O‘zbeкiston respubliкasi


ixtisoslashuvga zid ma‟noviy kengayish yuz berib, yangi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

ixtisoslashuvga zid ma‟noviy kengayish yuz berib, yangi 
sememaning vujudga kelishi. 
Masalan, 
otlanmoq 
leksemasining 
dastlabki sememasi «otga minish» bo‗lib, bugungi kunda bu semema 
o‗ta kuchsizlanib, leksema, asosan, «biror joyga borish uchun 
hozirlanish» sememasi bilan yashaydi. 
3.
 
Leksema semantik imkoniyatining torayishi. 
Leksema 
sememasining biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememaning 
butkul so‗nishiga olib keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchani 
ifodalovchi so‗zlarning qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa, turdosh 
otning atoqli otga aylanishi(
Po„lat, Asal, Shakar, Norin, Otash 
kabiar)da, so‗zning terminologik mohiyat kasb etishi(
rentgen, joul, 
vatt
)da yaqqol ko‗zga tashlanadi. 
32-§. Leksik-semantik munosabatlar 
 
Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil 
paradigma hosil qilgan holda mavjud bo‗ladi. Sinonimik, antonimik, 
graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy 
munosabatlardir. 
Sinonimiya. 
Shaklan har xil, ammo aynan bir tushunchani turli 
bo‗yoq va ottenka tusi bilan ifodalaydigan leksemalar 
sinonim 
deyiladi (gr. 
synonymos 
– ―bir nomli‖). Sinonim leksema orasidagi 
munosabat 
sinonimiya 
yoki 
sinonimik munosabat 
deb yuritiladi. 
Sinonim leksemalar sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan 
bir xil bo‗lib, ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida 
aybdor, аybli, 
gunohkor 
qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Ma‘nodoshlik 
qatoridagi mazkur leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: 
«rasm-qoida, odob-axloq me‘yorlari yoki qonunga xilof ish qilgan 
kishi». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‗ziga xos. Aniqrog‗i, 
«shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon 
bo‗lgan. U 
aybdor 
leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» 
ko‗rinishida bo‗lsa, 
gunohkor 
leksemasida «o‗ta kuchli shaxsiy salbiy 
munosabat» tarzida. 


114 
Ma‘nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. 
Ulardan ayrimlari quyidagilar: 
1)
ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat semasi; 
2)
leksemaning qo‗llanish davrini ko‗rsatuvchi sema: «eskirgan», 
«yangi», «o‗ta yangi», «arxaik», «tarixiy»; 
3)
leksemaning qo‗llanilish doirasini ko‗rsatuvchi sema: «shevaga 
xos», «so‗zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‗tarinkilik» va h.k. 
Ma‘nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) 
leksema bo‗lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, 
ma‘nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida 
sanalgan barcha ifoda semasi neytral, betaraf. Masalan, 
bаlog‟аt, 
voya, kаmol kаmolot, yetuklik 
sinonimik qatori «kitobiylik», 
«ko‗tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi 
bаlog‟аt 
leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral)
, kаmol 
kаmolot, yetuklik 
leksemalarida ifodalangan, oydinlashtirilgan. 
Ma‘nodoshlik qatoridagi dominanta leksemaning bir qancha 
o‗ziga xos xususiyati bor: 
1)
dominanta leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga 
nisbatan «kambag‗alroq» bo‗ladi. Qiyoslang: 
chiroyli, go„zal 
va 
suluv. 
Qatordagi 
chiroyli 
leksemasida 
go„zal 
va 
suluv 
leksemasidagi 
ko‗tarinkilik bo‗yog‗i yo‗q; 
2)
dominanta leksemaning qo‗llanish doirasi va miqdori boshqa 
ma‘nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko‗p bo‗ladi; 
3)
dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega 
bo‗lganligi bois istalgan vaqtda o‗z ma‘nodoshlarini almashtira oladi; 
4)
ma‘nodoshlik qatori mansub bo‗lgan katta tizimga faqat 
dominanta leksema kiradi. Masalan, «kishi tanasi a‘zolari» lug‗aviy 
ma‘noviy guruhiga 
yuz 
dominanta leksemasi kirib, 
quloq, burun, lab, 
qosh, peshona 
leksemalari bilan paradigma hosil qiladi. Boshqa ifoda 
semasi belgilangan leksema «betaraf» bo‗lolmaganligi bois yuqori 
paradigmaga kira olmaydi va uning betaraf vakili bu huquqqa ega 
bo‗la oladi, xolos. 
Ma‘nodoshlik paradigmasi doimo ochiq. Jamiyat, davr talabi 
asosida keraksizi iste‘moldan chiqib, qator yangilari bilan boyib 
boraveradi. Nutqda ma‘nodoshlik qatorlari nutqning atash birliklari, 
iboralar, mustaqil leksema sememalarining turi, yasama so‗z, so‗z 
birikmasi, nutqiy ko‗chma so‗z bilan to‗lib, kengayib boradi. Bular 


115 
kontekstual sinonim sifatida nutqning go‗zalligi va boyligini 
ta‘minlovchi vosita sanaladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish