Reklama auditoriyasi - muayyan axborot manbalari orqali e’lon
qilingan reklama xabarlarini eshitishi, qurishi va o‘qishi mumkin bo‘lgan
barcha shaxslar.
Reklama samaradorligi - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi
yoki vositachilari manfaatlari yo‘lida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish
darajasi. Reklama murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning
savdo natijalariga ko‘rsatuvchi ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik)
reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat natijalari bo‘yicha tovar sotish
hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas,
chunki savdo natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko‘plab omillar ham
ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |