46
mulkdorlar sinfining shakllanish manbai sifatida namoyon bo`lishidadir. Iqtisodiy
funksiya tadbirkorlikni keng quloch yoydirish bilan bog`liq bo`lib, raqobat muhitini
shakllantirish, bozorni turli tovarlar va xizmatlar bilan to`ldirish, soliqqa tortish
bazasini kengaytirishga qaratilgan. Ijtimoiy funksiya esa, yangi ish joylari tashkil
qilish orqali bandlikni ta`minlash, aholining daromadini oshirish yo`li bilan uning
turmush darajasini ko`tarishni nazarda tutadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish uchun zarur
bo`lgan qulay shart-sharoitlar yaratish – jamiyatda samarali amal qiladigan bozor
munosabatlarini shakllantirish, mulkdorlar sinfini qo`llab-quvvatlash hamda
fuqarolik jamiyatining yangi, demokratik institutlarini qaror toptirishning muhim
shartidir. Bu muhim vazifa hamda uni hal qilishning butun murakkabligi har bir
mamlakatning o`ziga xosligidan kelib chiqib, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va uni rivojlantirishga noan`anaviy, nostandart
yondoshishni taqozo qiladi. Shubhasiz, bunda, ushbu masalaning g`oyat muhim
ahamiyat kasb etishini jamiyatning barcha a`zolari anglab yetishlari, uning davlat
tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlanishi, iqtisodiyotning davlat va xususiy
sektorlari o`rtasida barqaror sheriklik munosabatlarini qaror toptirish zarur.
Tadbirkorlik faoliyati davomida, bozor iqtisodiyotining nimani, qanday, kim
uchun ishlab chiqarish kerak degan muhim masalalari o`z yechimini topadi.
Iqtisodiy erkinlik (mustaqillik), to`liq moddiy javobgarlik, maksimal darajada foyda
olishga qaratilgan tijorat faoliyati tadbirkorlikning eng muhim iqtisodiy tamoyillari
hisoblanadi. Tadbirkorlikning ikkita muhim turi – savdo-sotiqqa asoslangan,
narxlardagi farqlar hisobidan foyda olishni nazarda tutadigan hamda aniq
iste`molchining ehtiyojlariga mos holda mahsulot ishlab chiqarish va sotishga
asoslangan faoliyatni ajratib ko`rsatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
mulkchilikning barcha shakli – davlat, xususiy (rivojlanishda ustunlikka ega),
jamoa, shaxsiy hamda aralash shakllari teng huquqli tarzda taraqqiy etadi.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi
bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy
erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda
47
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor
berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish
masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida qaralmoqda.
Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko`p mablag` talab etmaydigan
xo`jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur`atlarini ta`minlaydi,
iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi
sharoitida iste`mol bozorini shakllantirish va uni to`ldirish muammosini tez hamda
tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste`mol talabining o`zgarishiga darhol
moslashadi va shu yo`l bilan iste`mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta`minlaydi.
Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini
jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo`lgan bandlik va
aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o`rin tutmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi iqtisodiy o`sishga
erishish, aholining turmush darajasini yuksaltirish, O`zbekistonning jahon iqtisodiy
hamjamiyatida munosib o`rin egallashidan iborat. Bozor iqtisodiyoti tizimida
bunday masalalar tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va shart-sharoitini yaratish
natijasida amalga oshirilishi ayon. Ayni shu maqsadda, O`zbekistonda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O`zbekistonda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo`nalishlaridan biridir.
O`tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishda keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.
Natijada tadbirkorlik faoliyati mamlakat YaIM hajmining o`sishida, shu
jumladan fuqarolarimizni ish bilan ta`minlash borasida katta o`rin egalladi. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 2001-yildagi 31% dan, 2016-
yilga kelib 56,9% ga yetdi. Shu bilan bir qatorda iqtisodiyotda band bo`lgan
aholining qariyb 78% aynan Shu sohada band bo`lishi uning mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.
48
Tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Jahon banki, Osiyo
taraqqiyot banki, Xalqaro moliya Korporatsiyasi, BMT Taraqqiyot Dasturi kabi
yetakchi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, chet el hukumatlari tomonidan keng
e`tirof etilmoqda.
Xususan, 2016 yilning 27-oktyabrida Jahon banki va Xalqaro moliya
Korporatsiyasi tomonidan e`lon qilingan ―Biznesni yuritish 2016: tartibga solish
sifati va samaradorligini baholash
26
‖ hisobotida O`zbekiston dunyoning 189
mamlakati orasida 87-o`rinni egalladi, bu o`tgan yilgi hisobotdagi 141-o`ringa
nisbatan ancha yuqori ko`rsatkichdir. Shu o`rinda respublikamiz o`z reytingini
yaxshilash bo`yicha eng yaxshi ko`rsatkichga erishgan 5 ta mamlakat qatoriga kirdi.
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan
―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili‖ bo`yicha qabul qilingan Davlat
dasturida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda quyidagi ustuvor
yo`nalishlarga alohida e`tibor qaratish zarurligi ko`rsatib o`tiladi
27
:
Do'stlaringiz bilan baham: