Birinchidan, So'g'd tamadduni Zarafshon va Qashqadaryo daryolari
oralig’ida vujudga kelgan O’rta Osiyodagi madaniyat o'choqlaridan biri bo'lgan
hamda ko'p asrlik taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi.
Ikkinchidan,
Zarafshon
daryosining
yuqori
oqimidagi
dastlabki
manzilgohlar tosh davridayoq vujudga kelib, bu yerda qadimdan insonlar yashay
boshlaganligini mintaqada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tasdiqlaydi.
Uchinchidan, Mil. avv. IX-VIII asrlardan ilk shaharsozlikka xos bo’lgan
xususiyatlarni o’zida jam qilgan va qadimiy tarixiy manbalarda viloyat yoki shahar
nomlari bilan kirgan, baland mudofaa devori va keng xandaq bilan o'rab olinadi
(bu xil manzilgohlar mil. avv. I ming yillik boshidan O'rta Osiyoning dehqonchilik
qilinadigan viloyatlariga xosdir).
To’rtinchidan, umumso’g’d madaniyati deb atalgan madaniyat yaratgan
qadimiy so’g’diylar hozirgi uch viloyat hududida – Samarqand (Markaziy So’g’d),
Qashqadaryo (Janubiy So’g’d), Buxoro (G’arbiy So’g’d) da o'zaro birlashib va
to'xtovsiz taraqqiy etib borib, o’z davrida kattagina tarixiy viloyatga aylangan.
Beshinchidan, So’g’dning Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashganligi ilk
davrlardan boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik,
zargarlik, zardo'zlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik va h.k.) va
savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki bo'ldi.
Oltinchidan, bitiruv malakaviy ishining asosiy qismida fikr yuritganimiz
53
So’g’d hududidagi arxeologik yodgorliklarda olib borilgan izlanishlardan kelib
chiqib ulardagi shaharsozlik madaniyatining rivojlanish bosqichi turlicha va
yashash davri turlichadir. Samarqandda shahar hayoti birgina Afrosiyob
(shuningdek Ko’ktepa) da kechgan bo’lsa, Qashqadaryo hududida ikkita – Nautaka
va Naxshabda, Buxoroda Poykent va Varaxsha hududida kechgan
Yettinchidan, tadqiqotlar jarayonida topilgan numizmatik topilmalar
Yunon-baqtr hukmdorlari davridan ularning tangalariga taqlid qilib ishlangan,
shuningdek Girkod tangalari muomalada bo'lganligini tasdiqladi.
Sakkizinchidan, arablar istilosi natijasida asrlar davomida yaratilgan
umumso’g’d madaniyati butunlay yo’q qilindi.
Shunday qilib, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan umumso’g’d madaniyati
nafaqat O'zbekiston, balki butun O’rta Osiyoning qadimgi madaniyati xazinasi
durdonasi sifatida tarixda qoldi. Bu madaniy merosini o'rganish va ularni
himoyalash masalalari bilan bugungi kunda keng ko'lamli tadbirlar olib
borilmoqda.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |