Nafas olish va yurak faoliyatini tiklash usullari. Yurak faoliyatini tiklash uchun yurakni yopiq tashqi massaj qilish bilan bir qatorda sun’iy nafas oldirish ham zarur. Shikastlangan odamni qattiq o‘ringa (pol, stol)ga chalqancha
yotqiziladi. Chap qo‘l kafti pasti qovurg‘alar uchrashgan nuqtadan ikki enlik, o‘ng qo‘l kafti birinchisining ustiga perpendikular holda qo‘yiladi, qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida yozilgan bo‘lishi kerak. Yordam beruvchi shikastlangan odamning yoshi, jinsi va boshqa holatlarni hisobga olgan holda ma’lum bir kuch bilan ko‘krak qafasini siqadi. Bu harakat minutiga 50...60 martadan takrorlanadi. Ko‘krak qafasi suyagi bosilganda u 3-4 sm ga umurtqa pog‘onasi tomon eziladi. Bunda yurak qisiladi va qonni arteriyalarga haydaydi.
Sun’iy nafas oldirish va yurak faoliyatini tiklash yordam beruvchilar soniga va jarohatlangan odamning holatiga qarab ma’lum bir turi tanlanadi. Qutqaruvchi bitta bo‘lganda u navbati bilan 2 marta nafas beradi va 15 marta yurakni tashqi massaj qiladi. Agarda ikkita qutqaruvchi bo‘lsa navbati bilan ulardan bittasi 1 marta nafas beradi, ikkinchisi esa yurakni 5 marta tashqi massaj qiladi (3.7 va 3.8 – rasmlar). Odamga sun’iy nafas berish va uning yuragini tashqi massaj qilish jarayonlarini bir vaqtning o‘zida amalga oshirish mumkin emas. Bu jarayon navbati bilan olib borilishi kerak.
Yordam berish jarayoni mustaqil ravishda nafas olish va yurak o‘rishi tiklanguncha, yoki tibbiyot xodimlari kelguncha to‘xtovsiz davom ettiriladi.
Nafas olishni tiklashning boshqa usullari.Sun’iy nafas oldirish usuli atrof sharoiti, bemorning holati va nafas olishning to‘xtashi sababiga ko‘ra tanlanadi. Buning bir necha usullari mavjud (3.7 – rasm).
Ko‘krak qafasini siqish usuli (3.9 – rasm): Bu usul asosan ba’zibir kasalliklar oqibatida nafas olish yetishmayotganda qo‘llaniladi.
3.7 – rasm. Bitta qutqaruvchi bo‘lgan holatda klinik o‘lim holatiga tushgan
odamning yurak urushi va nafas olishini
tiklash.
3.8 – rasm. Ikkita qutqaruvchi bo‘lgan holatda klinik o‘lim holatiga tushgan odamning yurak
urushi va nafas olishini tiklash.
Bemorning ko‘krak qafasi ikki yon tomondan nafas chiqarilayotgan paytda siqiladi, nafas chiqarilayotganda esa qo‘yib yuboriladi. Тibbiy yordam yetib kelguncha amalga oshiriladi.
Хolger-Nilsen usuli (3.10 – rasm): Odamning yuzi shikastlanganda yoki u o‘ta xavfli va yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda qo‘llaniladi. Bemor yuztuban yotqaziladi. Odamning ko‘krak qafasi orqasidan bosilib nafas chiqariladi. Bemorning bilagidan ushlab qo‘llari kuch bilan oldinga tortilib nafas oldiriladi. Minutiga 16...20 marta shunday harakat qilinadi
Silvestr usuli (3.11 – rasm): Bemor chalqancha yotqaziladi. Bemorning bilagidan ushlab qo‘llari kuch bilan yuqoriga ko‘tariladi, so‘ngra ko‘krak qafasiga tushiriladi va uni qattiq bosiladi (nafas chiqariladi). Minutiga 16-20 marta shunday harakat qilinadi.