Oʻquv-anglash kompetensiyasi ta’lim oluvchining chet tillarni oʻrganish jarayonida mustaqil bilim olish faoliyatidagi kompetensiyalar yiɡʻindisi boʻlib, zamonaviy ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish bilan boɡʻliq boʻlgan mantiqiy, metodologik, oʻquv faoliyati elementlarini oʻz ichiga oladi.
Hozirda darslarda eng koʻp qoʻllaniladigan oʻqitishning interfaol usullari quyidagicha:
1. Topshiriq, mashqni bajarishga doir metodlar:
Nemis tili grammatikasiga oid biror-biror qoidani oʻqituvchi oʻquvchilarga tanishtirib boʻlganidan keyin, uni mustahkamlash maqsadida turli xil topshiriqlar beradi. Ular yozma yoki oɡʻzaki shaklda boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |