O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

1.
 
Darcha 
– ilgari vaqtlarda deraza vazifasini o‗tagan bir yoki 
qo‗sh tavaqali, eshik yoki devorga o‗rnatilgan kichkina eshikcha 
(O‗TIL, I, 212.) 
2.
 
Eshik 
– uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida o‗rnatilgan 
ochib-yopib turiladigan moslama (O‗TIL, II, 457). 
3.
 
Darvoza 
– hovli, qo‗rg‗on, qal‘a, zavod va shu kabilarga 
kiriladigan, ochib-yopiladigan katta eshik, qopqa (O‗TIL, I, 209). 
Ajratilgan 
so‗zlar miqdoriy ko‗rsatkichlarni ifodalovchi 
leksemalardir. Bu 
darcha 
leksemasi izohidagi 
kichkina 
va 
eshikcha 
so‗zlari, 
darvoza 
leksemasi izohidagi 
katta 
so‗zi

Demak, graduonimiyada bir necha leksema ma‘lum bir belgining 
oz-ko‗pligiga qarab farqlanadi. 
Lug‗aviy graduonimik qatorda dialektikaning eng umumiy 
qonunlari mavjud: 
a)
graduonimik qatorda belgining darajalanib, oshib yoki 
kengayib borishida miqdor o‗zgarishining sifat o‗zgarishiga o‗tishi 
qonuni tajallilanadi; 
b)
graduonimik zanjirning ikki chekka uchi ma‘lum bir belgining 
tasdig‗i bilan birga, bir-birini inkor etishida inkorni inkor qonuni 
namoyon bo‗ladi; 
d) bir-birini inkor etuvchi (antonimik munosabatda turgan) 
leksemalarning bir yetakchi leksema (dominanta) atrofida birlashib, 
bir lug‗aviy ma‘noviy qatorni – paradigmani, butunlikni tashkil 
etishda qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni voqelanadi. 
Giponimiya
. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir 
turi giponimiya (aniqrog‗i, gipo-giperonimiya), ya‘ni tur-jins 
munosabati. 
Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi. 
Giperonim jins belgisini 
bildirgan predmetning 
nomini 
ifodalovchi ko‗pgina ma‘noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi 
mikrotizimning markaziy leksemasi, dominantasi sifatida namoyon 
bo‗luvchi lug‗aviy birlik. Giponim esa ma‘lum jins turining nomini 
hamda o‗zining semantik tarkibida implisit tarzda jins ma‘nosini ham 


118 
ifodalovchi, semantik jihatdan giperonimga nisbatan boy bo‗lgan 
lug‗aviy birlik. 
Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu 
esa obyektiv borliqdagi umumiylik tushunchasi bilan bog‗liq. 
Masalan, 
daraxt 
giperonimi jins ma‘nosini ifodalovchi leksema 
sifatida daraxtning barcha turini ifodalovchi leksemalarni leksik- 
semantik munosabat asosida birlashtirib, leksik-semantik guruh hosil 
qiladi. Shu boisdan 
daraxt 
leksemasi giperonim sifatida giponimi 
bilan leksik-semantik aloqaga kirisha oladi. Masalan, 
daraxt – qayin, 
daraxt – terak, daraxt – dub, daraxt – archa

Giponimlar teng huquqli bo‗lib, giperonimga munosabati bir xil. 
O‗z navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya hodisasi bilan 
ham bog‗lanadi. Masalan, o‗zbek tilidagi 
daraxt 
nomi dastlab ikki 
guruhga bo‗linadi: 
mevali daraxt 
va 
manzarali daraxt
. Mevali daraxt 
o‗z mevasining nomi bilan ataladi. Shuning uchun bu leksema ko‗p 
ma‘noli bo‗lganligi bois bir tomondan 
meva
, ikkinchi tomondan 
daraxt 
giperonimi bilan semantik munosabatga kirishadi: 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish