KIRISH
I BOB. ALGORITMLAR NAZARIYASI
Algoritm tushunchasi
Algoritmning asosiy xossalari va tavsifi II BOB.Algoritm turlari
Chiziqli algoritmlar
Tarmoqlanuvchi algoritmlar
Takrorlanuvchi algoritmlar
Ichma- ich sikllar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Respublikamizda barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid bir qator vazifalar amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu jarayon esa har tomonlama rivojlangan intellektual salohiyatli ëshlarning tarbiyalashda zamin hozirlamoqda.
Respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalash, ëshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib xisoblanadi. Bugungi kunga kelib ta’lim tizimini rivojlantirish va bo‘lajak kadrlarni barkamol qilib tarbiyalashning o‘zbek milliy modelini yaratishdagi Respublikamiz tajribasini ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi olim va mutaxassislari o‘rganmoqda va tan olmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil 14 dekabrdagi O‘zbekiston respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!" degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan.1Bu jarayon yosh avlodning intellektual salohiyatini shakllantirish va tarbiyalash uchun uchun asos bo‘ladi.
2017-2121 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Xarakatlar strategiyasi Ijtimoiy soxani rivojlantirish yo‘nalishining “Ta’lim va fan soxalarini rivojlantirish” bandida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mexnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika xamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muxim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish” vazifalari belgilangan.2
1Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi (2016 yil 14 dekabr)
2O‘zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida. – T.: Adolat, 2017. -111 b.
Respublikamizda iqtisodiy va demokratik jarayonlarni rivojlantirish, fuqarolarning, ayniqsa jamiyatimizni buguni va kelajagini hal etuvchi yoshlarni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy - madaniy, ijtimoiy, ilmiy faolligini oshirish eng avvalo ularning ta’lim - tarbiyasiga bog‘liqdir. Talabalarga ta’lim - tarbiya berish bir - biri bilan chambarchas bog‘langan holda olib boriladi. Hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Karimov:
«Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi», – deb keltirib o‘tgan edilar.
Bu jarayonda algoritmlash nazariyasi asoslari fanini mukammal o‘rganish, algoritmlashga oid masalalarni amaliyotga tatbiq etish, Yevklid algoritmlari uchun samarali algoritmlardan foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalari qatoriga kiradi.
Kurs ishining maqsadi: Algoritmlash nazariyasi fanini o‘qitish jarayonida algoritm turlarini amaliyotga joriy qilish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |