O‗zbekiston respublikasi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan qayta



Download 3,13 Mb.
bet104/219
Sana01.06.2022
Hajmi3,13 Mb.
#624626
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   219
Bog'liq
Pul va banklar MAVZULAR

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan qayta


moliyalashtirish stavkasi foizlari98

Amal qilish muddati

Foiz

01. 01. 2015 dan hozirgacha

9 %

01. 01. 2014 dan 31. 12. 2014 gacha

10 %

01. 01. 2011 dan 31. 12. 2013 gacha

12 %

15. 07. 2006 dan 31. 12. 2010 gacha

14 %

21. 12. 2004 dan 14. 07. 2006 gacha

16 %

05. 07. 2004 dan 20. 12. 2004 gacha

18 %

10. 09. 2003 dan 04. 07. 2004 gacha

20 %

16. 07. 2003 dan 09. 09. 2003 gacha

24 %

01. 01. 2002 dan 15. 07. 2003 gacha

30 %

01. 07. 2000 dan 31. 12. 2001 gacha

24 %

01. 06. 2000 dan 30. 06. 2000 gacha

27,6 %

01. 05. 2000 dan 31. 05. 2000 gacha

28,8 %

01. 04. 2000 dan 30. 04. 2000 gacha

30 %

01. 01. 1998 dan 31. 03. 2000 gacha

36 %

01. 11. 1997 dan 31. 12. 1997 gacha

30 %

01. 01. 1997 dan 31. 10. 1997 gacha

39,6 %

01. 08. 1996 dan 01. 12. 1996 gacha

48 %

01. 07. 1996 dan 31. 07. 1996 gacha

60 %

01. 08. 1995 dan 30 . 06. 1996 gacha

84 %

01. 07. 1995 dan 31. 07. 1995 gacha

120 %

20. 03.1995 dan 30. 06. 1995 gacha

300 %

01. 02. 1995 dan 19. 03. 1995 gacha

250 %

01. 10. 1994 dan 31. 01. 1995 gacha

225 %

02. 05. 1994 dan 30. 09. 1994 gacha

150 %

Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan qayta moliyalashtirish stavkasi mustaqilligimmizning dastlabki yillarida barcha o‘tish davridagi davlatlar kabi mamlakatda yuz bergan katta inflatsiya sabali yuqori stavkalarda belgilanishiga sabab bo‘lgan. Ma‘lumotlardan shunday fikrga kelish mumkinki yillar o‘tgan sari iqtisodiyotimizdagi kamchiliklar tobora bartaraf etib borilgani barcha sohalardagi tub islohotlar samarasi o‘laroq vujudga kelgan rivojlanishlar tufayli bu stavkaham




98 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti www.cbu.uzma‘lumotlari asosida tayyorlandi
tobora ijobiy tomonga pasaytirib borilgan va 2015 – yil 1 – yanvardan 9 % etib belgilangan. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarish hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish maqsadlariga yo'naltirildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasining va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta moliyalash stavkasi 2015- yilning 1-yanvaridan yillik 10 foizdan 9 foizga tushirildi va yil davomida o'zgartirilmagan holda saqlab turildi. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish maqsadida keng foydalanildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2012- yilda yillik 12 foiz miqdorida saqlab qolindi. Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo'lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta'minlashga xizmatqildi.
2016- yilda ham inflyatsiya darajasi 2015- yildagi kabi 5,5-6,5 foiz doirasida prognoz qilinayotganligini hisobga olib, qayta moliyalash stavkasini 9 foiz darajasida qoldirish ko'zda tutilmoqda. Qayta moliyalash stavkasining 9 foiz darajasida saqlab qolinishi inflyatsiya darajasini belgilanayotgan prognoz ko'rsatkichlari doirasida bo'lishini ta'minlashga qaratilgan qat'iy pul-kredit siyosatini yuritish uchun qulay sharoit yaratadi. O'z navbatida, Markaziy bank, zarur hollarda, tijorat banklaridan xorijiy valyutalarni (AQSh dollari, evro, yapon ienasi va funt sterling) belgilangan muddat va almashinuv kursida qayta sotish sharti bilan, sotib olish (SVOP operatsiyalari) yoki xorijiy valyutalarni garovga olgan tarzda qayta moliyalash kreditlarini berish operatsiyalarini amalga oshirib boradi.99 Respublikamiz tijorat banklarining yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlarga qilgan investitsiyalarining miqdori darajasining juda past ekanligi Markaziy bankning lombard kreditlari hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini bermayapdi. Ko‗pchilik xorijiy davlatlarda, shu jumladan,o‗tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‗pchiligida yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlarga qilingan investitsiyalar tijorat banklari aktivlarining umumiy miqdorida sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Demak, hozirgi davrda, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash siyosati doirasida amalga oshiriladigan diskont operatsiyalarining mavjud emasligi, lombard operatsiyalarining esa rivojlanmaganligi, bizning fikrimizcha, qisqa muddatli davriy oraliqlarda, Markaziy bankning tijorat banklariga beriladigan muddatli kreditlarining hajmini oshirish yo‗li bilan milliy ssuda kapitallari bozoridagi resurslar taklifiga va kreditlarning o‗rtacha bozor darajasiga ta‘sir etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Markazlashgan kreditlarningrespublikamiz




99 2016 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2017 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari
tijorat banklarikredit resurslarining umumiy hajmida juda kichik salmoqqa ega ekanligi, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont siyosatining mavjud emasligi va uning lombard operatsiyalarining rivojlanmaganligi Markaziy bankning qayta moliyalash siyosatini takomillashmaganligidan, uningmuomaladagi pul massasinitartibgasolishdagi ahamiyatining past ekanligidan dalolat beradi. Mening fikrimcha, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bank i tijorat banklarinikreditlashhajmini oshirish yo‗li bilanbank kreditlarining foiz stavkalarining darajasiga real ta‘sir etishi va shu asosda ularning kreditlariga bo‗lgan talabni rag‗batlantirishi hamda tijorat banklarining joriy likvidlilik darajasini sezilarli darajada oshirishi lozim. Bu esa, pirovard natijada, so‗mning o‗rta va o‗zoq muddatli davriy oraliqlarda barqarorligini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan iqtisodiy muhitni yuzaga keltiradi. Ushbu o‗rinda tabiiy bir savol tug‗ilishi mumkin, ya‘ni Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali tijorat banklarining kredit emissiyasini rag‗batlantirilishi muomaladagi pul massasining keskin oshishiga va shuning asosida inflyasiyani kuchayishiga olib kelmaydimi, degan savol tug‗ilishi mumkin. Chunki buyuk M. Fridmenning pul-kredit konsepsiyasidagi muhim qoidalardan biri - tijorat banklarining kredit emissiyasini keskin oshishi muomaladagi pul massasining oshishiga va shuning asosida inflyasiyaning kuchayishiga olib keladi, degan qoida hisoblanadi. Ammo bizningfikrimizcha,
M. Fridmenning ushbu qoidasi O‗zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi davrida o‗z isbotini topmaydi. Buning sababi shundaki, hozirgi davrda, respublikamizda milliy iqtisodiyotning bank kreditlari bilan ta‘minlanish darajasi nisbatan judapast.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish