Vaqt birligida bir minutda o`pkadan o`tadigan xavo miqdori-o`pka vintilyasiyasi deb tushiniladi, u nafas olishning chuqirligiga va tezligiga bog`liq. Tashqi nafasning bu ikki ko`rsatkichi ancha keng doiraga o`zgarib turadi.
Odatda tinch xolatda katta yoshli odam 500 ml ga yaqin xavoni nafasga oladi va chiqaradi. Xavoning bu xajm nafas xavosi deb ataladi. Nafas xavosi olingandan keyin yana qo`shimcha ravishda aichagina xavo olinishi mumkin. Bu xajm nafas olishning qo`shimcha xajmi deyiladi va 2000 - 2500 ml ni tashqil qiladi.
Tinch nafas chiqarilgandan keyin yana kariyb 1500 ml xavona navasda chiqarish mukin. Bu xajm nafas chiqarishning qo`shimcha xajmini tashqil qiladi. Nafas xavosi, nafas olishning qo`shimcha xajmi va nafas chiqarishning qo`shimcha xajmlarining yig`indisi o`pka qonningtiriklik sig`imini (US)tashqil qiladi. Uning xajmi taxminan 4000-4500 ml. Buning uchun odam atmosferadan iloji boricha chuqur nafas olib, xavoni o`pkasidan oxirigacha spirometrga chiqarish kerak. O`pkaning tiriklik sig`imi o`pka va ko`krak nafasining kengayish kobilyati ko`rsatkichi xisoblanadi. Ko`rsatkich miqdori o`zgaruvchan va yosh, jins, tananing katta-kichiq va fazodagi xolati xamda jismoniy ish bajarishga moslashishga bog`liq . US yosh 40dan oshgandan keyin sezilarli darajada kamayadi. Ayollar US erkaklarnikidan 25% kam. Odam tik turgani US yotgandagiga qaraganda ko`prok bo`ladi. Mashq qilgan odamlada. US jismoniy ish bilan shug`illanmaganlarnikidan ko`proq bo`ladi. Nafas oxirigacha chiqarilgandan keyinhamo`pkada 1000-1500 ml xavo qoladi u xavo krldik, xavo deb ataladi. Shu bilan birga funksional qoldiq sig`imhamtafovut kilanadi. Bu sig`im odatdagicha nafas chiqargandan keyin o`pkada qolgan xavo xajmini ko`rsatadi.
Funksional qoldiq, sig`imining fiziologik axamiyati alvoveolyar xavoning gaz tarkibida nafas olib, nafas chiqarishga bog`liq bo`lgan o`zgarishlarni maromlab turishdan iborat. Atmosfera xavosi alveolalarga bevosita kirib- chiqqanda , alveolyar xavo tarkibidagi 02 va SO 2 miqdori nafas bosqichlariga bog`liq xolda keskin o`zgarib turadi. Tinch xolatda nafas xajmi (500ml ) funksional qoldiq sig`imdan (2500ml) bir necha kam. Kislorodga boy, karbonat angidridi kam bo`lgan oz miqdordagi nafas xavosi anchagina katta bo`lgan funksional qoldiq, sig`im bilan aralashganda alveolyar xavo tarkibi uncha o`zgarmaydi. Alveolyar xavo bilan qon o`rtasida gazlar almashinuvi mu'tasil bo`lishi uchun buning axamiyati katta. Tiriklik sig`imi va qoldiq, yig`indisi o`pkaning umimiy sig`imini tashqil qiladi . U 5500 - 6000 ml ga turri keladi.
Bu ko`rsatkichlarni o`lchash, tekshirish mumkin. Shulardan o`pkaning tiriklik sig`imi, uni tashqil kiluvchi nafas xavosini va nafas olish xamda nafas chiqarishning qo`shimcha xajmlarini spirometr yog`damida bevosita aniqlash , spirograf yog`damida kagozga yozib olish mumkin, Birok qoldiq xavoni, o`pkaning funksional koldik, sig`imini bevosita ulchab bo`lmaydi. U odatda inert gazlar yog`damida vositali yo`l bilan aniqlanadi.
Odatda katta yoshdagi odam tinch xolatda bir daqiqada 16 - 2 0 marta nafas oladi. Nafas xajmi
~~500 ml ga teng deb xisoblasak, o`pkadan shu vaqt ichida 8-10l xavo o`tadi yoki o`pka
ventilyasiyasi 8-10l bo`ladi. Ammo o`pkada o`pka ventilyasiyasining xajmi nafas olishning qanchalik samarali ekanligi to`g`risida axborot bermaydi. Buni qo`yidagi misol bilan ko`rsatish mumkin. Kimdir nafas xajmi 300 ml bo`lgan xolda 1 daqiqada 20 marta nafas oladi. O`pkasining ventilyasiyasi 6000 ml bo`ladi . Boshqa bir odam bir dakkikada Yumarta nafas oladi, uninshg nafas xajmi 600ml. Bu odamning xajmi ventilyasiyasiham6000ml. Ammo ikkinchi shaxsning nafas o`pkada gazlari aplmashinuvini e'tiboriga olganda samaralirok.