O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

turk, turklar
, til esa 
turkiy 
deb nomlangan deb ayta olamiz. 
Yuqorida nomlari keltirilgan ijodkorlarning asarlari til xususiyati 
shundan dalolat berib turibdi. 
IX–XVI asrlarda bu turklar quyidagilarni: 
– o‗zlari bilan yonma-yon yashagan o‗g‗uz, uyg‗ur qavmini; 
–IX asrdan boshlab boy va obod, yuksak madaniyatli o‗lkaga 
ko‗plab ko‗chib kelgan va o‗troqlashgan arablarni; 
–XI–XIV asrlarda Chingiz, Botu, Chig‗atoy, Jo‗ji kabi mo‗g‗ul 
sarkardalari qo‗shini tarkibida kelgan har xil mo‗g‗ul va o‗sha davr 
Janubiy, Sharqiy 
Sibir, 
Shimoliy 
Xitoy (Mochin), hozirgi 
Mo‗g‗uliston, Oltoy mintaqalarida yashagan qirg‗iz va uyg‗ur 
toifalariga mansub turkiy urug‗ va qavmlarni; 
–XIV–XV asrlarda eronzamin, arabzamin, Rum (Sharqiy Rim 
imperiyasi, Vizantiya – hozirgi Turkiyaning Anadolusi), Кavkaz, 
Volgabo‗yi o‗lkalaridan ko‗chirib keltirilgan turkiy va noturkiy elatlar 
vakillarini– 
o‗z tarkibiga singdirib, umumiy holda ularning barchasini (o‗zini ham, 
tilini ham) shu nom (
turklar
~
turkiy
) bilan atab keldi. 
Mir Alisher Navoiy ham bu xalq va tilni 
turklar 
va 
turkiy 
deb 
ataydi, shuningdek, u turli qavm va urug‗larga bo‗linishidan qat‘i 
nazar, til(jumladan, adabiy til) va madaniyat jihatidan ularni bir deb 
biladi. Bu xususda shunday yozadi: 
Agar bir qavm, va gar yuz, yo„qsa, mingdur– 
Muqarrar turk ulusi xud meningdur. 
Olibmen taxti farmonimg„a oson 
Cherik tortmay Xitodin to Xuroson. 
Кo„ngul bermish so„zimga turk jon ham, 
Na yolg„iz turk, balkim turkmon ham. 
 
Turk nazmida chu tortib men alam, 
Ayladim ul mamlakatni yakqalam. 
(«Farhod va Shirin»dan) 
(«Lisonut tayr»dan) 



Va, hatto, «turk sortdin tezfahmroqdur» («Muhokamatul 
lug‗atayn») deb ham yozadi. 
Turk 
so‗zi turkiy tillar(jumladan, o‗zbek tili)da – keng va tor 
ma‘noga ega. Кeng ma‘noda o‗z ichida bir necha ichki guruhlarga 
bo‗linadigan, o‗zaro qarindosh (kelib chiqishi, leksik va grammatik 
vositalari bilan o‗zaro o‗xshash bo‗lgan) tillar (turkiy tillar shaklida), 
shuningdek, shu tillarda so‗zlovchi xalq va ular ajdodlarining 
umumiy, barchasi uchun xos bo‗lgan nomi sifatida qo‗llaniladi. 
Tarixiy manbalar va hozirgi ilmiy adabiyotlarda turkiy tillarning 
o‗zaro yaqinlik darajasiga ko‗ra ikki tarmog‗i – 1) G‗arbiy xun, 2) 
Sharqiy xun tarmoqlari, har bir tarmoqning bir necha guruhi ajratiladi. 
Turkiy tillarning G‗arbiy xun tarmog‗i quyidagi asosiy ichki 
guruhlarga bo‗linadi: 
1)
qarluq guruhi (hozirgi o‗zbek, uyg‗ur tillari); 
2)
qipchoq guruhi (qoraqalpoq, qozoq, tatar, boshqird, no‗g‗oy 
tillari); 
3)
o‗g‗uz guruhi (turkman, ozarbayjon, turk, Turkiya turkchasi, 
gagauz tillari); 
4)
bulg‗or guruhi (chuvash tili) guruhlardan iborat. 
Sharqiy xun tarmog‗i esa quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
a)
uyg‗ur-o‗g‗uz guruhi (qadimgi turkiy til, yoqut, xakas, tuva tili, 
to‗falar tili); 
b)
qirg‗iz-qipchoq guruhi (qirg‗iz, oltoy tillari). 
Turk 
so‗zi keng ma‘noda yuqorida sanab o‗tilgan tillar va 
xalqlarning umumiy nomi sifatida qo‗llaniladi va turkiy til hamda 
xalqlarni noturkiy (chunonchi, arab, fors, tojik, mo‗g‗ul, slavyan va 
b.) til va xalqlardan ajratadi. 
Tor ma‘noda 
turk 
so‗zining ma‘nosi ishlatilish o‗rni (hududi) va 
davri bilan uzviy bog‗liq. Jumladan, Mahmud Кoshg‗ariy 
X- 
XII asrlarda 
turk 
so‗zini tor ma‘noda – «qoraxoniylar davlatida 
yetakchi mavqega ega bo‗lgan, boshqa yondosh turkiyzabonlardan 
(o‗g‗uz, turkman, uyg‗ur, qipchoqlardan) til jihatidan ma‘lum darajada 
farqlangan toifa» ma‘nosida qo‗llaydi. Alisher Navoiyda keltirilgan 
parchada 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish