XULOSA VA TAKLIFLAR
Har qanday jamiyat taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o`zgarishlarning eng muhim omili bo`lib xizmat qiladi.
Ayniqsa o`tish davrida bozor islohotlari turlicha namoyon bo`layotgan mamlakatlar,
xususan, MDH davlatlarida bu tendensiya yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Bunday
sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy hayotda qator funksiyalarni
bajaradi. Uning siyosiy funksiyasi jamiyat iqtisodiyotining asosiy bo`g`ini — o`rta
mulkdorlar sinfining shakllanish manbai sifatida namoyon bo`lishidadir. Iqtisodiy
funksiya tadbirkorlikni keng quloch yoydirish bilan bog`liq bo`lib, raqobat muhitini
shakllantirish, bozorni turli tovarlar va xizmatlar bilan to`ldirish, soliqqa tortish
bazasini kengaytirishga qaratilgan. Ijtimoiy funksiya esa, yangi ish joylari tashkil
qilish orqali bandlikni ta`minlash, aholining daromadini oshirish yo`li bilan uning
turmush darajasini ko`tarishni nazarda tutadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy
holati ham ijobiy tomonga o`zgatirish maqsadida, ―Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik yili‖ davlat Dasturida kichik biznesning huquqiy asoslarini yanada
takomillashtirish bo`yicha ―Xususiy mulkni himoyalash va mulkdor huquqlarining
kafolatlari to`g`risida‖, ―Tadbirkorlik faoliyti sohasida ruxsat berish shart-
sharoitlari to`g`risida‖, ―Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida‖ yangi Qonun loyihalarini,
shuningdek ―Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining kafolatlari to`g`risida‖ gi
Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini hamda ―Soliq kodeksi‖ga, ―Ayrim faoliyat
turlarini litsenziyalash to`g`risida‖gi va ―Lizing to`g`risida‖gi Qonunlarga kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo`yicha qulay
shart-sharoitlarni yaratish bilan bog`liq o`zgartirish va qo`shimchalarni kiritish
yuzasidan tegishli qonun loyihalarni ishlab chiqish vazifalari belgilandi.
Kichik biznes va xususiy tadbirlorlik iqtisodiyotning eng muhim
tarmoqlaridan biri sifatida qo`llab-quvvatlash hozirgi kunning dolzarb masalalarida
biriga aylanib qolmoqda.
Har bir davlat sеktoridagi nazorat mеxanizmining zaifligi xalqaro
ishonchsizlikka bildirishiga olib kelishi mumkin. Xalqaro andozalarga to`liq javob
52
bеradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari
nazorat va boshqaruv tizimi esa chеt el kapitalini jalb qilish va iqtisodiyotning
jahon iqtisodiyotiga intеgratsiyalashuvida muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
Buning uchun, subyektlar faoliyatini kuchli nazorat qilish orqali
mamlakatimiz kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarishini
modеrnizatsiyalash va iqtisodiyotni divеrsifikatsiyalashda tizimni to`g`ri tashkil
qilish va ularni shakllantirish masalalari, hamda ularning xalqaro tajribalar
talablariga yaqinlashtirish zarur.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4848-sonli ―Tadbirkorlik
faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama
himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir
qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida‖gi Farmoniga muvofiq, 2017 yilning 1-
yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning
barcha turlari bekor qilindi va bu mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va
xususiy mulkni davlat tomonidan muhofazasini ta`minlashga navbatdagi muhim
qadam bo`ldi.
29
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati O`zbekiston iqtisodiyotida
o`ziga xos o`rin egallaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda
o`rta sinfni shakllantirishda mustahkam zamin bo`lib xizmat qilmoqda. Aynan
mazkur sektorni rivojlantirish hisobidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlikdan manfaatdor, uni taraqqiyot va demokratik tub o`zgarishlar sari faol
harakatlantiruvchi kuch hisoblangan ijtimoiy qatlam shakllanmoqda.
O`zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishning zarurligi, uni xalqimizning
turmush farovonligini oshirishdagi muhim omil ekanligini xayotning o`zi ko`rsatib
turibdi. Bozor iqtisodiyoti tizimida yashayotgan mamlakatlar tajribalari shuni
ko`rsatmoqdaki, bozorning tovarlar bilan yetarli ta`minoti, asosan, kichik biznes,
tadbirkorlikning qay darajada rivojlanganligiga bog`liq. Biz yuqorida kichik biznes
29
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi PF-4848-sonli ―Tadbirkorlik faoliyatining jadal
rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat
jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida‖gi Farmoni//lex.uz
53
va tadbirkorlikning bir qator afzalliklarini ko`rsatib o`tdik. Shuning uchun
respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab – quvvatlashga
davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish
masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy
yo`nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur`atlar bilan ravnaq
topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta`minlashda yetakchi kuchga
aylandi desak aslo mubolag`a bo`lmaydi.
O`zbekistonda
amalga
oshirilayotgan
keng
qamrovli
iqtisodiy
islohotlarning asosiy maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish
va shuning hisobiga aholi turmush farovonligini doimiy oshirib borish hisoblanadi.
Shuning uchun mamlakatimiz rahbari zamonaviy bozor mexanizmlari, ya`ni kichik
biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirishni
ta`minlashga asoslangan barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirishning muhim
sharti ekanligiga alohida e`tibor bermoqda.
O`zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining
o`sib borishi ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to`ldirishning
zamonaviy talablarini hisobga olgan holda xizmat ko`rsatish sohasi kengayishi,
jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko`payishi, yangi ish o`rinlari
yaratishda, avvalo, yoshlarni ish bilan ta`minlashning va shu asosda aholi
daromadlari, turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri
hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo`lsak, quyidagi taklif va tavsiyalar
mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun asosiy omillardan
bo`lib xizmat qilishi mumkin:
- tadbirkorlarni mamlakat biznes olamidan va yaratilgan imkoniyatlar bilan
tanishtirish;
- infratuzilma obyektlari xizmatlarini yanada yaxshilash;
- tadbirkorlarga logistik xizmatlar ko`rsatishni yanada kengaytirish va ularni
jahon andozalariga mos ravishda tashkil etish;
54
- soliq stavkalarining kamaytirilishi natijasida korxonalar ixtiyorida
qolayotgan mablag`larni qo`shimcha ish o`rinlarini yaratishga jalb etishni
qo`llab-quvvatlash.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O`zbekistonda ishbilarmonlik muhitni
yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini yanada soddalashtirish borasida olib
borilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasi mamlakatimizda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasining yanada rivojlanishiga va ushbu soha bilan
shug`ullanuvchilar mavqeini yanada oshirishga asos bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |