137
aniqlash uchun davlat miqyosida qaysi sohalari o‘sishi va samarasini
aniqlash va keskin o‘zgarishlarini va ilmiy ishlab chiqarishni baholashga
imkoniyat beradi.
Bashorat qilish har doim ishni rejalashdan oldingi bosqich
hisoblanadi, marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan biri
hisoblanadi, chunki bashorat qilishning maqsadi- bilimimiz darajasiga
to‘g‘ri keladigan va bashoratga kiritilishi asosida mumkin bo‘lgan
holatlarning rivojlanishi kengroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan muqobil
yo‘llarini berishdir. Bu holatda qaror qabul qilish bashorat variantlarining
ko‘proq bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoslangan tanlov hisoblanadi. Ishlab
chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlarni qabul qilish ham qaror
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy bashorat qilish 1-1,5 eng ko‘pi 2
yildir, o‘rta muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortiq va 15-20
yilgacha, qisqa muddatli bashorat qilish bu har doimgi konyunktura
bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq
muddatli bashorat qilish umumiy tendensiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy
dasturlarni tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak konyunkturani aniqlash
uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda bashorat qilishning
100 dan ortiq turli uslublari qo‘llaniladi. Ularning orasida ekspert baholash
uslubi, aqliy hujum, tarixiy analog, har xil matematik-statistik uslublarni
qo‘llash bilan farq qiladi.
Konyunkturani bashorat qilishda konyunktura rivojlanishi umumiy
tendensiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak
konyunkturani zamonaviy konyunkturadan ajratish uchun hamma narsani
e’tiborga olishi kerak. Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat
qiladi. Konyunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana
shu mamlakatning iqtisodiyotiga jahon konyunkturasining ta’sirini ham
kuzatish kerak, chunki u ba’zi mamlakatlar uchun konyunktura sinish
paytida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi
iqtisodiy aloqalari qancha kuchli bo‘lsa, shunchalik unga bo‘lgan ta’sir
ortadi.
Umuman bashoratni aniqlash ma’lum obyektning kelgusi holatini,
ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga
olinishi shart:
1. Kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga
olgan holda
ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning
natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi.
139
4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar
parametrlarining
stoxastiklarini
nazarda
tutgan
holda
bozor
konyunkturasining turli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va
proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans
tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor
konyunkturasini bashorat qilishda keng qo‘llaniladi. Ular ishlab chiqarish
va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va
unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil
qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi
omillar o‘rtasidagi va boshqa jarayonlar o‘zgarishini matematik modellar
yordamida tahlil qilishga hamda bashorat qilishga yordam beradi.
Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyatsion va regression
modellashdir.
Bozor konyunkturasini tahlil va bashorat qilish natijalari firmaning
biznes-reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga
solishda va boshqarishda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: