100
20… 25 11…12 AlYuminiy kukuni-
15-25
100
10…20 10
AlYuminiy kukuni-7-
10
Shpil kakorpus tutashmalari-
ning ko’pi bilan 0,03 mm
tirqish
hosil
bo’lgun-cha
yeyilgan
joylari,
o’tkazish
sirtlarining
(pod-shipnik-
korpus-val, o’q-korpus, vtulka-
korpus) 0,1 mm dan kattaroq
tirqishga-cha yeyilgan joylari
100
20…15 11
Yupqa listlardan ishlangan detallar (radiatorlar, yonilg’i baklari, kuzov
paneli)dagi darz va g’ovaklarni ta`mirlashda tarkib sirtiga 1,5-2 mm qalinlikda
surtiladi yoki shisha to’qima yopishtiriladi.
Qatlamning qirralari chiqib turmasligi va qalinlashgan joylari bo’lmasligi kerak.
Eng ko’p uchraydigan nuqsonlarga dvigatellar bloki va kallagidagi darzlar
kiradi. Ularni tiklashning eng ko’p tarqalgan usullaridan biri darzlarni epoksid smola
bilan to’ldirishdir. Bunda to’ldirgich sifatida tsement yoki marshallit ishlatiladi.
Darzning uchlari parmalanadi (teshikning diametri taxminan 3 mm), shundan so’ng
darz ketgan joyda 6-8 mm kenglikda ariqcha o’yiladi. Ariqchaning chuqurligi devor
qalinligining yarmisidan oshmasligi kerak, ariiqcha va unga tegib turuvchi sirt
yaxshilanib tozalanadi, atseton yoki boshqa erituvchi bilan moysizlantiriladi, hamda
sirtdan 2-3 mm chiqib turuvchi valiklar hosil bo’ladigan darajada tarkib quyiladi.
Devorning orqa tomoniga ham o’tgan darzlarning pastki tomoniga qog’oz
yopishtiriladi. Keng teshilgan joylar armaturalangan epoksid smola bilan berkitiladi:
bunda avval tarkib surtiladi, so’ngra gazlamadan yamoq qo’yilib, ustidan yana smola
surtiladi (yamoq bir oz quritilgan smolaga shunday yopishtirilishi kerakki, tozalangan
tomonida bo’sh joylar qoladigan bo’lsin).
Dvigatellar porshenidagi darzlar va kuyishdagi nuqsonlarni ta`mirlashda avval
sirtga Yupqa qilib to’ldirgichsiz polimer qatlami, so’ngra asosiy tarkib surtiladi.
Porshen bir sutka davomida xona haroratida quritiladi, shundan keyin tiklangan joyga
qum qog’oz yoki egov yordamida ishlov beriladi.
Teshilgan joylar shisha to’qimalar yoki metall ustquymalar bilan berkitiladi.
Agar detalning sirti murakkab bo’lsa, teshik konturi bo’ylab teshiklar parmalash
maqsadga muvofiqdir. Tozalangan Yumshoq simdan to’r yasalib, unga bir necha
qatlam qilib shisha to’qima yotqiziladi.
Germetik birikmalar hosil qilish uchun (ayniqsa, yonilg’i baklarida) nuqtali
payvandlash jarayoni metall listlar chokiga epoksid smola to’ldirish bilan birga
bajariladi. yelim boltli va yelim parchin mixli birikmalar yaratilgan. Bunda
mustahkamlik va germetiklikni oshirish uchun pastlik choklar qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: