Ijodiyoti
6-o'quvchi: Tog'ay Murodni iste'dodli yozuvchi sifatida ham ko'rsatgan dastlabki yirik asar 1976 yilda dunyoga keldi, Bu «Yulduzlar mangu yonadi» nomli qissasi edi. Qissa birdan ko'pchilikning e'tiborini o'ziga tortdi, milliy adabiyotimizda o'z yo'li, o'z dastxatiga ega iste'dodli bir yozuvchi paydo bo'lganidan dalolat berdi. Qissada sho'ro hokimiyati yillari «feodal o'tmish sarqitiw deya qoralangan xalq udumlari - sunnat to'yi marosimi, o'shanday marosimda uyushtirilgan kurash jarayoni g'oyat sinchkorlik va chuqur ehtirom bilan qalamga olinadi. Asardagi Bo'ri polvon, Tilovberdi polvon, Abdil polvonlarning halolligi, mardligi, tantiligi o'quvchida iftixor, havas uyg'otadi, ular ko'z oldimizda xalqimizning eng yaxshi fazilatlarini o'zlarida mujassam etgan shaxslar sifatida gavdalanadilar.
7-o'quvchi: Yozuvchining keyingi asari - «Ot kishagan oqshom» qissasi (1979 y) «Yoshlik» jurnalida chop qilinishi bilan nafaqat adabiyot muxlislari, balki butun xalqimiz orasida juda- tez dovrug' qozondi. Chunki bu asarda o'sha davr adabiyolida kamdan-kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, butun dunyoga ibrat qilib ko'rsatiiadigan «sovet kishisi» tabiatiga xos bo'lgan turfa illatlar badiiy jihatdan ta'sirchan va ishonarli tarzda ochib berilgan edi. Asarda qishloq mehnatkashlari og'ri mehnati, katta kichik rahbarlaming ularga bepisand munosabati, odamlardagi pokiza his-tuyg'ularning toptalishi, kuppa-kunduz kunda bo'layotgan adolatsizliklar tasvir va talqini haqiqatga tashna o'quvchilarning qizg'on e'tirofiga sababi bo'ldi. Uning so'ngida umrbod ixlos qo'yib yurgan odam bolalaridan cheksiz adolatsizlik, nomardlik, vahshiylik ko'rgan qissa qahramoni Ziyodulla chavandoz o'zining sevimli, vafodor va bir umrga sadoqatli otidan najot tilaydi! Aqlli va til zabonli, kiyim boshi po'rim va o'zkha madaniyati kimsalar uni urib, o'lidrishga chog'langan bo'lsalar o'sha til zaboni yo'q ongsiz hayvon sanalmish ot o'z do'stini o'limdan asrab qoladi. Bir so'z bilan aytgada odamni o'zi singari odam zulmidan himoya qilish uchun odam topilmaydi, najot faqat hayvonda qoladi!...
Qissaning bunday oshkora ruhi, adolatparvarlik pofosi o'z davrining ko'plab amaldorlari, maflcurachilari g'ashini keltirgani, natijada yozuvchi nomi atrofida turli g'iybat gaplar tarqatilgani ham ayni haqiqat edi. Biroq yozuvchi bu malomatlardan cho'chib o'tirmadi. Aksincha,' oradan bir yil o'tar-o'tmas yana bir ajoyib asarni - «Oydinda yurga odamlar» qissasini e'lon qildi.
8-o'quvchi: Bu qissaning - «Qoplonbek va Oymomo» atrofdagilarga faqat yaxshilikni sog'inadigan, umrini ezgulikka baxshida etgan olijanob qalb egalaridir. Qissada buyuk muhabbat rishtasi bilan bir-biriga mangu bog'langan bu go'zal insonlaming butun hayot yo'li oydinda aytilgan qo'shiqday tarannum etiladi. Qoplonbekka cheksiz kuch-quvvat, oymomaga behad xushro'ylik ato etgan tabiat ularni farzand ne'matidan bebahra qilgan edi.
1985 yilda yaratigan «Qo'shiq» qissasida yangi xarakterlar o'rin olgan bo'lsa-da, avvalgi qissalardan muvaffaqiyatli chiqmadi.
Tog'ay Murod 1993 yilda «Otamdan qolgan dalalar» nomli yirik romanini yozib tugatadi. Bu roman o'zbek xalqining chor Rossiyasi va sho'ro bosqini ostida o'tgan hayotini - yuz yildan ortiqroq tarixni o'zida mujassam etgan. Asarda bir oilaning uch avlodi hayoti misolida butun millatning taqdiri o'ta ta'sirchan bo'yoqlarda ifoda etiladi.
Tog'ay Murod bu roman uchun Qodiriy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Aynan shu roman e'lon qilingach adibga O'zbekiston Xalq yozuvchisi unvoni berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |