rasm. Pul aggregatlarini o‟lchash
M2 pul aggregati M1 aggregatini hamda M1 aggregati tarkibiga kirishi uchun etarli darajada likvidli bo‗lmagan boshqa aktivlarni o‗z ichiga oladi: chek yozib berish xususiyatidagi aktivlar (pul bozori depozit hisobraqamlari va pul bozori investitsion fondlaridagi ulushlar) va juda kam xarajat hisobiga naqd pulga aylanadigan boshqa aktivlar (jamg‗arma depozitlar va kichik denominatsiyali muddatli depozitlar). Kichik denominatsiyali muddatli depozitlar denominatsiyasi 100000$ dan kam bo‗lgan depozit sertifikati hisoblanib, shtraflarsiz faqatgina fiksirlangan qoplash muddatida so‗ndiriladi. Jamg‗arma depozitlar notranzaksion depozitlar hisoblanib, istalgan vaqtda qo‗shimcha mablag‗lar kiritilishi yoki olinishi mumkin. Pul bozori depozit hisobraqamlari pul bozori investitsion fondlariga o‗xshash bo‗lib, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqariladi. Investitsion fondlari ulushi chakana xisobvaraqlar hisoblanib, uy xo‗jaliklari cheklar yozishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |