O`zbеkistоn rеspublikasi


Savdoning yangi turlari va usullari



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/156
Sana07.07.2021
Hajmi1,36 Mb.
#111059
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156
Bog'liq
marketing fanidan oquv metodik material

11.3. Savdoning yangi turlari va usullari 
Savdoning yangi turlariga Internet, elektron pochta, to‘g‘ri marketing, 
franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin. 
Internet  orqali  savdo  qilish  hozirgi  paytda  zamonaviy  savdo  qilish 
to‘g‘ri  hisoblanadi.  Juda  ko‘p  firmalar  Internetda  mahsulotlarini  taklif 
qiladilar.  Iste’molchilar  o‘zlariga  kerakli  mahsulotni  o‘z  kompyuterlari 
orqali  buyurtma  berib  sotib  olishlari  mumkin.  Internet  orqali  savdoning 
ustunlik tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab  chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo‘ladi. 
To‘g‘ri  marketing  –  bu  xaridor  bilan  turli  vositalar  bilan  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri  muloqot  bo‘lib,  xaridorni  mahsulotni  sotib  olishga  ishontirishdan 
iboratdir. 
Franchayzing–bu  savdo  qilish  usulining  zamonaviy  shakllaridan  biri 
bo‘lib  hisoblanadi.  Bunda  franchayzing  firmasi  franchayzer  firmasining 
tovar  markasi,  nomalanishi  va  reklamasidan  foydalanib,  tovarni  ishlab 
chiqarish,  taqsimlanishi,  sotish  va  taklif  etilishida  bevosita  qatnashadi. 
AQSHda  chakana  savdoning  50  %  qismi  franchayzing  tizimi  orqali 
amalga oshiriladi. 
Hozirgi  vaqtda  chakana  savdoda  tovar  sotishning  quyidagi  usullari 
qo‘llaniladi: 

   tovarni peshtaxta orqali sotish; 

   tovarni xaridor o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish; 

   tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish; 

   tovar namunalarini ko‘rsatib sotish; 

   tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish. 
Tovarni  peshtaxta  orqali  sotish  –  tovar  sotishning  odatdagi  usuli 
bo‘lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy 
elementlari,  chunonchi:  tovarlarni  ko‘rsatish  va  uning  assortimenti  bilan 
tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to‘langan tovarni topshirish ishlarini 
peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi. 
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo 
maydoni  devorlari  yoniga  yoki  o‘rtasiga  terib  qo‘yilgan  hamma  tovarlar 
yoniga  xaridorlar  bemalol  borib,  mustaqil  tanlab  olib,  inventar  korzinalar 
yoki  aravachalarga  o‘zlari  solishlari  mumkin,  tovarning  haqi  do‘kondan 
chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to‘lanadi. 
Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga 
bemalol  borib  mustaqil  tanishishlari,  sotuvchining  maslahati  va  yordami 
bilan o‘zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin. 


 
187 
 
 
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda bo‘lgani kabi tovarlarni 
ochiq  yoyib  qo‘yib  sotishda  ham  tovarlar  savdo  zaliga  sotish  uchun  to‘la 
tayyor holda chiqariladi. 
Tovarlarning  namunalarini  ko‘rsatib  sotish  usuli  sharoitida  xaridor 
savdo  maydoniga  qo‘yilgan  namunalarga  qarab  o‘ziga  kerakli  tovarlarni 
mustaqil  ravishda  yoki  sotuvchi  yordamida  tanlaydi,  uning  haqini 
to‘lagandan  keyin  tegishli  tovarni  bevosita  do‘kondan  oladi  yoki 
qo‘shimcha  haq  evaziga  uyiga  eltib  berishga  buyurtma  beradi.  Ana  shu 
usulni  katta  hajmdagi  –  mebelь,  sovutgich,  kir  yuvish  mashinasi,  tikuv 
mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin. 
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‘ziga 
kerakli  tovarga  do‘konning  buyurtma  bo‘limida  yoki  sanoat  korxonasi, 
qurilish,  muassasa,  dala  shiyponi,  istiqomat  joyida  tashkil  etilgan 
buyurtma  qabul  qilish  joyida  oldindan  buyurtma  beradi.  Bu  tovar 
do‘kondan  olinadi  yoki  buyurtmachining  uyiga  yoxud  buyurtmada 
ko‘rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini 
sotishda  hamda  murakkab  assortimentdagi  tovarlarni  ichkaridagi    qishloq 
aholi  punktlarida  joylashgan  va  kundalik  talab  qilinadigan  tovarlar  bilan 
savdo qiladigan do‘konlar orqali sotishda ana shu usulni qo‘llash mumkin. 
Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish 
hisoblanadi. 
Savdo 
avtomatlari 
savdoning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorligini  ta’minlashda  muhim  o‘rin  tutadi,  ya’ni  savdoda  iste’mol 
xarajatlarini  kamaytirish,  iste’molchi  hukmron  bo‘lgan  sharoitda  muhim 
ahamiyatga  egadir.  Hozirgi  sharoitda  zamonaviy  dizaynga  ega  bo‘lgan 
savdo avtomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi. 
Xorijiy  mamlakatlarda  tovarlarni  sotishda  qo‘llanilayotgan  quyidagi 
ilg‘or  usullardan  mamlakatimiz  savdo  korxonalari  va  tashkilotlarida 
foydalanish mumkin: 

  chakana  savdo  korxonalarining  namoyish  zalida  tushirilgan 
narxlarda kataloglari bo‘yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish; 

  shahar  markazida  joylashgan  va  kichik  savdo  maydoniga  qat’iy 
interyer,  uncha  ko‘p  bo‘lmagan  xodimlarga  ega  bo‘lgan  chakana  savdo 
korxonalarida  narxi  tushirilgan  cheklangan  assortimentdagi  tovarlar  bilan 
savdo qilish; 

 
«qulay  do‘konlar»,  cheklangan  assortimentdagi  tovarlar  asosan 
yangi  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  savdo  qiluvchi  hamda  xaridorlarga 
butun kun mobaynida xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish. 
Xorijiy  mamlakatlar  savdo  korxonalarida  tovarlarni  sotishda 
qo‘llanilayotgan  ilg‘or  usullarning  muvaffaqiyatini  ta’minlovchi  yo‘llar 


 
188 
 
 
xaridorga  yanada  ko‘proq  turli  xil  xizmatlarni  ko‘rsatish  va  tovarlarga 
bo‘lgan  narxni  tushirish  hisoblanadi.  Bulardan  savdo  korxonalarida 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish