O`zbеkistоn rеspublikasi


Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki  sohasi va



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/156
Sana07.07.2021
Hajmi1,36 Mb.
#111059
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   156
Bog'liq
marketing fanidan oquv metodik material

4.3. Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki  sohasi va  
o‘zaro bog‘liqligi.  Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish 
Marketingni  boshqarish  –  marketing  faoliyatini  amalga  oshirish 
uchun  zarur  bo‘lgan  barcha  moddiy,  moliyaviy,  me’yoriy  va  boshqa 
resurslarning  majmui  bo‘lib,  uni  amalga  oshirish  jarayonida  barcha 
xodimlar  faoliyatini  bir  maqsadga  yo‘naltirish,  uyushtirish  va 
muvofiqlashtirishdan  iborat.  Bunda  iqtisodiy,  texnikaviy  va  boshqa 
qonunlardan  ongli  ravishda  foydalaniladi.  Bu  faoliyat  marketologlardan 
nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab 
tizimdir. 


 
100 
 
 
Marketingni  boshqarish  tizimining  tarkibiy  qismlari:  maqsad 
tamoyillari,  vazifalari,  tashkiliy  tuzilishi,  usullari,  boshqarishning  texnika 
va 
texnologiyasi, 
kadrlar 
va  boshqalardan 
iborat. 
Marketingni 
boshqarishning  maqsadi  tizimning  to‘g‘ri  va  murakkabligi  darajasiga 
qarab  o‘zgaradi.  Uning  tashkiliy  tuzilishi  mezoni  va  maqsadi  deganda 
marketingning  tarkibiy  tuzilishining  dinamik  barqarorligi,  evolyutsiya 
o‘zgarishlari  va  tashqi  muhit  bilan  o‘zaro  ta’siri  tushuniladi.  Bu  maqsad 
marketing faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda 
olishga yo‘naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.   
Marketingni boshqarish jarayoni bosqichlari to‘rt bosqichdan iborat: 
 
bozor imkoniyalari tahlili; 
 
maqsadli bozorni tanlash
 
marketing kompleksini ishlab chiqish
 
marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish. 
Bozor  imkoniyatlari  tahlilida  marketing  tadqiqotlari  marketing 
axboroti,  marketing  muhiti,  bozorning  tuzilishi,  ulgurji  va  chakana  savdo 
holati  tahlili olib boriladi.  
Maqsadli bozorni  tanlashda esa: 
- talab hajmi o‘lchovi, 
- bozorni segmentlash jarayonlari ko‘rib chiqiladi. 
Marketing  kompleksini  ishlab  chiqishda  esa  tovar  ishlab  chiqarish, 
ishlab  chiqarilgan  tovarga  narx  o‘rnatish,  tovarlarni  tarqatish  usullari  va 
sotishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishning kommunikativ siyosati ustida 
ishlar olib boriladi. 
Keyingi bosqichda esa rejalashtirish tizimi, shuningdek, strategik va 
taktik  rejalashtirish  jarayoni  va  marketing  faoliyatinngi  nazorat  turlari, 
korxonaning tashkiliy tizimi kabilar to‘liq yoritib beriladi. 
Marketing  muhiti  deganda  firma  korxona  yoki  uning  yuqori 
tashkilotlar  faoliyatiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  ijtimoiy,  iqtisodiy  siyosiy  va 
huquqiy  omillar  majmui  tushuniladi,  marketing  ichki  va  tashqi  muhitlar 
farqlanadi. 
Ichki  muhitni  shakllantiruvchi  omillar,  firma  rahbariyati  tomonidan 
nazorat  qilinadigan  -  texnologik  jarayon,  moliyaviy  ahvoli,  tashkiliy 
tuzilishi, bozorni tanlash va boshqalar bilan bog‘liqdir. Nazorat qilinadigan 
omillarni  tashkilot  va  uning  marketing  xizmati  boshqaradi.  Ana  shu 
omillardan  marketing  xizmati  tomonidan  nazorat  qilinmaydiganlaridan 
ayrimlarini oliy rahbariyat boshqaradi. 
Quyidagi  rasmda  marketing  tomonidan  nazorat  qilinadigan  ichki 
omillar keltirilmoqda (4.5- rasm).  


 
101 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish