Rasmiy va hordiq chiqarishga moljallangan mehmonxonalar mijozlarga xizmat korsatishda butunlay aniq va oziga xos harakterli talablari borligi, shuningdek, malum xususiyatlari va tuzilishi bilan farqlanadi. Rasmiy mehmonxonalarga odatda quyidagi talablar qoyiladi:
mamuriy binolar va shahar markaziga yaqin bolgan joyda, lekin dam olish uchun kokalamzorlashtirilmagan va sport maydonlari bolishi shart emasligi;
nomer fondida bir kishilik xonalarning mavjudligi, xonaning kunduzi
ishlashga qulayligi va kichik yigilishlar otkazishga imkoniyati borligi;
nomerda ish zonasining tashkil etilganligi, uni tashqi muhitdan ajratish.
Bunday mehmonxonalarda yashaydiganlar jamoat xonalari tashkil qilishni ham talab qilishlari mumkin. Birinchidan, yigilish, korgazma va shunga oxshash tadbirlarni otkazishga joy bolishi kerak. Ikkinchidan, majlislar zali yoki kocha tomondan qoshimcha kirish joyi bolgan kop maqsadli xonalar bolishi (yigilish, banket va boshqa tadbirlar otkazish uchun) lozim. Uchinchidan, mehmonxonada
telegraf, telefaks, nusxa kochirish va kopaytirish apparatlari, shuningdek, moliyaviy
taminot xizmatlari ishlashi kerak.
Hordiq chiqarishga moljallangan mehmonlarga qoyiladigan talablar rasmiy mehmonxona tizimidan quyidagi tomonlari bilan farqlanadi:
shovqinli shahar markazlaridan uzoqdagi kokalamzorlashtirilgan hududlarda joylashganligi;
horgiq chiqarish va sport bilan shug`ullunish joylarining mavjudligi. Jahon amaliyotida bir tunash joyining olchami 150 250 kv. M.ni tashkil etadi.
Yevropa mamlakatlari tajribalari. Shveysariyada alohida ommaviylikka ega Yevropaning eng yuqorida turuvchi oteli toglarda 3452 m. Balandlikda joylashgan va u yil boyi ishlaydi. Otelning tiklanishidan keyin 1955 yilda Fridrix Shiller olimining 150 yilligini nishonlashga Shvesariyadan kelgan ajoyib yozuvchi Tomas Mann oz ismini alfavit kitobchasiga yozgan birinchi kishi boldi. Shuningdek, Germaniyada qadimgi otellar va restoranlar soni juda kopni tashkil etadi. Asosan, Veymar shahridagi Elefant otelini aytib otish lozim, chunki u 1521 yilda tashkil qilingan. Unda hamma zamon va halqlarning koplab mashhur kishilari toxtagan, yozuvchilar esa ozining qahramonlari Veymarda va albatta shu otelda istiqomat qilishlarini yozganlar.
Yevropa mamlakatlarida boy xaridorlar orasida dam olishni Fransiya, Ispaniya, Italiya, Angliyadagi aristokrat saroylarida otkazish moda tusiga kirdi. Saroy egalari odatdagidek juda yuqori titulli shaxslar, lekin daromadlarni kopaytirishga muhtojlar, mehmonlarga mulk illyuziyasini sotishadi. Turistik biznesning bu turi ochiq holda reklama qilinadi hamda qasr ijaraga berilayotgani haqida maxsus kanallar orqali bilib olishadi. Shu bilan birga, 1533 yilda Parijda ochilgan Turdargent restorani eng birinchi restoran hisoblanadi. Ikki asr davomida, u nafaqat Parijda, balki butun Fransiyada ajoyib mehmonxona bolib kelgan. Oshanda u Bael kochasidagi 24 soat ishlaydigan taverniyani boshqarar edi.
Keyingisi, Yevropaning Bazele shahrida joylashgan Drei Konige am Rein oteli eng qadimiy otel hisoblanadi. Osha davr malumotlarida birinchi mijozlar uning ostonasini 1026 yilda bosib otganligi aks ettirilgan.
Bugungi kunda Norvegiyaning Longerbaen orolida joylashgan Qutbiy oteli eng shimoliy mehmonxona hisoblanadi. Arxipelag bir nechta orollardan tashkil topgan va haqli ravishda Yevropaning eng shimoliy nuqtasi hisoblanadi, uning 60% abadiy muzliklar bilan qoplangan va unda servisning barcha yuqori meyorlari tola tadbiq etilgan.
Norvegiyaning Tromse shahrida joylashgan otel ham ajoyibotlardan mahrum etilmagan. Yolak oldida lapland milliy libosi, yani kok, ustida koptok kabi katta qizil pomponli qalpoq kiygan shveysar kutib oladi. Shu yerning ozida u ham milliy libosni kiygan ayol laplandka sanaladi. Zero, shveysarlar libosi aniq chet el turistlari uchun moljallangan bolsa, malum bir kafiyatni paydo qilmoqda. Otel mijozi shu zahotiyoq nooddiy bolgan muhitga kirishib ketadi va atrofdagi narsalarga boshqacha nazar orqali alohida qiziqish bilan qaray boshlaydi.
Mehmonxonalarning ichida birinchi bolib, Germaniyaning Berlin shahridagi
Artemiziya mehmonxonasi faqat ayollarni joylashtirishni boshlagan edi. Oz muddatdan keyin bunday kategoriyadagi istiqomatchilarga xizmat korsatishga gamburglik Xansetin oteli ham qoshildi. Bu mehmonxonalarning xizmat korsatuvchi hodimlari qatiy ravishda ayollardan tashkil topgan. Intererda, dizaynda mashhur ayol rassom-bezatuvchilarning eng yaxshi erishgan yutuqlaridan foydalanilgan.
Bizning kunlargacha dastlabki koranishida saqlanib qolgan turar joylardan eng qadimiysi Buyuk Britaniyaning Sen-Albans qishlogidagi turar hovlisi hisoblanadi. Tarixdagi 795 yildagi hodisalarining yozuvli xronologiyasi uni osha davrda ham borligini tasdiqlaydi va Olishayotgan xoroz oldida deb nomlangan.
Shu bilan birga, Avstriyada mehmonxonalarni boshqarish sayyohlikni qabul qilish boyicha dunyoda tan olingan modellardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, mamlakatning togli qismlarining ozida 20 000 tadan ortiq mehmonxonalar mavjud.
Eng arzon joylashish vositalariga Avstriyada 100 tadan kam bolmagan Youth hotells kiradi. Bu qimmat bolmagan yoshlarga mos yotoqxonalarda hohlovchilar tunab qolishlari mumkin, lekin bu yerda alohida qulayliklar mavjud emas. Avstriya mehmonxonalari 5 ta yulduzli tizim buyicha baholanadi, lekin kishlok joylarida
turkumdan tashqari mehmonxonalar ham mavjud. Ular bir, ikki, uch qavatli uylardan iborat bolib, kopincha fermer oilalari tomonidan ochilgan boladi. Ayniqsa, Avstriyadagi 3 va 5 yulduzli mehmonxonalar bir biridan uncha fark kilmaydi. Bu klassdagi kop mehmonxonalarda basseyn, sauna, restoran, bufet va solyariy mavjud. Oxshashlik Avstriyada tarqalgan mehmonxona intererini romantik uslubda bezatish bilan chuqurlanadi. Bu uslubda zamonaviy texnika qadimiy turkumi anjomlari bilan uygunlashib ketadi. Bazan, uch yulduzli mehmonxonadagi uskunalar tort yulduzli mehmonxonadan yaxshirok bolishi mumkin.
Fransiya tajribasi. Bu mamlakatda turizmning zamonaviy rivojlanish bosqichi oilaviy, hunarmandchilik va yarim hunarmandchilik, ishlab chiqarish korinishidagi katta miqdordagi kichik korxonalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi unda turizm sohasidagi bozor operatsiyalarini amalga oshiradigan firmalar orasida miqdoriy jihatdan kichiq tadbirkorlik subyektlari ustuvorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |