O‘zbekiston respublikasi


Korporativ moliyaning iqtisodiy mazmuni va uning tashkil etilishi



Download 482,21 Kb.
bet3/19
Sana27.06.2021
Hajmi482,21 Kb.
#102737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Курс иши

Korporativ moliyaning iqtisodiy mazmuni va uning tashkil etilishi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimining samarali ishlashi uning har bir bo‘g‘in faoliyat samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. Bunda moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korporativ moliyada moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish nafaqat har bir korporativ tuzilmada shu bilan birga har bir mamlakatda alohida

muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqqan holda avvalo korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyatiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.

Bizning fikrimizcha, korporativ moliya – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi.3

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday subyekti sotuvchi va xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.

Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul mablagʻlarining subyektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning yuzaga kelishning asosiy shartidir. Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi.

Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz

majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotni anglatadi.

Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha guruhlash mumkin:

- ta’sischilar oʻrtasida;

- alohida korxonalar oʻrtasida;

- korxonalar va ularning boʻlinmalari oʻrtasida;

- korxonalar va ularning ishchi-xodimlari oʻrtasida;

- korxonalar va yuqori turuvchi tashkilotlar oʻrtasida, moliyasanoat guruhlari tarkibidagi biznes subyektlari oʻrtasida, xolding tarkibidagi biznes subyektlari oʻrtasida;

- korxonalar va davlat moliya tizimi oʻrtasida;

- korxonalar va bank tizimi oʻrtasida;

- korxonalar va sugʻurta kompaniyalari oʻrtasida;

- korxonalar va fond birjalari oʻrtasida;

- korxonalar va investitsiya institutlari oʻrtasida.

Korxona pul mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining oʻz maqsad va vazifalari belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xoʻjalik faoliyatini kerakli mablagʻlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani oʻzlashtiradi va joriy etadi; subyektlarni iqtisodiy ragʻbatlantiradi; byudjet, bank va hokazolar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, korporativ moliya moliya tizimida muhim rol oʻynaydi. Shu bois moliya tizimining mazkur boʻgʻinini samarali tashkil etish va rivojlantirish aniq tamoyillarga asoslanadi. Ular korporativ tuzilmalarning ta’sis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan maqsad va vazifalar bilan bevosita bogʻliq va ular quyidagilar:

- moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish;

- oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash va oʻz-oʻzini moliyalashtirish;

- aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga ajratish;

- moliyaviy zaxiralar tashkil etish.

Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish tamoyili mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish va ilmiy-texnik taraqqiyot boʻyicha qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirishda korxonalarga toʻliq mustaqillik taqdim etilganligini oʻzida ifodalaydi.

Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)ga talabdan kelib chiqqan holda rivojlanish istiqbollarini belgilaydi va oʻz faoliyatini rejalashtiradi. Tezkor va joriy rejalar asosini xaridorlar bilan tuzilgan mahsulot yetkazib berish va mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan moddiy resurslar bilan ta’minlash boʻyicha tuzilgan shart-nomalar tashkil etadi. Moliyaviy rejalar biznes rejada koʻzda tutilgan tadbirlarni pul mablagʻlari bilan ta’minlashga, shuningdek, davlat byudjeti bilan hisob-kitoblarni kafolatlashga qaratilgan.

Aylanma mablagʻlarni toʻldirish oʻz moliyaviy resurslari (sof foyda), zarur holatlarda qarz mablagʻlari va boshqa jalb qilinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.

Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash tamoyili korxonani rivojlantirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab olinishini nazarda tutadi. Bu mablagʻlar tegishli korxona xususiy kapitalining minimal iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.

Korxona oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashda takror ishlab chiqarish jarayonini oʻz manbalari hisobiga moliyalashtiradi va tegishli byudjetlarga soliqlar toʻlaydi. Amaliyotda mazkur tamoyilga amal qilish barcha korxonalarda samarali ishlashni va zararlarni tugatishni talab qiladi.

Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashdan farqli ravishda oʻz-oʻzini moliyalashtirish nafaqat samarali faoliyat koʻrsatish imkonini beradi, balki tadbirkorlik faoliyati asosida moliyaviy resurslarni shakllantirish imkonini ham yaratadi. Oʻz-oʻzini moliyalashtirish tamoyili shartnoma majburiyatlariga, kredit-hisob-kitob va soliq intizomiga rioya qilish orqali korxonalarda moddiy javobgarlikni kuchaytirish imko-nini beradi. Xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzish natijasida jarimalar toʻlash, shuningdek, boshqa tashkilotlarning zararlarini qoplash mahsulot yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan korxonani ozod qilmaydi.

Oʻz-oʻzini moliyalashtirish tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:

- joriy va investitsion faoliyat boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda oʻz kapitalini jamgʻarish;

- kapitalni joylashtirish uchun maqbul yoʻnalishlarni tanlash;

- asosiy kapitalni doimiy ravishda yangilab borish;

- tovar va moliya bozorlari talabiga moslasha olish.

Korporativ moliyani boshqarish amaliyotida pul oqimlari sinxronligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Chunki pul oqimlari oʻzaro mosligini ta’minlash faoliyat uzluksizligiga xizmat qiladi. Buning uchun esa kapitalni oqilona

joylashtirish va bozor talablariga tez moslashuvchanlik doimiy nazoratga olinishi lozim boʻladi.

Aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga ajratish tamoyili alohida tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik xususiyatlarga koʻra belgilanadi. Mavsumiylik xususiyatiga ega tarmoqlarda (savdo, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) aylanma mablagʻlarni shakllantirishning qarz manbalarining ulushi yuqoriligini kuzatish mumkin. Mavsumiylik xususiyatiga ega boʻlmagan tarmoqlarda (ogʻir sanoat, transport, aloqa) aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalari tarkibida oʻz aylanma mablagʻlari ustunlikka ega boʻladi.

Moliyaviy zaxiralar tashkil etish hamkorlar oldida oʻz majburiyatlarini bajarmaslik natijasida moddiy javobgarlikning oʻsib borishi, bozor konyunkturasining mumkin boʻlgan tebranishlari sharoitida korxonalarda barqaror faoliyatni ta’minlash uchun zarurdir.

Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy zaxiralar qonunchilikda belgilangan tartibda sof foyda hisobidan shakllantiriladi. Boshqa xoʻjalik subyektlarida esa moliyaviy zaxiralar ta’sis hujjatlari asosida tashkil etiladi. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar oʻzining ustavida nazarda tutilgan, lekin oʻz ustav kapitalining oʻn besh

foizidan kam boʻlmagan miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. MCHJ zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yoʻli bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi, lekin u jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yet- gunga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlishi mumkin emas.

Amaliyotda mazkur tamoyillarga rioya qilishni ta’minlash korporativ moliyani boshqarish tizimlarini tashkil etish va moliyaviy siyosatni ishlab chiqish orqali amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:

- faoliyat doirasi va yoʻnalishlari (mahalliy yoki xalqaro doirada; eksport yoki import);

- tarmoq xususiyatlari;

- tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari.

Keltirilgan tamoyillarga rioya qilish korxonalarning moliyaviy barqarorligi, toʻlovga layoqatliligi, daromadliligi va bozordagi faolligini ta’minlaydi.

Bugungi kunda biznesni tashkil etish uni amalga oshirishning turli xil shakllarini taqozo etadi. Biror bir shaklni tanlash koʻp sonli omillarga bogʻliq holda amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlash lozim boʻladi: belgilangan asosdagi tashkiliy-huquqiy xususiyatlar; kapital egalari oʻrtasidagi munosabatni oʻzida ifodalovchi mulkchilik shakli; nafaqat texnologik jarayonlar, shu bilan birga resurslar, shu jumladan moliyaviy resurslarni ham talab qilish darajasiga koʻra faoliyat xususiyatlari. Bulardan tashqari biznesni tashkil etish nuqtai nazaridan tabiiy-iqlim va geografik sharoitlarni ham hisobga olish lozim boʻladi.

Umuman keltirib oʻtilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda korxonalardan resurslarni oʻzlashtiribgina qolmasdan qoʻyilgan maqsadlarga erishish ham talab etiladi. Natijada iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, davlat, milliy, global ahamiyat kasb etuvchi masalalar oʻz yechimini topishi mumkin. Shunda tashkil etiladigan biznes faoliyati muvaffaqiyat keltirishi bilan birga kutilgan natijaga erishish va eng asosiysi maqsadlarga erishish imkonini beruvchi biznez jarayonini doimiy yangilab borishga ham imkon beradi.




  1. Download 482,21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish