aralash
leksemasi sememasi
ochilayotganda, u
qorishiq, omuxtа
leksemalari
qurshovida
o‗rganiladi.
Axloq
leksemasi sememasini
tаrbiya, odob, аdаb, xulq,
xulq-аtvor, yurish-turish
va boshqa leksema sememalarisiz aniqlab
bo‗lmaydi.
Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‗nalishni farqlash
lozim:
a)
ichdan yondashuv (ya‘ni, sememadan leksemaga);
b)
sirtdan yondashuv (ya‘ni, leksemadan sememaga).
O‗zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati turlicha
talqin qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema, ko‗pincha,
ongimizdagi ma‘lum bir tushuncha bilan bog‗liq bo‗ladi, deb
hisoblaydi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema esa, tilga,
leksemaga xos birlik. Кo‗p holda bir semema bir necha tushunchani
o‗z ichiga oladi. Jumladan,
o„rik
leksemasining sememasi quyidagi
tushunchalarda namoyon bo‗ladi:
a)
ho‗l mevaning bir turi;
b)
shu mevaning quritilgani;
d)
shu mevani beradigan daraxt.
Shunga ko‗ra, tushuncha va semema o‗zaro hamma vaqt ham mos
kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma‘nodosh leksemalarda yaqqol
ko‗zga tashlanadi. Кo‗rinadiki, lingvistik belgilardagi asimmetriya
hodisasi semema va tushuncha munosabatida ham ko‗rinadi. Buni
chizmada quyidagicha berish mumkin (18-jadval):
18-jadval
SEMEMA
tushuncha
tushuncha
tushuncha
TUSHUNCHA
semema
semema
semema
99
Semema har doim ongdagi tushuncha bilan bog‗langan. Semema
–
tushunchaning ifodasi. Biroq yordamchi leksema sememalarida
tushuncha bilan bog‗lanish yo‗q. Chunki yordamchi leksema
qo‗shimcha va leksema ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‗taydi.
Yordamchi leksemalar shaklan leksema, mazmuni (vazifasi),
sememasiga ko‗ra esa qo‗shimchadir
1
.
Mustaqil leksema, yordamchi leksema va grammatik qo‗shimcha
munosabatini chizmada quyidagicha berish mumkin (19-jadval):
19-jadval
mustaqil
leksema
nomustaqil
leksema
grammatik
qo‗shimcha
semema
nomema
grammatik
ma‘no
grammema
Tilshunos Sh.Rahmatullayev sememaga ega birliknigina leksema
sifatida baholaydi: «Biz analiz yo‗liga, ya‘ni nutqdan tilga borish
yo‗liga o‗rganib ketganmiz. Albatta, konkret birlikdan (so‗zformadan)
abstrakt birliklarga (so‗zformani tarkib toptiruvchi birliklarga) borish
oson ko‗chadi. Shu yo‗l bilan borib, so‗zforma tarkibida leksik ma‘no
anglatuvchi qismni ajratamiz va uni leksema deb nomlaymiz. Asli
leksik ma‘no anglatuvchi til birligiga
leksema
deyiladi».
Demak, olim leksema talqiniga ichdan (ma‘nodan) kelib chiqqan
holda munosabatda bo‗lganligi tufayli nomustaqil birlikni leksema
sifatida qarashni ma‘qul ko‗rmaydi.
Bunda shakl emas, balki ma‘no (semema) yetakchilik qiladi.
Кo‗rinadiki, mustaqil va nomustaqil birliklarga bir xil o‗lchov
(mezon) bilan munosabatda bo‗lish ular tabiatini xiralashtiradi.
Chunki yordamchi leksema ma‘nosi bilan qo‗shimchaga yaqinlashsa,
nomemaga egaligi asosida leksema bilan uyg‗unlashadi. Bundan kelib
chiqqan holda aytish mumkinki, ma‘lum bir hodisa, masalan, leksema
ta‘riflanar ekan, ta‘rif ta‘riflanayotgan hodisani to‗liq qamrab
olmasligini e‘tiborga olish lozim.
Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta‘rif mutlaq
bo‗lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisa «ta‘rifga sig‗may qolishi»
ta‘kidlanadi. Demak, leksema «o‗zida tayyorlik, majburiylik,
1
Ne‘matov H., Rasulov R.. O‗zbek tilining system leksikologiyasi asoslari. –Toshkent,
1995.–57-bet.
100
takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan,
shakl va denotativ ma‘no birligidan iborat mustaqil anglanish va
qo‗llanish tabiatiga ega bo‗lgan lisoniy birlik» deb ta‘riflanar ekan, bu
ta‘rifning barcha leksema uchun birday amal qilmasligini ta‘kidlash
lozim. Chunki denotativ xususiyatga ega bo‗lmagan yordamchi
leksema ta‘rifdan chetda qoladi. Tushunchaga asoslanmagan
leksemaning mazmun tomoni grammatik ma‘no bo‗lsa, denotativ
tabiatli leksemalarning mazmun tomoni – semema.
Bir necha tushunchani o‗zida mujassamlashtirgan leksemaning
mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi.
Har qanday lisoniy birlik serqirra mohiyatli bo‗lib, bu uning
kamida ikki paradigmaga kirishini ta‘minlaydi. Leksema birdan ortiq
tushunchani qamrab olgan ekan, bunda uning serqirraligi yanada
«kuchayadi». Masalan,
uzum
,
o„rik
leksemasi o‗zida bir necha
tushunchani saqlar ekan, bu bilan u kamida ikki lug‗aviy paradigmaga
kiradi (20-jadval):
20-jadval
uzum
uzum
tok
o„rik
zardoli
turshak
Birinchi paradigmada
uzum
leksemasi bir denotati asosida meva
va boshqa bir denotati asosida esa daraxt nomini ifodalovchi ot-
leksema bilan uyadoshlik qatori hosil qilsa, ikkinchi paradigmada
o„rik
leksemasi bir ma‘nosi bilan
zardoli
, ikkinchi ma‘nosi asosida
turshak
leksemasi bilan ma‘nodoshlik munosabatida bo‗ladi.
Leksema tarkibida birdan ortiq tushuncha mujassamlashganda
leksema turli sintagmatik qurshovga kiradi. Masalan, yuqorida tilga
olingan olma leksemasida ikkita («meva», «daraxt») tushuncha
mavjud bo‗lib, u har bir ifodalagan tushunchasi asosida ham boshqa-
boshqa, ham umumiy qurshovga ega bo‗lishi mumkin.
Olmani kesdik
sintaktik qurshovida
olma
qaysi tushuncha,
denotatni anglatayotganligi muayyanlashmaydi. Biroq
olmani ekdik,
olmani
yedik
sintagmatik
qurshovida
atalayotgan
denotat
farqlanayotganligi sezilib turadi (birinchi qurshovda «daraxt»,
ikkinchisida «ho‗l meva»). Кo‗rinadiki, leksema birdan ortiq
101
tushunchani ifodalaganda har bir tushunchaga mos sintagmatik
qurshov mavjudligi ham anglashiladi.
Bular esa semema leksema lisoniy mohiyatining alohida
sinonimik va sintagmatik qurshovga ega bo‗lgan turidir, degan
xulosaga olib keladi.
Demak, leksema birdan ortiq tushunchani ifodalaganda har bir
tushuncha uchun alohida-alohida semema to‗g‗ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |