Mehmonxona xojaligini boshqarish fanining predmeti, maqsadi va
vazifalari
Mamlakatimizda mehmonxona xojaligi sohasiga mustaqillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim meyoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda.
Mamlakatimizda mehmonxona xojaligining ravnaqi, uni yangi pogonalarga kotarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huqukiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, Ozbekiston Respublikasi Oliy majlisining mazkur yonalishga taalluqli qonun va kodekslari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari ishlab chiqilib hayotga tadbiq etildi.
Garb davlatlarida mehmonxona xojaligini boshqarish boyicha kop yillik tajriba yigilgan. Chunki, mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini organish shubhasiz, mehmonlarga xizmat korsatish sifatini yaxshilashda katta rol oynaydi.
Xizmatchilar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab qoyilishi haqida tasavvurga ega bolmasa, ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat korsatishlarini talab qilish murakkab. Ammo, Ozbekistondagi mehmonxona sanoati oziga xos sharoitlarda faoliyat korsatayotganligini etiborga olish kerak. Bugungi kunda bizga jahon talablariga javob beruvchi mehmonxona xojaligi sanoatini rivojlantirishning milliy modelini yaratish boyicha takliflar kiritilgan.
Mehmonxona xojaligini boshqarish fanini oqitishdan asosiy maqsad - hozirgi bozor iqtisodiyotiga otish sharoitlarida mehmonxona xizmati sohasida eng yaxshi boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni takomillashtirish zaruriyati bilan bogliq.
Bunda mehmonxona xizmatlari sifatiga tasir korsatuvchi iqtisodiy omillar samaradorligini oshirishga yonaltirilgan. Mehmonxona sohasi rahbarlarining doimiy ravishda xizmat korsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, uni kengaytirishga etiborni qaratish va binolarni rekonstruksiya qilish asosiy vazifa bolib qolishi kerak. Yangi texnologiyalarni kiritish ham muhim ahamiyatga ega boladi.
Mehmonxona xojaligini boshqarish kursining vazifasi turizm industriyasini boshqarish modeli hamda rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda mehmonxona xojaligi sohasidagi muvaffaqiyatlarni tahliliy ravishda talabalarga tushuntirishdan iborat.
Menejment predmeti xojalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini organishdan iborat. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bolib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa korinishlarda boladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qol ostidagi xodimlar ortasidagi aloqa va ozaro tasirning murakkab majmuasini ifodalaydi. Demak, menejment bu eng avvalo kishilarni boshqarish.
Mehmonxona xojaligini boshqarishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iborat. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, yani mehnat qurollari va predmetlariga tasir etiladi.
Fanining oqilishidan maqsad turizm sohasi jadal rivojloanayotgan sharoitda uning tarkibiy qismi hisoblangan mehmonxonalarda boshqaruvni samarali tashkil etish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirishga erishish.
Fanning vazifasi boshqaruvning mohiyati, ahamiyati uning mehmonxona xojaliklarini rivojlantirishdagi orni, boshqaruv samaradorligi, boshqaruv usullari,
tamoyillari, boshqaruv qarorlari, menejer va rahbar uslublari, kadrlarni rejalashtirish va ularni boshqarish jarayonlari, nizo va stress hamda ularning oqibatlari va ularning oldini olish yollari kabi bir qancha masalalar togrisida talabalarda tasavvur hosil qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |