Avtoritar pedagogika (avtoritar pedagogik texnologiya) — ta’lim-tarbiya jarayoniga rahbarlikda o’qituvchining obro’siga asoslanish, unga o’quvchilarning ko’r-ko’rona, so’zsiz itoat etishlari. Bunda o’quvchilarning erkin va mustaqil fikrlashlari, shunday harakatlar qilishlari cheklangan bo’ladi.
Avtoritet — shaxsning boshqalar e’tirof qilgan obro’si, fazilati, boshqalarga nisbatan ta’siri va ular tomonidan qadrlanishi. Avtoritet chin yoki soxta bo’ladi.
Baholash - ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat bo‘lgan jarayondir.
«Bahslashuv» - talaba (yoki o‘quvchi)lar o‘rtasida, bahs, munozaralar o’tkazish va bahslashuv klublarini tashkil etish hamda ularni ba’zi yanglishfikrlar, atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga qarshi kurashish, noo‘rin fikrlarga o‘z vaqtida qarshilik ko‘rsatish yoki bildirilgan fikrni(to’g’ri, noto‘g‘ri ekanligini aniqlab olish, o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishi, ta’sir eta olishga o‘rgatish va bahslashish madaniyatinishakllantirishga yo‘naltirilgan.
Bilim - bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. Chunki bu zaruriy bog‘liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o‘zi mavjud. Uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bilim kishidan kishiga ma’lumot (axborot) orqali o‘tadi.
Bilim — borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi.Obyektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar).U kundalik, ilmiy, empirik, nazariy bilimlarga ajraladi.
Bilish — obyektiv borliqning ongda aks etishining oliy shakli, haqiqiy bilimlar hosil qilish jarayoni. Bilish quyidagidarajalarda bo’ladi:
a)Hissiy bilish — sezgilar, idrok, tasavvur orqali.
b)Ratsional bilish — tushunchalar, mulohazalar, aqliy xulosalardan o’tib nazariyalarda o’rin oladi.
Shu bilan birga bilish — kundalik, badiiy, ilmiy bo’ladi. Ilmiy bilish tabiatni va jamiyatni bilishga ajraladi.
Birlamchi modul — pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlashda dastlabki modul sifatida tanlangan va o’z tarkibiga bitta yoki bir nechta kichik modullarni oladigan modul to’plami.
«Boshqaruv» - o‘qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullarihamda talaba (yoki o‘quvchi)larni ish jarayonida boshqarish usullari bilantanishtirish va shunga o‘rgatishga qaratilgan.
Diagnostika — pedagogikaning bo’limi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligini, pedagogik xodimlarning kasbiy tayyorliklari, bilim, ko’nikma, malaka va mahoratlarini, o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini har tomonlama o’rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish bilan shug’ullanadi.
Didaktika — pedagogikaning tarmog’i.Ta’lim-tarbiya nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Didaktika - grekchaso‘zdan olingan bo‘lib, o‘qitaman, o‘qishni o‘rgataman ma’nolarini anglatadi. Shunga ko‘ra didaktika – bu o‘qitish nazariyasidir. Didaktika o‘qitish jarayonining shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |