81
Aytilishi
To‘g‘ri yozilishi
uchchovi
uchovi
(vatan) hissi
(vatan) hisi
taqazo etmoq
taqozo etmoq
tadbiqchi
tatbiqchi
momilali
muomalali
tarbuzfurush
tarvuzfurush
kuchukbachcha
kuchukvachcha
kulguli
kulgili
Tarixiy-an’anaviy tamoyil
da
ko‗pgina so‗z va iboralarning nutqiy
vaziyat taqozosiga ko‗ra hozirgi talaffuz me‘yoriga mos kelmaydigan
tarixiy shaklida yozilishidir. Masalan, hozirgi o‗zbek tilida:
-buyruq-istak
maylining -
gin
shakli o‗rnida -
gil, -g„il
shakllari:
aytgil, urmagil;
-
gani
maqsad ravishdoshining -
gali, -kali, -qali, -g„ali
shakllari:
aytgali, kuydirg„ali
;
-dan
chiqish kelishigi o‗rnida
–din
shakli:
ayriliqdin;
-mi
yuklamasining -
mu
shakli:
kelarmu
;
-dir
kesimlik shaklining –
dur
ko‗rinishi:
Mavlono saroyga
qaytibdur
va h.
Farqlash tamoyili
nutqimizdagi shakli va talaffuzi bir-biriga
yaqin so‗z va morfemalarni yozuvda farqlashni talab etadigan yozuv
qoidasi. Masalan,
otli – otlik, to„nli – to„nlik, paltoli – paltolik,
yondosh – yondash, qism – qisim, rosa – raso, tanbur – tambur
va h.k.
Shakliy tamoyil
da
boshqa tillardan olingan so‗zlarni aynan o‗sha
tildagi kabi yozish nazarda tutiladi. O‗zbek tili leksikasida arab, fors-
tojik, rus, ingliz, fransuz tillaridan o‗zlashgan qator so‗zlar mavjudki,
ularning aksariyati o‗zlari mansub tildagi
etimologiyasi saqlab
qolingan holda yoziladi. Masalan,
muallim – ma:lim, maorif – mo:rif,
saodat – so:dat, Muhiddin – Mo„ydin, go„sht – go„sh, baxt – bax, fikr
– fikir, hukm – hukum, stol – ustal, stansiya – istansa, fleshkart–
fleshka
va h.k.
Orfografiyaning ko‗rib o‗tilgan yozuv qoidalaridan fonetik va
morfologik tamoyil o‗zbek tilidagi so‗z va qo‗shimcha
birikuvi
natijasidagi fonetik hodisalarni, tarixiy-an‘anaviy
va farqlash
tamoyillari ba‘zi so‗zni va
qo‗shimchani qanday yozishni
me‘yorlashtirsa, shakliy yozuv faqat boshqa tillardan o‗zlashgan
so‗zni qanday yozishni o‗rgatadi. Lekin ayni vaqtda ko‗rib o‗tilgan
82
yozuv qoidalari orasida o‗zaro bog‗liqlik mavjud,
ular bir-birini
to‗ldirish uchun xizmat qiladi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Grafika qanday ma‘noni anglatadi?
2.
Yozuvning
tilga
nisbatan
chegaralanganligini
qanday
izohlaysiz?
3.
Og‗zaki nutqning yozma nutqqa nisbatan qanday afzalligi bor?
4.
Yozuvning o‗ziga xos qanday xarakterli belgilari qaysilar?
5.
Nutq shakllarini izohlang.
6.
Yozuvning o‗ziga xos tarixiy ahamiyati nimada?
7.
O‗zbek xalqi qanday yozuvlardan foydalangan?
8.
O‗rxun-Yenisey yozuvi xususida nimalarni bilasiz?
9.
Qadimgi uyg‗ur yozuvi qaysi davrlarni o‗z ichiga oladi?
10.
Nima sababdan 1929-yildan o‗zbek yozuvi lotinlashtirildi?
11.
Bugungi o‗zbek imlosi qanday yozuv tamoyillariga tayanadi?
12.
Qanday eshitilsa, shunday yoziladigan tamoyilni sharhlang.
13.Morfologik yozuv qanday qoidaga bo‗ysunadi?
14.Tarixiy-an‘anaviy yozuv qoidalari qaysilar?
15.Farqlash tamoyili nima?
16.So‗zning asl etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish
qaysi tamoyilga xos?
Do'stlaringiz bilan baham: