Tovarni
bozorda
joylashtirish
-
tovarlarning
bozordagi
raqobatbardoshligini ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini
ishlab chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar.
Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab
chiqishdan to bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks
ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli); sotuvchining har bir bosqichda
oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi. Tovarni sotish va foyda olish
jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni ishlab chiqish
(bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi,
tovarni sotish hajmining o‘sish bosqichi, yetuklik (to‘yinganlik) bosqichi,
tovarning susayish bosqichi yoki tovar eliminaцiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |