Soddalashgan leksema
yasama so‗zlar lisoniylashuvining yanada
yuqoriroq bosqichi. Soddalashish bu ma‘lum bir so‗z yasash
qolipining hosilasida o‗zak va qo‗shimchaning o‗zaro birikib ajralmas
holga kelishi, so‗zshakldagi grammatik vositaning qotib qolishi
natijasida yangi ma‘no ifodalashidir. O‗zbek tilidagi
oldin
,
keyin
,
tashqari
,
ichkari
,
yuqori, hozirda
kabi yuzlab so‗z soddalashgan
yasama so‗z – leksema. So‗z birikmalarining sintaktik qolipdan
uzilish holati sifatida
boshning og„rigi –
boshog„riq
, belning bog„i –
belbog„, tomning orqasi–tomorqa
misollarini ko‗rsatish mumkin.
So‗z birikmalarining sintaktik qolipdan hozirda uzilayotgan
holatini
gulning yaprog„i–gulyaproq, daftarning varag„i–daftarvaraq,
derazaning shishasi–derazashisha, oq qand–oqqand
kabilarda
kuzatish mumkin.
Tublashgan leksema
shunday leksemalashgan yasama so‗zki,
ularning yasalishini, tarkibini etimologik ma‘lumotsiz aniqlab
bo‗lmaydi. Masalan,
sin
fe‘lining o‗zagi
si
,
tingla
fe‘lining o‗zagi
ding
,
to„q
so‗zi o‗zagining
to„
ekanligini til tarixi bo‗yicha chuqur
ma‘lumotga ega bo‗lmasdan bilib bo‗lmaydi.
Demak, ma‘lum bo‗ladiki, tilda leksema yasash hodisasi yo‗q.
Balki
yasama
so‗zning,
nutqiy
hosilaning
lisoniylashuvi,
leksemalashuvi mavjud.
27-
§. Semema va uning tarkibiy qismlari
L
eksemaning tashqi va ichki jihati mavjud. Leksemaning tashqi
qobig‗i
nomema
deb ataladi.
Nomema
deganda leksemaning moddiy
tomonini tashkil etgan fonemalar hosilasi – nutq tovushlari nazarda
tutiladi. Masalan,
kitob
leksemasining tashqi tomoni k+i+t+o+b
tovushlar yig‗indisi. Shu o‗rinda bir narsaga alohida e‘tibor qilish
lozim. Ma‘lumki, lisoniy birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi.
Shunga ko‗ra, leksema ham, boshqa lisoniy birlik kabi moddiylikka
ega bo‗lmasligi lozim. Demak, moddiylik so‗zi bu o‗rinda bevosita
sezgi a‘zosiga ta‘sir qiladigan deya jo‗nlashtirilmasligi lozim. Yoki
shakl deganda moddiy ko‗rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror
narsa haqida o‗ylar ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini
tasavvur qilgan holda boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi
qiyofasi ham shakl deyiladi.
97
Nomema kishi biror leksema haqida o‗ylaganda, ichki nutqda
yaqqol ma‘lum bo‗ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl haqiqiy,
real moddiy qiyofa kasb etadi. Demak, ongdagi leksemaning shakliy
tomoni sezgi a‘zolaridan tashqarida, unga ta‘sir qilmaydigan holatda
bo‗lsa, leksema nutqiy voqelanganda so‗zga aylanadi, moddiy
bo‗lmagan shakl, ya‘ni nomema moddiylik kasb etadi, sezgi a‘zosi
bilan his qilinadigan bo‗ladi.
Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni
semema
deyiladi. Semema
–
ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning
leksemada mujassamlashgan ko‗rinishi. Boshqacha aytganda, semema
–
leksemaning ichki jihati.
Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga
aynan o‗xshamaydi. Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita
leksema yo‗q. Masalan, ikkita sinonim leksemaning sememasini
qiyoslaymiz:
Yuz
– inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‗lgan
qismining uslubiy betaraf ifodasi.
Bet
– inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‗lgan
qismining so‗zlashuv uslubiga xos ifodasi.
Кo‗rinadiki, birinchi sememadagi «uslubiy betaraf» unsuri
ikkinchi sememada, ikkinchi sememadagi «so‗zlashuv uslubiga xos»
unsuri birinchi sememada yo‗q.
Agar semema aynan bo‗lib qolsa, demak, bu ular tavsifida nuqson
mavjud deyishga asos bo‗ladi. Semema mukammal tavsiflanganda, bu
tavsifdanoq ushbu tilni eng nozik jihatlarigacha puxta bilgan kishi
so‗z qaysi leksema haqida ketayotganligini ravshan anglaydi.
Leksema butunlik sifatida nomema va sememadan tashkil
topishini ko‗rib o‗tdik. O‗z o‗rnida nomema ham, semema ham
tarkibiy qismlardan iborat bo‗ladi. Masalan, nomema butunligini
tovush hosil qiladi. Tilshunoslikda sememani tashkil etuvchi unsur
sifatida semalar ajratiladi. Jumladan,
kitob
leksemasi ikki sememali
bo‗lib, uning bir sememasi «varaqdan tashkil topgan, muqovalangan,
bosma yoki qo‗lyozma holdagi davriy bo‗lmagan o‗quv vositasi»
bo‗lib, u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1)
«varaqlardan tashkil topgan»;
2)
«o‗quv vositasi»;
3)
«davriy bo‗lmagan»;
4)
«bosma yoki qo‗lyozma holdagi»;
98
5)
«muqovalangan».
Sememada bir sema almashtirilishi bilan u butunlay boshqa
sememaga aylanib ketishi mumkin. Masalan, yuqoridagi «davriy
bo‗lmagan» semasini «davriy bo‗lgan» semasiga almashtirsak, u o‗z-
o‗zidan
jurnal
leksemasining sememasi bo‗lib qoladi.
Leksemaning sememasini aniqlashda u paradigmadoshi bilan
munosabatda tekshiriladi. Deylik,
Do'stlaringiz bilan baham: |