3.4-rasm. Marketing axborotlari turlari
Tashqi sohani kuzatish
Raqobatbardoshlikka
erishish
Strategiyani
muvofiqlashtirish
MARKETING
AXBOROTINING
ROLI
Faoliyatni baholash
Boshqaruv qarorlarini
qo‘llab-quvvatlash
MARKETING AXBOROTI
Ichki
Tashqi
Birlamchi axborot
Ikkilamchi axborot
Xalqaro ommaviy
Ichki milliy ommaviy
Kelib chiqishi shaxsiy
(har xil tashkilotlarni
bosma ma’lumotlari)
84
Marketing xususidagi to‘plash manbalarini shartli ravishda birlamchi
va ikkilamchi turlarga bo‘lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli
maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar
kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun
yig‘ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot
byulletenlari va h.k.) mavjud axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni
to‘plash manbalari tegishli tashkilotlarga taalluqli bo‘lish yoki
bo‘lmasligiga ko‘ra, o‘z navbatida ichki va tashqi turlarga bo‘linadi.
Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan
joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan
ko‘rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, oldi-sotdi, tovarlar
zaxiralari, iste’molchilar ko‘lami va joylashuvi, narx hisob-kitoblari va
h.k. Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o‘z imkoniyatidagi hisobot va
ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab
chiqadi. Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat o‘lchov
birliklarida sotuvchi hajmi, narxlarning yil davomida o‘zgarishi,
xaridorlarning joylashuv xaritasi, tovar zaxiralarining o‘zgarishi va shu
kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita o‘zining ichki hisobot tizimi
asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki
yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud ma’lumotlarni
o‘z ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo‘llanilishi turli davlatlari
tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi
ma’lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1.
Ommaviy
va
iqtisodiy
uyushmalarning
hisobotlari
va
xabarnomalari. Ushbu manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki kichik guruhga
bo‘linadi.
a) Davlat muassalarining rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik
yilnomalar, sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSH bo‘yicha qisqacha
statistik sharh», «Shahar va okruglar bo‘yicha statistik yo‘riqnoma»,
«Amerika sanoati istiqbollari» sharhnomasi kabilar shular jumlasidir.
«Marketing axboroti yo‘riqnomasi» oylik maxsus nashr bo‘lib, unda
marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi.
Ushbu turkum manbalardan aholining o‘sishi, tarkibiy demografik
siljishlari, daromadlar va narxlarning o‘zgarishi, yalpi iste’moldagi holat,
ayrim iste’mol tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va
boshqa axborotlarni olish mumkin. Ayrim shtatlar bo‘yicha esa
o‘zgarishlar, qo‘shni shtatlar bilan qiyosiy tahlil ma’lumotlari ham ushbu
manbalarda aks ettiriladi.
85
v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir
shtat o‘zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari,
ittifoqlariga) ega bo‘lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik
hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, savdo- sanoat palatalari,
maxsus sohalar bo‘yicha (elektronika, sotish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z
a’zolari uchun axborotlarni to‘pladi va umumlashtirdi. «Amerika
marketing assotsiatsiyasi», «Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi»,
«Chakana savdo milliy assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va boshqalar
shular jumlasidandir.
2. Marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar va
marketing xizmati ko‘rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari.
Ko‘pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham
deb nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan
institutlar: GFK, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika», «Simmons
market riserch byuro», «A.S. Nilsen» kabi tashkilotlarning bashoratlari,
o‘z muammo yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari,
hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari ommaviy tarzda barcha
qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli to‘lov
evaziga maxsus bajariladi va taqdim etiladi.
Masalan, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika» firmasi
oilalarning haftalik iste’mol mollari xaridi, iste’moli, ayrim chakana savdo
korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market
riserch byuro» firmasi esa har yili televizorlar bozoridagi o‘zgarishlar,
sport tovarlari, dori-darmonlar sotuvi xususidagi axborotlarni aholining
jinsi, daromadi, yoshi bo‘yicha tabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar
shaklida keltiradi.
3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‘yicha jurnal, ro‘znoma va kitoblar.
Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo‘lib, undagi tahliliy
ma’lumotlar tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida
shaxsga taalluqli bo‘lishi mumkin. AQSHda mashhur «Tayms» kabi
ro‘znoma, «Forchun», «Forbs», «Garvard biznes revyu» va boshqa shu
kabi jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar,
hisobotlarni chop etadi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining
amaliy jihatlarini aks ettiruvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot
manbaidan olinadigan ma’lumotlarni yanada boyitadi.
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga
yillik balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar
uchun yo‘riqnomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‘zaro
raqobatda bo‘lgan firmalar ham ko‘p foydalanadilar. Chunki, unda
86
raqobatchi firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko‘rsatish va narx
siyosati xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo‘ladi.
Ma’lumki, har bir yirik aksionerlik jamiyati va o‘ta yuqori savdo
aylanmasiga ega bo‘lgan mas’uliyati cheklangan shirkatlar yillik
hisobotlarini, prospektlarni ommaviy nashr qiladilar. So‘nggi yillarda
ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi, sotish siyosati, marketing
xizmatlari ma’lumotlari tabiiyki, bunday hisobotlarda o‘z aksini
topmoqda. Shu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aksionerlari,
xaridorlari, mijozlari uchun chiqargan prospektlari, yo‘riqnomalari,
hisobotlari bevosita tadqiqot uchun manba sifatida foydalaniladi.
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli
mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot,
xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga
olish lozim. Masalan, AQSHda nashr etiladigan Forchun, Forbs kabi
jurnallarda Yevropa mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi
o‘zgarishlar, siljishlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Bu esa o‘z
navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli bozorga ishtiyoqmand
kompaniyalar uchun axborot manbai bo‘lib hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalqaro munosabatlar
takomillashayotgan sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar:
Xalqaro savdo tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish va
rekonstruksiya banki va shu kabilar o‘zlarining yillik hisobotlarini nashr
qiladilar. Bunday ma’lumotlardan xalqaro bozorda faoliyat boshlayotgan
va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli
bir davlatning tashqi savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi va h.k. ma’lumotlar ushbu manbalardan
olinishi mumkin.
Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo‘lib - elektron
ma’lumot banklari, «informatsion-broker» tarzidagi kompyuter vositasida
o‘tkaziladigan ma’lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma’lumotlar
kompyuter vositasida uzatilayotgan, to‘planayotgan va saqlanayotganligi
uchun yangi tur deb sanaladi va yuqoridagilardan farq qiladi.
Kompyuterlar uchun ma’lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor
sifatida ildam rivojlanmoqda. Hozirgi kunga kelib dunyoda 6 000 dan
ziyod ma’lumotlar bankining turlari yaratilgan bo‘lib, so‘nggi o‘n yil
davomida u qariyb 2 marotabaga ortdi. «Informatsion broker» tizimi
marketing xususida barcha axborotlarni yig‘ish, kompyuter ma’lumotlari
bankiga kiritish va unga ehtiyoj sezgan tashkilotlarga yordam ko‘rsatish
vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlarni to‘plash bo‘yichagina
87
emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter dasturlariga kiritish bo‘yicha
ixtisoslashgan. Odatda, ular kichik tashkilotlar, shaxslar uyushmasi bilan
muntazam aloqada bo‘lib, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini
oshirish, ko‘plab iste’molchi tashkilotlar uchun qulayliklar yaratishga
qaratilgan.
Mamlakatimizda axborot yig‘ish manbalari bir muncha o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi, avvalo, marketing
bo‘yicha axborot olish manbalari va ushbu soha bo‘yicha mutasaddi
tashkilotlarning tashkiliy bo‘ysinish xususiyatlaridan kelib chiqadi.
O‘zgacha jihatdan esa, ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi,
korxonalar uyushmalari, savdo-sanoat palatalari marketing xususida
ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha faoliyatlarning hozirgi holati, ularni
guruhlarga ajratishda alohida yondashuvni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |