173
o‘xshash o‘rinbosarlari bo‘lgan yangi mahsulot taqlidiy yoki
moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday hollarda narx
siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil
tovarlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan sifat va miqdorga qarab o‘zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o‘sishi bosqichidan to‘yinish
bosqichiga harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx
marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
To‘yinish bosqichida narxlarni ko‘tarish, odatda talabning ko‘payishi
emas, balki ishlab chiqarish xarajatlarining qiymati ortishi oqibatidir. Shu
sababli mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo‘yiladi yoki tovarlar
sotish hajmini ko‘paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash
yo‘li qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni
bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi jami g‘amlamalar sotib
tugatilgunga qadar amalga oshiriladi. Unga muqobil holda foydani
quvvatlash yo‘lida qo‘shimcha xarajatlar, xususan, mahsulot sotishni
rag‘batlantirish xarajatlarini qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada
saqlab qolinadi. Raqiblarning bozorni tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor
ta’minoti manbalari qisqaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu
mahsulotga hali muhtoj bo‘lgan muayyan bozor segmenti saqlanib qoladi.
Bu esa mahsulot yashash davrining so‘nggi bosqichi davrida bozorda
qolgan firmaga o‘z narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassisari uchun narx
belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog‘ini olish» va
«kirib olish» siyosatidir.
«Qaymog‘ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish
narxidan ancha yuqori o‘rnatib asta-sekin uni tushirib boradi. «Qaymog‘ini
olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda
foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi,
mahsulot esa segmentatsiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda
sotiladi. Bozorning to‘yinishidan so‘ng iste’molchilarni jalb qilish
maqsadida narx pasaytiriladi. Shunday yo‘l bilan to‘liq daromad eng ko‘p
miqdorga yetkaziladi.
Shu sababli yagona yo‘l – tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi
segmentlar izlash hisoblanadi.
«Qaymog‘ini olish» va «kirib olish» siyosatlari narx belgilashning
favqulodda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Uning birinchisi qimmat naxlar,
ikkinchisi arzon narxlar strategiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: