Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat
ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni
tashkil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va
iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing
faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g‘oyalari tizimi. Atrofdagi aniq
holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab
chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va global konsepsiyalarini ajratib
ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |