushunarli va yangi bo’lgan aniq hayotiy vaziyat orqali ochib bera oladigan bo’lsa, bunday qiyinchiliklarni bemalol bartaraf etish mumkin. Huquq tilining o’ziga xo xususiyatlari xalqning xoxish-irodasini ifodalaydigan qonunning aniqligi, uni erkin talqin qilish mumkin emasligi bilan bog’liqdir. Undagi siqiq ta`riflarda huquqiy bilimlarni obrazli, emotsional, tushunarli tarzda targ’ib etish uchun keng imkoniyatlar mujassamlashgan.
Huquqni o’qitadigan o’qituvchi zarur hollarda "Huquqshunoslik lug’ati", yuridik atamalarning qisqacha lug’atiga murojaat etishi lozim.
Darsning yanada aniq va ishonchli bo’lishi uchun o’qituvchi o’quvchilarga "Ular odamlar hayoti va salomatligini muhofaza qilayotib, o’z hayotlarini xavf ostiga qo’yishgan" degan mavzuda (vaqtli matbuot, badiiy adabiyot, kinofil'mlar materiallari va shu kabilar asosida) unga kata bo’lmagan xabar tayyorlashni taklif qiladi.
Dars boshida o’quvchilarning xabarlari tinglanadi. O’qituvchi yakun yasab, o’quvchilar diqqat e`tiborini huquqga nisbatan ijobiy munosabat bildirilgan misollar, qonuniy xulk-atvor namunalariga qaratib, masalani bayon qilishga o’tadi, natijada bu kata tarbiyaviy samara keltiradi.
Tabiat muhofazasi, mehnat haqidagi qonunlar va shu kabilar haqidagi darslarni ham qiziqarli qilib o’tkazish mumkin.
Masalan, o’qituvchi "mehnat Huquqi" mavzuiga, ish vaqti va dam olish vaqti to’g’risidagi mashg’ulotga tayyorlanishda bolalarga, darslarni tayyorlash, ota onasiga yordam berish, o’qish, kinofil'mlar va teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, sport o’yinlari, hovlida sayr qilish va shu kabilarga qancha vaqt sarflanishi batafsil yozish haqida topshiriq beradi. Bunday darsda bolalarning ko’pchiligi o’zlarining bo’sh vaqtini foydali tarzda o’tqaza olmasliklariga ishonch hosil qilishadi.
Huquq darslarining (shuningdek, Huquqiy tarbiyaning boshqa shakllarining ham) bir marta o’tkazilishi, hayotdagi salbiy jihatlarning bo’rttirib kursatilishi ularning kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Biroq ishni ijobiy misollarga asoslangan holda o’tkazish, kishilar qaxramonligini o’rnak qilib ko’rsatish o’quvchida ijobiy tushunchalarni hosil kiladi.
Huquq darslarining tuzilishi. Har bir huquq darslarida o’quvchilarga puxta bilim berib boriladi. Mustaqil ishlar, qo’shimcha mashg’ulot, suhbatlar va hokazolar xam bilim berishning shakllari bo’lib xisoblanadi. Ularning mazmuni esa darsda o’rgatiladigan ma’ruzalar mazmuni bilan bevosita bog’liqdir. Dars o’quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Huquq o’qitish murakkab va keng qamrovli jarayon bo’lib, darsda o’quv materialini bayon etish bilan cheklanib qolmaydi. Huquqiy ma`lumotlarni o’quvchi tomonidan to’la o’zlashtirishga erishish darsning asosiy maqsadi hisoblanadi. Huquq darsi oddiy mashgulot emas, uni katta va murakkab ishonch muassasasiga o’xshatish mumkin, chunki unda o’qituvchi ham, o’quvchi ham doimo turli tuman va o’ta mas`uliyatli vazifalar bilan band bo’ladi. Darsning mazmuni, bayon etish shakli, o’rgatish obektlari ham doimiy ravishda murakkablashib boradi. Darsda o’quvchining bilim darajasi tekshirib boriladi; o’tilgan ma’ruza albatta mustahkamlanishi shart; yangi o’rgatilayotgan mavzu ustida o’quvchilarni mustaqil fikrlash; hujjatlarni tahlil qilish va taqqoslashga o’rgatib boradi. Huquqiy o’qitish usullari ham har xil. Masalan, og’zaki bayonning turli shakllari, bilimni tekshirish usullari, ko’rgazmali qurollar, ularning turlari va ularning foydalanish yo’llari va huquq fanidan dars berishning o’ziga xos shakl va usullaridan biri hisoblanadi.
Har bir huquq darsi o’z mavzusiga ega bo’ladi. Darsning mavzusi esa dastur va darslik mazmuni asosida o’qituvchi tomonidan tuziladi. Dars mavzusi qisqa va o’quvchilarga tushunarli qilib tuzilmog’i shart. Mavzuning nomi esa yangi materialni bayon etishdan oldin o’quvchi diqqatiga e`lon qilinadi. Yangi darsni bayon etish rejali tarzda olib boriladi. Dars mavzusini bir necha masalalarga bo’lib ko’rsatishni, materialni o’rgatish rejasi deyiladi. Rejaning punktlari ikkitadan kam, beshtadan oshiq bo’lmasligi shart. Mavzuning rejalari har bir darsda oldindan emas, har bir mavzu, uning barcha punktlari mo’ljallangan vaqtda o’tib ulgurishi shart. O’qituvchi ish rejasi. Darsni o’tishdan oldin o’qituvchi ish rejasini tuzadi. Ma`lumki har bir sohaning o’quv rejasi asosida o’quv dasturi tuzilgan. Shu dastur o’quv yiliga o’qituv ish rejasi tuzishda asos qilib olinadi. O’qituvchi dasturdan kelib chiqqan holda kalendar reja tuzadi. Unda mavzular soatlarga bo’lib chiqiladi va dars o’tish vaqti, hajmi, turi ko’rsatiladi.
O’qituvchilar ish rejasiga qo’shimcha metodik karta ham tuzishlari mumkin. Unda darsning mavzusi, maqsadi, dars o’tish usuli, foydalanilgan adabiyotlar va texnik vositalari, darsni yakunlash metodi ko’rsatiladi. Metodik karta tuzish uchun o’qituvchi puxta tayyorgarlik ko’rishi, unga kiritilgan ma`lumotlarni yaxshi bilishi, barcha o’qituv vositalarini o’tiladigan mavzu bilan bog’lashi kerak.
Metodik kartalarda mavzular qismlarga bo’linib chiqiladi, har bir ma’ruza mavzulari bo’yicha savollar tuziladi, uy vazifalari, foydalanilgan adabiyotlar yoki ko’rgazmali qurollar, mustaqil ish mavzulari, ma’ruza soatlari, o’zlashtirishni tekshirib turish metodlari aniqlanadi. Masalan, "Huquqshunoslik" fanining birinchi qismida davlat va huquq nazariyasi tushunchasi, davlatning vujudga kelishi haqida ma’ruza o’qiladi. O’qituvchi shu mavzularni tasvirlab beradigan sxemalar va diagrammalardan foydalanishi mumkin.
Tinglovchiga "Huquqshunoslik" darsliklaridan, Prezident asarlaridan, huquqshunos olimlarning kitoblaridan, yangi adabiyotlardan foydalanishni tavsiya etib, ularning to’liq nomi va muallifini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi hujjatlari. O’qituvchi darsga o’quvchi hujjatlarini ham tayyorlaydi. O’tilayotgan mavzuning tarbiyaviy aspektini aniqlash uchun o’qituvchi nazariy manbalarga murojaat qilishi kerak. Masalan, "Mustaqillik asoslari. Huquqiy davlat tushunchasi", "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat va qonunchilik palatalari to’g’risida" mavzular o’tilganda Prezident asarlaridan, qonun yangiliklaridan, Oliy Majlis sessiyasi hujjatlari, huquqiy davlat belgilariga bag’ishlangan adabiyotlardan foydalanish, ularning ayrimlarini tinglovchiga tavsiya etishi mumkin.
Har bir mavzuning o’ziga xos asosiy maqsadi bor. Masalan, "Axloq va huquq" mavzusini o’tishdan maqsad davlat va huquqning uzviy bog’liqligini tushuntirish, mustaqil respublikamiz rivojlanishida huquqning o’rnini ko’rsatish, axloqiy normalar bilan huquqiy normalarning umumiy va farq qiluvchi belgilarini tushuntirish, ularning yangi avlodni tarbiyalashdagi o’rnini bayon etishdir.
Tinglovchilar huquqiy bilimning asoslarini bilishi bilan bir qatorda ayrim hayotda to’qnash keladigan huquq normalarini bilmasliklari mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasida nikoh yoshi qizlar uchun 17 yosh, erkaklar uchun esa 18 yosh etib belgilanganligi, ayollar pensiyaga chiqishi 54 yoshdan belgilanganligini, ayrim hollarda qasddan qiynab odam o’ldirgan jismoniy shaxslar 13 yoshdan jinoiy jazoga tortilishi mumkinligini hamma ham bilmaydi. Demak, bu savollarning yechimini topish uchun tinglovchilarga maxsus yuridik adabiyotlar tavsiya etiladi, ular qatoriga Oila, Mehnat, Jinoyat Kodekslari va boshqalar kiradi.
O’quv hujjatlariga har tomonlama o’ylab tuzilgan, chiroyli bezatilgan ko’rgazmali qurollar kiradi. Odatda ko’rgazmali qurollarni talabalar, o’quvchilar o’zlari tayyorlab kelishlari tavsiya etiladi. Masalan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini tasvirlaydigan sxemani uch mavzuga bo’lib, katta formatdagi vatman qog’ozga chiziladi. Har bir mavzu alohida: "Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari", "Fuqarolarning siyosiy huquqlari", "Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari" va "Fuqarolarning burchlari" deb nomlanib, tinglovchilar yaxshi eslab qoladigan tarzda bezatilgan bo’lishi kerak. O’qituvchidan biroz harakatchanlik, izlanish va tinglovchilarni qiziqtirishga erishish qobiliyat talab qilinadi. Shunda u o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishadi, dars qiziqarli va foydali o’tadi. Huquqiy ta`lim-tarbiya ta`limning barcha turlarida olib boriladi.
Yuridik tushunchalar va ularni shakllantirish. O’quvchilarda huquqiy tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy tushunchalar har bir kishining dunyoqarash va axloqiy qarashlarini tartibga soladi. Huquqiy normalar yordamida nima qilish mumkinligini, nima zarurligini, nima qilish mumkin emasligini o’rgatadi. Barcha huquqiy tushunchalar huquq, huquq normasi, huquqiy munosabatlar, huquqbuzarlik, huquqiy javobgarlik, mehnat shartnomasi, huquqi layoqat va hokazolar ob`ektiv haqiqatning yuridik tavsifnomasini tashkil etadi. Bunda iqtisodiy mazmun, siyosiy yo’nalish, axloqiy pozitsiya, yuridik ahamiyati singari xususiyatlar ochib berildi. Ijtimoiy hodisalarning mohiyati huquq va burchlar birligini huquqning umumiyligini ochib berish ham huquqiy tushunchalar vositasida amalga oshiriladi.
Huquqiy tushunchalarning tub mohiyati yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish, ularning huquq normalari va huquq tartibotga munosabatlarini belgilab berishdan iborat. Huquqshunoslik fani aktual muammolardan biri o’quvchilarda ijtimoiy haqiqat haqida tasavvur hosil qilishdan iborat. O’qituvchi bunday tushunchalarni ochib berishi, bayon qilish uchun tegishli tayyorgarliklarni ko’rishi lozim. Masalan, ma`muriy huquq fanidan: ma`muriy qilmish tushunchasini; davlat yoki jamiyatga etkazilgan zararlarning aniq turlarini; axloq qoidalarini buzilish asoslarini, ma`muriy-huquqiy munosabatlarning mavjudligini, shu qilmishini muayyan qonuniy jazoga sazovorligi bayon etilmog’i lozim.
Huquqiy tushunchalarni shakllantirishda o’quvchilarning ana shu tushunchalarni to’la va puxta bilib olishi muhim rol o’ynaydi. Masalan: o’quvchilar davlat va huquq nazariyasi mavzusidan qo’yidagi mazmuniy yo’nalishlarini: davlatda hokimiyatning mavjudligini, hokimiyatni mustaxkamlashga qaratilgan qonunlarning ishlab chiqilganligi; davlat o’zining hududiy chegarasiga ega bulishi singari xususiyatlarni bilib olishi shart. Bunday murakkab huquqiy tushunchalarni shakllantirishda ko’rgazmalar, tadqiqot materiallari katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, o’qituvchi bunday tushunchalarni aniq shakllantirish uchun jamiyatning ijtimoiy tizimini nima tashkil etadi, davlat hokimiyati kimning qo’lida, qonunlar kimning manfaatini ifodalayapti, davlat qanday maqsadlarni ifodalaydi degan savollarga javob bera oladigan bo’lshi lozim.
Yuridik tushunchalarni shakllantirish jarayonida o’qituvchi muammoli vaziyatni hosil qilishi kerakki, bu o’quvchilarda katta qiziqish hosil qiladi. Yuridik atamalarni shakllantirishda o’quvchilarning ishtirokini ta`minlash o’qituvchining pedagogik mahoratiga bog’liq, chunki u muammoli masalani tanlaydi, o’quvchilarni unga jalb etadi va qiziqishlarning faolligini oshiradi.
Darsdagi o’quv jarayonini o’quvchilarning individual o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib yuritish lozim. O’quvchilar tarkibi har qanday holatda bo’lganida ham bilimlar va malakalarni o’zlashtirish birdek bo’lmaydi, chunki bolalarning ish qobiliyati, tayyorgarligi, tarbiyalanganligi turlicha bo’ladi.
Auditoriyaga nisbatan bunday tabaqalashtirilgan yondashuv tug’ri tarbiyaning ham muhim sharti hisoblanadi. Masalan, sinfda voyaga etmaganlar Bilan ishlash bo’yicha inspektsiyada hisobda turadigan bolalarning bo’lishi ularga nisbatan alohida yondashuvni, zarur bo’lganida guruh-guruh bo’lib yoki yakkà tartibda ishlashni taqozo etadi.
Dars o’quvchilarda o’rtoqlik hissini rivojlantirishi, sinfdagi ishlar ahvoli uchun jamoa tarzida mas`ul bo’lishga o’rgatishi lozim. Sinfning obru-e`tibori, yoshlar tashkilotlarining faol ish olib borishi qiyin tarbiyalanadigan bolalar hulq-atvoriga o’z ta`sirini ko’rsatadi.
Huquq o’qituvchisi huquqshunoslik va huquq pedagogikasi soxasidagi maxsus tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak. Odatda, maqtab o’qituvchisi yuridik ma`lumotga ega bo’lmaydi. Shuning uchun hozir pedagogika o’quv yurtlarida huquqning o’qitilishi yuzasidan choralar ko’rilmoqda, maktablar o’qituvchilari va rahbarlarini qayta tayyorlash kurslari tashkil qilingan.
Hozirgi darsga qo’yiladigan umumiy talablar to’laligicha huquq darsiga ham tegishlidir. Shu bilan birga huquq darsi ayrim o’ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Huquqni o’qitish vazifalari, mazmuni va usullari nafaqat yuridik ta`lim berish maqsadini, shu bilan birga huquqbo’zarliklarning oldini olish, intizomni mustahkamlash, o’zlashtirish, Huquqiy ongning yuksalishini ham o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Huquqiy ta`lim natijalari o’quvchilar ijtimoiy folligini oshishi ularni o’qitish sarqitlariga, loqaydlikka, xudbinlik, milliy ma`naviyat me`yorlarini buzishlarga qarshi kurashga jalb etish bilan bog’liqdir. Boshqa faktlarga doir darslar kabi huquq darsi ham har xil shakllarda dars-suhbat, dars-ma’ruza, dars-seminar, takrorlash - umumlashtirish darslari tarzida o’tkazilishi mumkin.
Ayrim o’qituvchilar huquqni o’qitishdagi muayyan qiyinchiliklar borligi - huquq tilining "quruqligi", yuridik me`yorlarni tushunishning qiyinligi, huquqiy atamalarning murakkabligini ham qayd etishadi.
Lekin agar o’qituvchi lozim darajada tayyorlangan va huquqiy me`yor mazmunini o’quvchilarga tushunarli va yangi bo’lgan aniq hayotiy vaziyat orqali ochib bera oladigan bo’lsa, bunday qiyinchiliklarni bemalol bartaraf etish mumkin. Huquq tilining o’ziga xos xususiyatlari xalqning xoxish-irodasini ifodalaydigan qonunning aniqligi, uni erkin talqin qilish mumkin emasligi bilan bog’liqdir. Undagi siqiq ta`riflarda huquqiy bilimlarni obrazli, emotsional, tushunarli tarzda targ’ib etish uchun keng imkoniyatlar mujassamlashgan.
Huquqni o’qitadigan o’qituvchi zarur hollarda "Huquqshunoslik lug’ati", yuridik atamalarning qisqacha lug’atiga murojaat etishi lozim.
Darsning yanada aniq va ishonchli bo’lishi uchun o’qituvchi o’quvchilarga "Ular odamlar hayoti va salomatligini muhofaza qilayotib, o’z hayotlarini xavf ostiga qo’yishgan" degan
mavzuda (vaqtli matbuot, badiiy adabiyot, kinofil'mlar materiallari asosida) unga kata bo’lmagan xabar tayyorlashni taklif qiladi.
Dars boshida o’quvchilarning xabarlari tinglanadi. O’qituvchi yakun yasab, o’quvchilar diqqat e`tiborini huquqga nisbatan ijobiy munosabat bildirilgan misollar, qonuniy xulq-atvor namunalariga qaratib, masalani bayon qilishga o’tadi, natijada bu kata tarbiyaviy samara keltiradi.
Tabiat muxofazasi, mehnat haqidagi qonunlar haqidagi darslarni ham qiziqarli qilib o’tkazish mumkin. Masalan, o’qituvchi "mehnat huquqi" mavzuiga, ish vaqti va dam olish vaqti to’g’risidagi mashg’ulotga tayyorlanishda bolalarga, darslarni tayyorlash, ota onasiga yordam berish, o’qish, kinofil'mlar va teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, sport o’yinlari, hovlida sayr qilish va shu kabilarga qancha vaqt sarflanishi batafsil yozish haqida topshiriq beradi. Bunday darsda bolalarning ko’pchiligi o’zlarining bo’sh vaqtini foydali tarzda o’tkaza olmasliklariga ishonch hosil qilishadi.
Huquq darslarining (shuningdek, huquqiy tarbiyaning boshqa shakllarining ham) bir marta o’tkazilishi, hayotdagi salbiy jihatlarning bo’rttirib ko’rsatilishi ularning kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Biroq ishni ijobiy misollarga asoslangan holda o’tkazish, kishilar qahramonligini o’rnak qilib ko’rsatish o’quvchida ijobiy tushunchalarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |