1-rasm. Aksiyadorlar tarkibi va ularning ustav kapitalidagi ulushi
1-rasm ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, aksiyadorlar tarkibida jismoniy shaxslar 94,3 foizni, yuridik shaxslar esa 5,7 foizni tashkil etadi. Boshqa tomondan ustav kapitalidagi ishtiroki boʻyicha teskari nisbatni koʻrishimiz mumkin. Ya’ni yuridik shaxslar 95,2 foiz, jismoniy shaxslar 4,8 foiz aksiyalarga egalik qiladi.
Rezident va norezidentlarning jami aksiyadorlar tarkibidagi ulushi mos ravishda 99,52 foiz va 0,48 foizni tashkil etadi. Rezidentlarning aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushi 92,96 foizni tashkil etsa, bu borada norezidentlar 7,04 foiz ulushga ega (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |