O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI
XALQ ТA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAТI XALQ
ТA’LIMI BOSHQARMASI
Namangan tuman XTMFMT va TEB ga qarashli
18-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Qo’chqarova Gulchehraning
6-sinflar uchun adabiyot fanidan bir soatlik
DARS
ISHLANMASI
Namangan – 2017 yil
Ushbu dars ishlanmasi umumiy o'rta ta'lim maktablari adabiyot fani o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, unda fanga oid turli qiziqarii hamda muhim ma'lumotlar jamlangan.
Muallif: G. Qo’chqarova - Namangan tumanidagi 18-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi.
Muharrir: K. Mirzaaxmedova - Namangan tuman xalq ta'limi bo'limi metodika kabineti mudiri.
Taqrizchilar: Ya. Boltaboyeva - Namangan tumanidagi 18-umumiy o'rta talim ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
MAVZU: TOG`AY MUROD HAYOTI VA IJODI.
1. Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga yozuvchi ijodining bosh yo'nalishi to'g'risida ma'lumot berish, asarlari bilan tanishish ularni tahlil qilish, qissa haqida ma'lumot berish.
2. Tarbiyaviy: O'quvchilarda halollik, mardlik tuyg'ularini shakllantirish. Ular qalbiga milliy g'oya ruhini singdirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni mustaqil fikrlashga va keng mushohada yuritishg undash, ularni yangi manbalar o'qishga qiziqtirish.
Dars uslubi: Suhbat, ma'ruza, savol-javob.
Dars jihozi: Tog'ay Murod asarlari to'plami, yozuvchi portreti, kitoblar ko'rgazmasi, baholash uchun tarqatma, testlar.
Darsning shiori: «Hamma bir-biriga o'rgatadi, hamma bir-biridan o'rganadi».
Tashkiliy qism: Salomlashaman, jurnalga yozaman, yo'qlama qilaman, tozalikni tekshiraman, navabatchi axborotini tinglayman. Navbatchi quyidagi so'zlar bilan darsni ochib beradi:
Jasad bor! Aql bor!
Yurak yo'q!
To'rt mucha bor!
Kuch-quvvat bor!
Yurak yo'q!
Ko'krakda jon bor!
Yurakyo'q, yurak! ....
Ma'navjya daqiqasi o'tkazish uchun faol o'quvchilar jalb qilinadi.
1 -o'quvchi: - Ibn Sino 4 yoshida qur'onni yod olgan.
2-o'quvchi:- Chingiz Aytmatov 5 yoshida tarjimonlik qilib haq olgan.
3-o'quvchi: - Aleksandr Tolstoy 6 yoshida fransuz, nemis, ingliztillarini bilgan.
4-o'quvchi: - Zahiriddin Muhammad Bobur 12 yoshida taxtni boshqargan.
5-o'quvchi: - B.A.Motsart 4 yoshida musiqa asboblarida qo'shiqlar ayta olgan, 5 yoshida musiqiy asar yozgan.
6-o'quvchi: - Imom al-Buxoriy 10 yoshida hadis ilmini egallab bo'lgan.
O'quvchilar:
- Odoblar xazinasi -
adabiyotdir.
Zamon,hayot haqinda
bitik, bayotdir.
O'qituvchi:
- O'quvchilar bugungi darsimiz sizlar bilan 55 yillik hayoti, salkam 30 yillik ijodiy faoliyati davomida bir necha hikoya, 4 qissa, 2 roman yaratgan, jahon adabiyotidan tarjimalar qilgan, adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan - bu kim?
O'quvchilar:
Tog'ay Murod. Demak, Tog'ay Murod hayoti va ijodi haqida ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Ushbu darsimizga men sizlarga Tog'ay Murod hayoti va ijodini o'rganib kelishni topshiriq qilib bergan edim. Albatta sizlar o'qib kelgansiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |