Ma‟noviy omil
deganda so‗zlarning bog‗lanishi uchun muhim
sanalgan lug‗aviy ma‘nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi.
334
Lug‗aviy ma‘no ayon bo‗lib, so‗zning grammatik ma‘noviy
xususiyatiga biroz sharh berish lozim. So‗zlarning muayyan turkumga
xosligi keng ko‗lamli tushuncha, mustaqil so‗z turkumlari doirasida
narsa-predmet (ot), belgi (sifat), miqdor (son), harakat (fe‘l), holat
(ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik (olmoshlar) kabi turkumlik
ma‘nolarini qamrab oladi. Bu ma‘nolar so‗z turkumi (masalan, ot),
uning ichki bo‗linishlari (masalan, modda-ma‘dan oti, o‗rin-joy oti
kabi) bilan bog‗liq. Shuning uchun
tosh ko„prik
birikmasida (
tosh
)
so‗zining ot turkumiga mansubligi, modda-ashyo nomi ekanligi,
(
ko„prik
) so‗zining ma‘lum bir harakatning mahsuli bo‗lmish
predmetni ifodalashi,
so„rida yotmoq
birikmasida esa (
so„ri
) so‗zining
joy nomini atab kelishi, (
yotmoq
) fe‘lining o‗timsizligi kabilar
ma‘noviy omilni tashkil etadi.
Shakliy omil
deganda so‗zlarni bir-biriga bog‗lash uchun xizmat
qiladigan
aloqa-munosabat
(sintaktik)
shakllari
tushuniladi.
Morfologik shakl birikmadagi qaysi a‘zoni shakllantirishiga ko‗ra
ikkiga bo‗linadi:
1)
tobega xos (kelishik, sifatdosh, ravishdosh ko‗rsatkichi va
ko‗makchi);
2)
hokimga xos (egalik, nisbat, kesimlik ko‗rsatkichi).
Joylashuv omili
so‗zlarning erkin joylashuvi (1) va birikma
tarkibida jipslashuvidan (2) iborat.
O‗zbek tilining me‘yoriy nutqida tartib qat‘iy, tobe a‘zo oldin,
hokim keyin keladi.
Erkin joylashuv
deganda SBdagi tobe va hokim
a‘zoni bir-biridan ajratish, «uzish», ular orasiga boshqa bo‗laklarni
kiritish imkoniyati mavjudligi nazarda tutiladi. Masalan,
kecha
kelmoq, kitobni o„qimoq, shahrimizning ko„chalari
kabi SBda erkin
joylashuv imkoniyati bor, ularda tobe va hokim a‘zoni bir-biridan
ajratish, «uzish» (
Кecha uyga keldi, kitobni tez o„qidi, shahrimizning
keng ko„chalari
), hatto teskari joylashtirish (
kelmoq kecha, ko„chalari
shahrimizning
) mumkin.
Jipslashuv
deganda tobe va hokim a‘zoni bir-
biridan «uzish» mumkin emasligi tushuniladi. Bunga
tosh ko„prik,
oltin uzuk, Navoiy romani, kitob o„qimoq
birikmalarini misol qilib
keltirish mumkin. Masalan,
tosh ko„prik
birikmasidagi so‗zlarning
o‗rni almashtirilsa, birikma mohiyati o‗zgarib ketadi:
Кo„prik – tosh
.
Demak, bu so‗zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili
ustuvor ahamiyatga ega. Erkin joylashuv
J
omilining kuchsizligini,
jipslashuv esa kuchliligini bildiradi.
335
Har qanday SBda so‗zning mavjud imkoniyati yuzaga chiqadi.
Bunda har bir a‘zodagi mazkur (
Do'stlaringiz bilan baham: |