3-rasm. Korxonalar moliyaviy siyosati
Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, korxonalarning davlat bilan oʻzaro moliyaviy bogʻliqlik mexanizmini samarali tashkil etish korporativ moliyaviy siyosatda alohida e’tibor talab qiladigan masalalardan biri sanaladi.
Umuman umumdavlat moliyasining korporativ moliya bilan oʻzaro bogʻliqligini quyidagilarda koʻrish mumkin (4-rasm).
4-rasm. Moliyaviy oʻzaro bogʻliqlik mexanizmi
Moliyaviy oʻzaro bogʻliqlik mexanizmidagi har bir element ikki tomonlama ta’sirga ega hisoblanadi. Ya’ni davlat tomonidan yaratilgan qoʻshimcha imkoniyat bir tomondan korporativ moliyaning samarali ishlashiga xizmat qilsa, boshqa tomondan korporativ moliyaning samarali ishlashi davlat moliyasi uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Umumiy holda moliyaviy siyosat yuritishda moliyaviy ta’minot, moliyaviy taqsimot, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash, moliyaviy boshqaruv jarayonida kadrlar masalalariga alohida tartibda yondashuv talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |