Bozorni segmentlash - bozorni har biri uchun alohida tovarlar yoki
marketing kompleksi talab qilinishi mumkin bo‘lgan xaridorlarning aniq
guruhlariga bo‘lish, taqsimlash.
Bozorni tadqiq etish - 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish
bozorlarini (ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud
va potenцial iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar
ishlab chiqarishni ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv
bozori, ishchi kuchi bozori, kapital bozori, hamda xomashyo va materiallar
bozorini qamrab oladi; 2) bozori sigimi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va
narx tavsifnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun bitta yoki bir
nechta bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |