Diskursiv kompetensiya (diskurs – bu oʻɡʻzaki va yozma matn) matnni toʻɡʻri talqin qilish va tuzish, shuningdek, shunga mos nutqiy muloqot turini tanlash uchun oɡʻzaki va yozma matnlarning lingvistik, stilistik hamda tarkibiy xususiyatlarini bilib oishni nazarda tutadi.
Strategik (kompensator) kompetensiya chet tili muhitida nutqiy hamda ijtimoiy muloqot tajribasidagi muammolarni ayrim verbal hamda noverbal vositalar yordamida toʻldirish, kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo boʻlganda takroran soʻrash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |