To„lov tizimining evolyusiyasi.
Pulning funksiyalari va ularning turli xil shakllarini yaxshiroq tushunish uchun, to‗lov tizimining evolyusiyasi va iqtisodiyotda ayirboshlash operatsiyalarini o‗tkazish usullarini ko‗rib chiqamiz. To‗lov tizimi yuz yillar davomida pul shakllari bilan bir qatorda rivojlanib bormoqda. Zamonning ma‘lum bir davrida oltin kabi qimmatbaho metallar asosiy to‗lov vositasi sifatida foydalanilgan va pulning asosiy shakli hisoblangan. Keyinchalik cheklar va qog‗oz pullar ko‗rinishidagi qog‗ozli aktivlarto‗lov tizimida foydalanish boshlangan va pulning asosiy shakli hisoblangan. To‗lov tizimining rivojlanishini kuzata turib, kelajakda pulning qanday shakllari muhim o‗rinni egallashini aniqlab olish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |