O‘zbеkiston rеspublikasi


II BO‘LIM IJTIMOIY MUHOFAZA TIZIMI



Download 0,63 Mb.
bet26/55
Sana28.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#713961
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
O‘zbеkiston rеspublikasi

II BO‘LIM
IJTIMOIY MUHOFAZA TIZIMI
TUSHUNCHASI, DAVLAT ORGANLARINING
TUZILISHI VA VAZIFASI
5-mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY
MUHOFAZA ORGANLARI VA ULARNING VAZIFASI.
JAMOAT ORGANLARINING IJTIMOIY YORDAM
KO‘RSATISH SOHASIDAGI VAZIFALARI
5.1. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy muhofaza organlari
va ularning huquqiy maqomi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi mehnat bilan bandlik, aholini ijtimoiy muhofaza qilish
sohasidagi siyosatni amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi
organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
bo‘ysunadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.
Vazirlik tizimiga Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari,
tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish markazlari, nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari,
nogironlar va qariyalar uchun «Muruvvat» va «Sahovat» uylari,
urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriya va pansionatlar, Toshkent
shahridagi ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash o‘quv
markazlari, nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy
markazi, Toshkent va Farg‘ona shaharlarida nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan
Respublika kasb-hunar kollejlari, 2-sonli yuridik kolleji,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xodimlari malaka59
sini oshirish respublika kurslari, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari
agentligi hamda chet elga ketayotgan fuqarolarni jo‘nab ketishdan
oldingi moslashtirish va o‘qitish markazi, fuqarolarni chet ellarda ishga
joylashtirish, bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar, axborot
kompyuter markazi, Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza
qilish markazi, davlat huquq inspeksiyasi hamda mehnatni muhofaza
qilish va mehnat ekspertizadan o‘tkazish davlat inspeksiyasi, odam
savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha
Respublika reabilitatsiya markazlari kiradi.
Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, davlat
boshqaruvi organlari, mahaliy davlat hokimiyati organlari, boshqa
tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda
davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahaliy davlat hokimiyati
organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Vazirlik va uning bo‘linmalarining moddiy-texnika ta’minoti,
shuningdek, vazirlik tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash ajratiladigan
mablag‘lar doirasida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga hamda
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish
va moddiy bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘lari,
shuningdek qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar
hisobiga amalga oshiriladi.
Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda
hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri
tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek boshqa tegishli
muhr va shtamplarga ega bo‘ladi.
Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli istiqbollarini
hisobga olgan holda mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni
ishlab chiqish, mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, aholining
bandligi, shu jumladan xorijda ishlashini ta’minlash, demografik
omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda
ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etish bo‘yicha samarali
chora tadbirlarni tayyorlash, band bo‘lmagan aholi va ishsizlarga
birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga, imkoniyatlari cheklangan
shaxslarga ularni professional qayta tayyorlash va ishga joylashtirish
60
bo‘yicha, shuningdek ishsizlarni moddiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha
sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish, yolg‘iz qariyalar, nogironlar,
kam ta’minlangan oilalar va aholining boshqa zaif toifalarini
ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha amaliy va aniq yo‘naltirilgan chora
tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
mexanizmlarini takomillashtirish, tibbiy ijtimoiy muassasalarning
moddiy bazasini mustahkamlash, mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi
ustidan nazoratni, mehnat munosabatlari, mehnatni moddiy rag‘batlantirish
va muhofaza qilish mexanizimlarini takomillashtirish bo‘yicha
chora tadbirlarni amalga oshirish va b.
Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni
amalga oshiradi:
Mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish hamda aholi
bandligini ta’minlash sohasida:
a) Respublikani demografik rivojlantirish prognozlarini amalga
oshiradi, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar
kompleksiga asoslangan holda mehnat resurslarining prognoz balanslarini
ishlab chiqadi;
b) Respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mehnat
resurslari soni hamda tarkibini o‘rganadi, uni takomillashtirishga doir
takliflar ishlab chiqadi;
d) aholining bandlik darajasi va tarkibini to‘liqroq va xolisona
baholashni ta’minlash, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni aniqlash
maqsadida mehnat bozorining ahvoli monitoringini tashkil etadi;
e) mehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, tashqi mehnat
migratsiyasini va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi mehnat faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga
oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi, shuningdek mehnat
migratsiyasi masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish
yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
f) ishsizlarni hisobga olishni tashkil qiladi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan
birgalikda oilaviy tadbirkorlik(kasanachilik) va hunarmandchilik faoliyati
bilan band bo‘lgan fuqarolarni hisobga olishni tashkil qiladi;
h) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘rta maxsus
kasb-hunar ta’limi hamda oily ta’lim masalalari bitiruvchilarining
bandligini tadqiq qiladi hamda uning natijalari asosida ishchi kadr61
larning va o‘quv yurtlarida mutaxasislarning kasb tayyorgarligi yo‘nalishlarini
takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
i) aholi shu jumladan, yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan
shaxslar, ishdan bo‘shab qolgan xodimlar va aholining boshqa toifalarining
bandligi va ularni ishga joylashtirish, shuningdek bo‘sh ish
o‘rinlari bo‘yicha axborotlarning shakllantirilishini va tahlil etilishini
tashkil qiladi;
j) shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish
bilan band bo‘lgan shaxslar hisobini amalga oshiradi;
k) ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda yoshlar va ish bilan
band bo‘lmagan aholining kasb-hunarga xohishini va mehnat yo‘nalishlarini
aniqlash uchun sosiologik tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
l) manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahaliy davlat hokimiyati
organlari bilan birgalikda ish o‘rinlari tashkil etish dasturlarini ishlab
chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishda qatnashadi;
m) bandlik va bo‘sh ish o‘rinlarini tashkil etishning hududiy
dasturlarini ishlab chiqishda mahaliy davlat hokimiyati organlariga
metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
n) iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta tashkil etish davomida,
shuningdek tashkilotlarning bankrot bo‘lishi va tugatilishi
natijasida ishdan bo‘shab qoladigan xodimlarni ish bilan ta’minlash va
ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlarning
ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
o) kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati va
aholining o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlashning boshqa shakllarining
rivojlantirilishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan
takliflar tayyorlaydi;
p) davlat va xo‘jalik boshqaruvchi organlarga, mahaliy davlat
hokimiyati organlariga va tashkilotlarga korxonalar hamda fuqarolar
o‘rtasida konerasiya asosida kasanachilikni tashkil etishni kengaytirish,
shuningdek oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish
masalalarida ko‘maklashadi va b.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va nogironlarni tibbiy ijtimoiy
reabilitatsiya qilish sohasida:
a) Respublika, viloyat, tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyati
organlarining ishtirokida yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironlar va davlatning
qo‘llab- quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan boshqa aholi guruhlariga
ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rstishni tashkil etadi;
62
b) ijtimoiy ta’minot muassasalarida (»Muruvvat» va «Sahovat»
uylarida, ponsionatlarda, sanatoriylarda) yashayotgan keksa fuqarolar
va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil
qiladi, ushbu muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishini
ta’minlaydi;
d) yolg‘iz keksa fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatlarining
kompleks tarmoqlarini tashkil etadi va ularning ishini nazorat
qiladi;
e) aholiga yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun
mablag‘lar jalb etish ishlarida nodavlat notijorat tashkilotlarning va
boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;
f) yolg‘iz keksa fuqarolar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy
yordam ko‘rsatuvchi nodavlat xizmatlar tashkil etishga ko‘maklashadi
hamda ularning ishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
g) o‘ziga qarashli tashkilotlarning aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
dasturlarini moliyalashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga
oshiriladigan ishlarni, shu jumladan ularning tijorat faoliyatini
muvofiqlashtiradi;
h) nogironlarni reabilitatsiya qilish ishlariga rahbarlikni amalga
oshiradi, nogironlarning kasb- hunar, texnika ta’limi va ularni qayta
o‘qitish bo‘yicha o‘ziga qarashli ta’lim muassasalariga rahbarlik qiladi;
i) infratuzilma ob’yektlarining nogironlar va keksa fuqarolar uchun
qulayligini ta’minlovchi shaharsozlik sohasida davlat siyosatini shakllantirishda
qatnashadi;
j) nogironlarning mehnatidan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan
korxonalarni tashkil etish va rivojlantirishga, mehnatning
kasanachilik turlarini va ish bilan ta’minlashning boshqa shakllarini
rivojlantirishga ko‘maklashadi, nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish
bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati sohalarining
rivojlantirilishiga ko‘maklashadi;
k) berilgan buyurtmanomalarga muvofiq, harakatlanishning maxsus
vositalari, ishlab chiqarish va maishiy tusdagi moslamalar, nogironlarni
reabilitatsiya qilish va ularni parvarishlashning boshqa texnik
vositalarini ishlab chiqarish uchun buyurtmalar beradi;
l) aholiga protez-ortopediya yordami ko‘rsatishni tashkil etishni,
davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahaliy davlat hokimiyati organlari
va tashkilotlar bilan birgalikda protez-ortopediya buyumlari va
nogironlarning hayot faoliyatlarini ta’minlash vositalarini ishlab
63
chiqarishni ko‘paytirish hamda tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish,
shu jumladan ularning yangi turlarini ishlab chiqarish ishlari
amalga oshirilishini ta’minlaydi;
m) nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va harakatlanish
vositalari bilan ta’minlash tartibini belgilaydi va b.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish