O'zbekiston respublikasi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana11.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#347625
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari



 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



 

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI  

 

ALISHER NAVOIY nomidagi 

 

 SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

TARIX FAKUL’TETI 

 

O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 

 

O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN 

 

 

Mavzu: Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning asosiy xususiyatlari 

 

KURS ISHI    

 

2013-2014 o’quv yili 

 

 

 

  Bajaruvchi 3-kurs 05-guruh talabasi Raimxonov D 

          Ilmiy rabar: Qo’shbaqov H.A. 

 

 

Kurs  ishi 

O’zbekiston  tarixi  kafedrasi  komissiyasida  himoya  qilindi  va  _____ga 

baholandi. (Bayonnoma №_2014) 

 

Komissiya raisi:      _______________ 

 

Komissiya a'zolari: 

_____________________ 

_____________________ 

_____________________ 

 

 

 

 

 

 



 

Samarqand - 2014 



Reja: 

 

KIRISH 

Asosiy qism:  

1.

 

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos 

xususiyatlari

  

2.

 



Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda ―o’zbek modeli‖ ning o’rni va 

ahamiyati  

3.

 

«O’zbek modeli» ning asosiy  tamoyillari  



XULOSA. 

ADABIYOTLAR RO’YXATI. 

 

 

 



 


 

 



KIRISH 

Ma’lumki,    O’zbekiston  o’z  mustaqilligini  qo’lga  kiritganidan  so’ng  sobiq 

sho’ro  tuzumining  umrini  o’tab  bo’lgan  ma’muriy-buyruqbozlik,  rejali-taqsimot 

tizimidan  voz  kechilib,    butun  dunyoda  ―o’zbek  modeli‖  degan  nom  bilan  haqli 

ravishda  e’tirof  etilayotgan  o’ziga  xos  taraqqiyot  yo’li  Prezidentimiz  Islom 

Karimov  tomonidan  ishlab  chiqildi  va  bugungi  kunda  o’zini  to’la  oqlamoqda. 

Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun 

ustuvorligi,  davlatning  bosh  islohotchi  bo’lishi,  islohotlarning  bosqichma-bosqich 

amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z 

ichiga oladi.

1

 

Yurtimiz  istiqloli  bizning  oldimizda  ulkan  imkoniyatlar  ochdi  va  xalqimiz 



uchun  munosib  hayot  barpo  etish,  dunyo  hamjamiyatidan  munosib  o’rin 

egallashdek  yuksak  maqsadlar  yo’lida  mustahkam  poydevor  bo’lib  xizmat 

qilmoqda. 

O’tgan  davr  mobaynida  amalga  oshirilgan  ulkan  ishlar  tufayli  yurtimizning 

barcha  hudud  va  mintaqalari  qiyofasi  tubdan  o’zgarib,  obod  bo’lib  borayotgani, 

O’zbekiston  o’zining  barqaror  iqtisodiy  o’sish  sur’atlari,  izchillik  bilan  hayotga 

joriy  etilayotgan  keng  qamrovli  ijtimoiy  dasturlari  bilan  jahon  miqyosida  yuksak 

e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda 

unib-o’sib  kelayotgan  yoshlarga  xursandchilik  va  ertangi  kunga  ishonch 

bag’ishlamoqda. 

Eng 

muhimi, 


ana 

shunday 


o’zgarishlar 

tufayli 


yurtdoshlarimizning  dunyoqarashi,  ma’naviy  olami  izchil  yuksalib,  hayotga, 

mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda.

2

 

Mamlakatimiz  mustaqil  taraqqiyot  yo’lida  o’z  oldiga  qo’ygan  marralarga 



yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot 

sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin 

egallashida  avvalo  juda  tez  o’zgarib  borayotgan  bugungi  zamon  bilan  hamnafas 

bo’lib,  ertaga  yo’limizda  paydo  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  turli  muammo  va 

tahdidlarni  bartaraf  etish  haqida  doimo  o’ylab  yashash  zaruratini  hayotning  o’zi 

talab qilmoqda. 

Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy 

orzusi bo’lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom 

Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi. 

Tarixan  juda  qisqa,  biroq  mazmunan  asrlarga  teng  bu  yillar  davomida  xalqimiz 

milliy  taraqqiyot  yo’lidan  izchil  va  qat’iyat  bilan  borib,  barcha  sinov  va 

mashaqqatlarni yengib o’tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning 

o’zi biz tanlagan yo’l juda to’g’ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof 

etmoqda.  Bu  yo’l  taraqqiyotning  o’zbek  modeli  sifatida  keng  o’rganilmoqda.  Bu 

                                                 

1

 



Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ислом  Каримовнинг  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлиси 

Қонунчилик  палатаси  ва  Сенатининг  2010  йил  12  ноябрдаги  қўшма  мажлисидаги  ―Мамлакатимизда 

демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамиятини  ривожлантириш  концепцияси‖ 

мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 4-бет.

 

2

 Н.Тўхлиев. Тараққиѐтнинг ўзбек модели.- Т.:2012. 4-бет. 




 

o’z  navbatida  xalqimizning  irodasi,  kuch-qudrati  va  bunyodkorona  mehnati 



samarasiga,  davlatimiz  rahbari  tomonidan  olib  borilayotgan  siyosatga  berilgan 

munosib bahodir.

3

  

"O’zbek  modeli"  tushunchasining  hayotimizga  shiddat  bilan  kirib  kelganiga 



bu yil roppa-rosa 22 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov 

dastlab  1992  yilda  chop  etilgan  "O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li" 

asarida  o’zbek  modelining  mohiyati  va  shakl-shamoyillari  hamda  tamoyillarini 

belgilab  bergan  edi.  Keyinchalik  bu  g’oya  davlatimiz  rahbarining  1993  yildagi 

"O’zbekiston  -  bozor  munosabatlariga  o’tishning  o’ziga  xos  yo’li"  kitobida, 

"Komsomolskaya  pravda"  gazetasi  muxbiri  savollariga  bergan  javobida,  ijtimoiy-

iqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi. 

22  yil  tarix  uchun  katta  muddat  emas.  Lekin  ana  shu  nisbatan  qisqa  davr 

mobaynida  bu  tushuncha  shunchaki  oddiy  g’oya  emas,  balki  ulkan  hayotbaxsh 

kuch  ekanligini  to’la  namoyon  etdi.  O’zbek  modeli  ikkita  katta  sinovdan 

muvaffaqiyatli  o’tdi.  Birinchi  sinov  -  o’tgan  asrning  90-yillarini  o’z  ichiga  olgan 

yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri 

davom  etayotgan  pallada  O’zbekiston  postsovet  maydonida  birinchi  bo’lib 

makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishdi,  sanoat  va  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab 

chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan o’zib ketdi. Boshqacha 

aytganda,  inqirozdan  rivojlanish  orqali  chiqib  ketish  birdan-bir  to’g’ri  yo’l 

ekanligini  isbotladi.  Ikkinchi  sinov  -  2008  yilda  boshlangan  global  moliyaviy-

iqtisodiy  inqiroz  bo’ldi.  Taraqqiyotning  o’zbek  modeli  nafaqat  butun  jahonni 

qamrab  olgan  moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  zarbalariga  qarama-qarshi  tura  oldi, 

balki  dunyodagi  10  mamlakat  qatorida  iktisodiy  o’sishning  eng  yuqori 

(yiliga 

8-9 


foizdan 

kam 


bo’lmagan) 

sur’atlarini 

ta’minladi. 

Yulboshchimizning  shu  munosabat  bilan  chop  etilgan  ―Ja hon  moliyaviy-

iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekistan  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va 

choradari‖  asarida  hamda  mamlakatimizda  jahon  iqtisodiy  inqirozining 

salbiy  oqibatlarini  bartaraf  etish  bo’yicha  2009-2012  yillarga  mo’ljallangan 

Inqirozga  qarshi  choralar  dasturida  O’zbekistan  iqtisodiyotining  inqirozdan 

keyingi  yanada  kuchli,  barqaror  va  mutanosib  rivojlanishi  konsepsiyasi 

ilgari  surildi.  Bu  iqtisodiyot  nazariyasini  rivojlantirishga  qo’shilgan  katta 

hissa edi.

4

 



―Shuni  doimo  yodda  tutishimiz  kerakki,  hayot  hyech  qachon  bir  joyda 

to’xtab  turmaydi  va  erishgan  natijalari  bilan  kifoyalanmasdan,  dunyoda 

kechayotgan  tub  o’zgarishlar  jarayonidagi  o’z  o’rniga  haqqoniy  va  tanqidiy 

baho  beradigan,  davrning  tobora  ortib  borayotgan  talablari  va  ja hon 

bozorida  kuchayib  borayotgan  raqobat  kurashiga  mos  holda  qadam 

tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat qozona oladi‖

5

, -deb 


ta’kidlandi Prezidentimiz tomonidan. 

                                                 

3

 Ислом Каримов, Асарлар, 17-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан‖. 2011. 223- бет 



4

 

И.А.Каримов  Жаҳон  молиявий-иқтисодий  инқирози,  Ўзбекистон  шароитида  уни  бартараф  этишнинг 



йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 16-бет

 

5



 Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан‖. 2011. 333-334- бетлар 


 

Ishni  bajarishda  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  tanlangan  asarlari, 



shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti    Islom  Karimovning 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 

12  noyabrdagi  qo’shma  majlisidagi  ―Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni 

yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi‖ 

(Toshkent.,  2010),  ―Tarixiy  xotira  va  inson  omili  –  buyuk  kelajagimizning 

garovidir‖ (Toshkent.,2012), ―Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan‖(Toshkent., 

2011),  «Qadr  qimmatim,  tayanchim  va  iftixorimsan  mustaqil  O’zbekiston» 

(Toshkent.,  2013)  nomli  risolalari,  shuningdek,  Prezidentimiz  I.A.Karimovning 

―O’zbekiston 

Mustaqillikka 

erishish 

ostonasida‖ 

(Toshkent., 

2011), 


N.To’xliyevning  ―Taraqqiyotning  o’zbek  modeli‖  (Toshkent.,2012)  va  davriy 

matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar asosida yoritib berildi. 

1.

 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish