Har ikki qismi mustaqil holda ham ishlatiladigan juft otlar:
1.
Qismlari o‗zaro sinonim:
azob-uqubat, aysh-ishrat, dori-
darmon, baxt-saodat, zeb-ziynat, izzat-ikrom, izzat-hurmat, kayf-safo,
makr-hiyla, nasl-nasab, pand-o„git
.
2.
Qismlari o‗zaro antonim:
avra-astar, avlod-ajdod, achchiq-
chuchuk, bordi-keldi, bosh-oyoq, er-xotin, o„g„il-qiz, savol-javob,
salom-alik, qulf-kalit
.
3.
Qismlarining ma‘nosi yaqin:
ariq-zovur, baxt-taxt, baqir-
chaqir, boj-xiroj, bosh-ko„z, dev-pari, sovg„a-salom, o„q-dori, qovoq-
tumshuq, hisob-kitob, hol-jon, qo„y-qo„zi.
II.
Qismlaridan biri mustaqil holda ishlatilmaydigan juft
otlar:
aldam-quldam, bozor-o„char, bola-baqra, qo„ni-qo„shni, latta-
putta, yig„i-sig„i, maza-matra, mehmon-izmon, irim-sirim.
III.
Har ikki qismi ham mustaqil ishlatilmaydigan juft
otlar
:
adi-badi, ashqol-dashqol, zer-zabar, shikast-rext, ikir-chikir,
lash-lush, qalang„i-qasang„i, mirqinboy-shirqinboy, ya‟juj-ma‟juj.
241
54-
§. Otning morfologik belgilari va tasniflovchi kategoriyalari.
Ot morfologik o‗zgaruvchi so‗z sifatida o‗ziga xos morfologik
paradigmalarga ega. Son va subyektiv baho shakllari otning asosiy
tasniflovchi grammatik shakllari hisoblanadi.
Son kategoriyasi.
Otlarda ziddiyat holida bo‗lgan birlik va
ko‗plik ma‘nosi va bu ma‘noni ifodalovchi shakllar sistemasi
grammatik son kategoriyasini tashkil etadi.
Mantiqiy va grammatik sonni aralashtirmaslik kerak. Masalan,
jamlovchi ot (
xalq, qo„shin, poda, suruv
) mantiqan predmet jamini
bildiradi, lekin grammatik jihatdan birlikda deb qaraladi.
Son kategoriyasining ikki:
-lar
affiksi bilan yasaluvchi shakli va
shunga oppozitsiyada bo‗lgan nol ko‗rsatkichli shakli bor. Bulardan -
lar
affiksi otning ko‗plik shaklini yasaydi, birlik shakl esa nol
ko‗rsatkichli shakli.
-
lar
shaklining
ko‗plikni ifodalashi masalasida
barcha
tilshunoslar hamfikr. Ammo nol ko‗rsatkichli shakl masalasida har xil
qarash bor.
Кo‗pincha nol shakl faqat birlik ma‘nosining ifodalovchisi sifatida
qaraladi. Ba‘zilar esa u na ko‗plik, na birlik ifodalashini ta‘kidlab, bu
shaklning son kategoriyasi tarkibidagi o‗rniga shubha bilan qaraydi.
Zero, nol shakl miqdoriy grammatik ma‘no anglatishdan mahrum
ekan, unda -
lar
shakli bilan aynan bir xil qurshovda o‗rin almashishini
qanday tushunish kerak? Unda
Askar o„rab oldi o„ngdan-u so„ldan
(Mirt.) gapida mantiqan (
askarlar
) so‗zshakli ishlatilgan bo‗lar edi.
Demak, -
lar
va nol shakl – hozirgi o‗zbek tilida miqdor
anglatuvchi grammatik ko‗rsatkich. Bu ular sof miqdor anglatadi,
degani emas, albatta. Miqdor belgisi bu shakllarda kategorial ma‘no
bo‗lsa, unda sifatiy yondosh va boshqa hamroh ma‘no ham mavjud.
Quyida -
lar
shaklining OGMlarini sanaymiz:
«Кo‗plik» -
lar
shakli eng ko‗p ifodalaydigan ma‘no. Bunda -
lar
UGMsining kategorial ma‘nosi «ko‗plik» bo‗lsa, unga dialektik
yondosh bo‗lgan ma‘no – «miqdoriy noaniqlik» va «sifatiy
bo‗linuvchanlik». Ya‘ni grammatik ma‘no «bo‗linuvchan noaniq
ko„plik
». Demak, «ko‗plik» ma‘nosi ifodalanganda, albatta, o‗z-
o‗zidan «noaniqlik» va «bo‗linuvchanlik» ma‘nosi yuzaga chiqishi
shart. Bunga misol:
Bog„da shirin-shirin olma
lar
bor
. Olmaning
242
ko‗pligi ayon. Ammo uning nechtaligi noaniq va bu ko‗plik
bo‗linuvchan (olma+olma+olma...).
«Jamlik» ma‘nosi ba‘zan sezilar-sezilmas, ya‘ni bo‗linuvchanlik
xususiyatini saqlagan holda (a) yuzaga chiqsa, ayrim holda, xususan,
turg‗unlashib qolgan izofada (b) yaqqol yuzaga chiqadi: a)
kishilar
orzusi, qushlar bayrami
; b)
ishchilar sinfi, o„qituvchilar ro„znomasi,
kitoblar uyi.
-
lar
shaklining «bog‗liqlik yoki o‗xshashlikka asoslangan
ko‗plik»ni ifodalashi quyidagi misolda ko‗rinadi: 1.
Avaz
lar
ga g„isht
quyib berdim
(Avaz va u bilan bog‗liq oila a‘zolariga). 2.
Avvalgi
sarvigul
lar
o„qishni tugatishdi
(Sarvigulga o‗xshaganlar).
-
lar
ning miqdoriy va sifatiy belgisi ayrim holda unga makon va
zamon o‗lchovida taxminiylikni ifodalash imkonini beradi. Masalan,
1.
Adashmasam, uni urib burnini qonatganimda uch yosh
Do'stlaringiz bilan baham: |