mavzu. Pul tizimi: mazmuni, turlari vaelementlari
REJA:
Pul tizimi va uningmazmuni.
Pul tiziminingelementlari.
Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish prinsiplari.
Pul tizimi shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm;
monometallizm; qog‘oz va kredit pullari tizimi.
Xitoy pultizimi.
Yevropa Valyuta Ittifoqi tashkil topishi, hamda yevroning muomalaga kiritilishi.
Pul tizimi va uningmazmuni.
Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo‘llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir.
Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag‘lari iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pul mablag‘larining ikki turi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimifarqlanadi.
Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita muomalada bo‘lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funksiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan.
Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o‘tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida quyidagicha xillar ajratib ko‘rsatiladi:
parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o‘rtasidagi o‘zaronisbat
bozorda stixiyali ravishda belgilanadi;
qo‘shaloq valyuta tizimi – ikki metall o‘rtasidagi o‘zaro nisbat davlat tomonidan ushbu metallarga bo‘lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarabbelgilanadi;
nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo‘ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo‘lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlarkiritadi.
Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmdaham
ayrim o‘zgarishlar yuz berdi:
oltin tangali standart – to‘laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilanhisoblanadi;
oltin yombili standart – oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalgaoshiriladi;
oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalgaoshiriladi.
Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o‘rtasida valyuta munosabatlarini tashkil
etish shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan
shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub‘ektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko‘rinishi farqlanadi, ya‘ni
milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |