29
Holding — bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil hissadorlik
jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida. bunyod etilgan jamiyatdir.
Holdingga birlashgan korxonalar, odatda, sho`ba korxonalar deb ataladi. Holding
yoki bosh holding kompaniyasi o`zining sho`ba korxonalari aksiyalarining nazorat
paketlarini o`zida jamlash yo`li bilan moliya kapitalini to`playdi. Aksiyalardan
olinadigan devidendlar uning asosiy daromadi hisoblanadi. Holding kompaniyasi
o`z navbatida o`z aksiyalarini chiqarib hissadorlik jamiyati shaklida ham namoyon
bo`lishi mumkin. Holding qatnashchisining omonati pul mablag`lari, qimmatbaho
qog`ozlar, asosiy vositalar yoki boshqa moddiy boyliklar shaklida bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: