O`zbekiston respublikasi


-BOB. MAMLAKATDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/62
Sana13.06.2021
Hajmi1,02 Mb.
#66238
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
Bog'liq
aaaaaaaaaaaaaaaa

2-BOB. MAMLAKATDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY 

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. 

2.1.  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  qo`llab  –  quvvatlash  bo`yicha   

amalga oshirilayotga islohotlar 

Mamlakatimizda  so`nggi  yillarda  qabul  qilinayotgan  ko`plab  farmоn  va 

qarоrlar  kichik  biznеs  va  хususiy  tadbirkоrlikni  faоl  qo`llab-quvvatlash,  оilaviy 

tadbirkоrlikni  yanada  rivоjlantirish,  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilarni  har 

tоmоnlama  rag`batlantirish,  ekspоrt  faоliyatini  amalga  оshiruvchi  kоrхоnalar 

hamda  хоrijiy  invеstоrlar  uchun  eng  qulay  shart-sharоitlarni  yaratib  bеrishga 

qaratilmоqda.  

 

    So`nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsion muhitni tubdan 



yaxshilash,  tadbirkorlikka  keng  imtiyoz  va  imkoniyatlar  yo`lini  ochib  berish 

hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga muhim ahamiyat berilayotganligi va bu 

borada  amalga  oshirilayotgan  tizimli  ishlar  iqtisodiyotga  yo`naltirilgan 

investitsiyalar hajmining oshishida muhim omil bo`lmoqda. 

2015 – 2019 yillarda mamlakatimiz sanoat tarmoqlarini tarkibiy o`zgartirish, 

modernizatsiyalash 

va 

diversifikatsiyalashni 



chuqurlashtirish, 

zamonaviy 

infratuzilmani  shakllantirishga  qaratilgan  qator  dasturlarda  2016  yil  uchun 

mo`ljallangan  vazifa  va  chora-tadbirlarning  samarali  amalga  oshirilishi 

iqtisodiyotga yo`naltirilgan kapital qo`yilmalar hajmining yuqori o`sish sur`atlarini 

ta`minlashga xizmat qildi. 

Xususan,  respublikamiz  iqtisodiyotida  barcha  moliyalash  manbalari 

hisobidan  o`zlashtirilgan  investitsiyalar  miqdori  2016  yilga  nisbatan  9,6  foizga 

oshib, 16,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. 

Bunda o`zlashtirilgan investitsiyalarning 53,3 foizi korxona va aholining o`z 

mablag`lari, 15,3 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 10,3 foizi tijorat banklari 

kreditlari  va  boshqa  qarzlar,  4,5  foizi  davlat  byudjeti,  4,7  foizi  davlat  maqsadli 

jamg`armalari  hamda  4,7  foizi  O`zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot 

jamg`armasi mablag`lari hisobidan moliyalashtirildi. 




33 

 

Jumladan,  jami  kapital  qo`yilmalarining  3,7  mrld.  AQSh  dollaridan 



ko`prog`i  yoki  11,3  foizdan  ortig`i  xorijiy  investitsiyalar  hissasiga  to`g`ri  kelib, 

shuning  73  foizi  to`g`ridan-to`g`ri  chet  el  investitsiyalaridir.  2016  yilning  o`zida 

qiymati  5,2  mlrd.  AQSH  dollari  miqdorida  164  ta  yirik  investitsiya  loyihalari 

amalga oshgan.

14

 

Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  investitsiya  siyosatining  o`ziga  xos 



xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga hamda energiya 

tejamkor va yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil 

etishga yo`naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat 

berilayotganida namoyon bo`lmoqda. 

2016  yilda  ish  o`rinlarini  tashkil  etish  va  aholi  bandligini  ta`minlashga 

qaratilgan dasturiy chora-tadbirlarning davom ettirilishi natijasida jami 726 mingta 

yangi  ish  o`rinlari  tashkil  etildi,  shuning  438,5  mingtasi  kollej  bitiruvchilari 

hisobiga to`g`ri keladi. Yangi ish o`rinlarining yaratilishi bilan birga iqtisodiyotda 

mehnat  unumdorligining  barqaror  oshib  borishi  aholi  real  daromadlarining 

o`sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, 2016 yilda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan 

jami  real  daromadlarning  o`sishi  11  foiz,  budjet  tashkilotlari  hodimlari  oylik 

maoshi, stipendiyalar 15 foiz, pensiya, ijtimoiy nafaqalar 12,1 foizni tashkil etdi.  

Iqtisodiyotni isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o`zgartirishlarning o`rta 

muddatli  dasturlari  izchil  amalga  oshirilishi  2016  yilda  makroiqtisodiy 

barqarorlikni saqlab qolish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish 

hajmlarining  yuqori  o`sish  sur`atlarini  ta`minladi.  Xususan,  sanoat  mahsulotlari 

ishlab  chiqarish  sohasini  rivojlantirish,  bunda  korxonalarni  texnologik  jihatdan 

yangilash hisobiga tayyor iste`mol tovarlari turlarini kengaytirish hamda xomashyo 

resurslarini  chuqur  qayta  ishlash  asosida  ishlab  chiqarishni  yanada  jadallashtirish 

natijasida  2016  yilda  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmining  o`sishi  2015 

yilga nisbatan 6,6 foizni tashkil etdi. 

                                                           

14

 

www.cbu.uz



  (O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb sayti) 


34 

 

Sanoatda  yuqori  o`sish  sur`atlari  asosan  yengil  sanoat  (16,6  foiz),  qurilish 



materiallari  ishlab  chiqarish  (14,1  foiz)  hamda  oziq-ovqat  sanoati  (14,4  foiz) 

tarmoqlarida  kuzatildi.  Bunda  engil  sanoat  tarkibiga  kiruvchi  to`qimachilik 

sanoatida o`sish sur`ati 12,1 foizni, charm va poyabzal sanoatida 22,0 foizni hamda 

tikuvchilik sohasida 18,9 foizni tashkil qildi.

15

 

Jumladan, iste`mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2015 yilga nisbatan 5,4 



foizga  o`sib,  47,4  trln.  so`mni  tashkil  etdi.  Bunda  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab 

chiqarish  hajmi  2015  yilga  nisbatan  11,4  foizga,  meva-sabzavot  yetishtirish  11,2 

foiz, kartoshka 9,7 foiz, sabzavot ekinlari 10,4 foizni tashkil etdi. 

 2016  yilda  xizmat  ko`rsatish  sohasida  ham  ijobiy  o`zgarishlar  kuzatilib, 

ushbu  davrda  ko`rsatilgan  xizmatlar  hajmi  2015  yilga  nisbatan  12,5  foizga  o`sdi. 

Shuningdek,  iqtisodiyotda  pullik  xizmatlar  ko`rsatish  sohasida  yaratilgan 

qo`shilgan  qiymat  hajmining  2015  yilga  nisbatan  9,3  foizga  o`sishi  yalpi 

qo`shilgan  qiymat  tarkibida  xizmat  ko`rsatish  sohasi  ulushi    49,5  foizgacha 

oshishini ta`minladi.

16

 



Xizmat  ko`rsatish  sohasidagi  yuqori  o`sish  sur`atlari  moliyaviy  xizmatlar 

(30,6 foiz), umumiy ovqatlanish (19,0 foiz), savdo xizmatlari (18,5 foiz), sog`liqni 

saqlash  (17,2  foiz), kompyuter  va  maishiy  tovarlarni  ta`mirlash  (16,3  foiz), aloqa 

va axborotlashtirish (16,0 foiz), avtomobil transporti xizmatlari (11,8 foiz) hamda 

ta`lim (11,2 foiz) kabi sohalarda kuzatildi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  PF-4848-sonli  ―Tadbirkorlik 

faoliyatining  jadal  rivojlanishini  ta`minlashga,  xususiy  mulkni  har  tomonlama 

himoya  qilishga  va  ishbilarmonlik  muhitini  sifat  jihatidan  yaxshilashga  doir 

qo`shimcha  chora-tadbirlar  to`g`risida‖gi  Farmoniga  muvofiq,  2017  yilning  1-

yanvardan  boshlab tadbirkorlik  subyektlarini  rejadan  tashqari  tekshirishlarning 

barcha  turlari  bekor  qilindi  va  bu  mamlakatimizda  tadbirkorlikni  rivojlantirish  va   

                                                           

15

 

www.cbu.uz



  (O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb sayti) 

16

 



www.cbu.uz

  (O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb sayti) 




35 

 

xususiy  mulkni  davlat  tomonidan  muhofazasini  ta`minlashga  navbatdagi  muhim 



qadam bo`ldi.

17

  



Shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yengillashtirish, qulay 

ishbilarmonlik  muhitini  shakllantirish,  tadbirkorlikni  rivojlantirish  yo`lidagi 

ortiqcha  to`siq  va  g`ovlarni  bartaraf  etish  bo`yicha  keskin  va  ta`sirchan  chora-

tadbirlarning  amalga  oshirilishi  sohaning  yanada  rivojlanishiga  zamin  va  turtki 

bo`lmoqda.  Jumladan,  xususiy  mulkni,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni 

ishonchli  himoya  qilishni  ta`minlash  yuzasidan  qabul  qilingan  chora-tadbirlar 

dasturlarining  izchil  amalga  oshirilishi  natijasida  2016  yil  davomida  32  mingga 

yaqin  yoki  2015  yilga  qaraganda  18  foizga  ko`p  yangi  kichik  biznes  subyektlari 

davlat ro`yxatidan o`tkazilib, o`z faoliyatini boshladi. 

Dunyoning  189  mamlakatidagi  tadbirkorlik  muhitini  bir  xil  mezon  asosida 

baholash  uchun,  Jahon  banki  tomonidan  ―Doing  business‖  –  biznes  yuritish 

qulayligi  reytingi  har  yili  tuziladi.  Reyting  metodikasi  asosida,  mamlakatlar  10 

indikator bo`yicha baholanadi. 

Jahon  bankining  2015  yil  oktyabr  oyida  taqdim  etilgan  ―Doing  business  – 

2016‖ hisobotida, O`zbekiston reytingda 141 pog`onadan 87 pog`onaga ko`tarildi. 

O`zbekiston,  o`tgan  yil  davomida  kamida  uch  sohada  islohotlar  o`tkazib, 

reytingning  yuqori  pog`onalariga  ko`tarilgan  10  ta  eng  ilg`or  islohotchi  davlatlar 

qatoridan o`rin oldi(1-jadval).

18

 

                                                           



17

 O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016  yil  5  oktabrdagi  PF-4848-sonli ―Tadbirkorlik  faoliyatining  jadal 

rivojlanishini  ta`minlashga,  xususiy  mulkni  har  tomonlama  himoya  qilishga  va  ishbilarmonlik  muhitini  sifat 

jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida‖gi Farmoni//lex.uz 

18

 

www.chamber.uz



 (O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rasmiy veb sayti) 


36 

 


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish