Qimmatli qog„ozlar bozorining pasayishi va firmalarning bankrotlikka
uchrashi noaniqliklarni kuchaytirdi. Keyinchalik Koreya iqtisodiyotining eksportnarxlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatgan silkinishni boshdan kechirishi chebollar va ularga biriktirilgan kichik hamdao‗rtahajmdagifirmalarningallaqachonkamayganfoydamarjasiniyanada pasayishini keltirib chiqardi. 1997-yil 23-yanvarda ikkinchi marotaba muhim silkinishsodirbo‗lishimoliyaviytizimuchunkattanoaniqliklarnikeltiribchiqardi: Hanbo, o‗n to‗rtinchi o‗rindagi yirik chebol o‗zini bankrot sifatida e‘lon qildi. Xaqiqatan, Hanboning bankrot deb e‘lon qilinishi faqatgina boshlanishi edi xolos. Yil tugashidan oldin o‗ttizta eng yirik chebolning beshtasi bankrot sifatida e‘lon qilindi. Ushbu bankrotliklar va moliyaviy hamda nomoliyaviy balanslar holatining yomonlashuvi natijasida yaratilgan katta noaniqliklar natijasida katta miqdorda noaniqliklar yuzaga keldi. Noaniqliklar bevosita qimmatli qog‗ozlar bozorini o‗ziningcho‗qqisidan50%danortiqmiqdordakeskinpasayishinikeltiribchiqardi.
Tanlovning yomonlashuvi va psixologik risk muammosini chuqurlashishi hamda yalpi talabning pasayishi.
Ko‗rganimizdek, noaniqlikni oshishi va sof qiymatning pasayishiqimmatli qog‗ozlar bozori faoliyatini pasayishi natijasida yuzaga kelib, assimetrik ma‘lumotlar muammosini yanada murakkablashtirdi. YOmon qarz oluvchilardan yaxshi qarz oluvchilarni ajratib olishni qiyinlashtirdi. Sof qiymatning pasayishi firmalarning ta‘minot qiymatini pasaytirdi.SHu bilan bir qatorda investitsion loyiha muvaffaqqiyatsizlikka uchrasa, yo‗qotiladigan kapitalning miqdori kamligi boisriskli investitsion faoliyatni amalga oshirishni qo‗llabquvvatlandi.Inqirozdan oldin sodir bo‗lgan noaniqlikning oshishi va qimmatli qog‗ozlar bozorining pasayishi bilan bir qatorda banklarning balansini holatiniog‗irlashishi tanlovning yomonlashishi va psixologik riskni muammosini murakkablashtirdi. Natijada banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar hajmi pasaydi va iqtisodiyotga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Iqtisodiyotning kuchsizlanishi bilan bir qatorda bank balansi holatining yomonlashuvi Janubiy Koreya iqtisodiyotini keyingi bosqich, ya‘ni valyuta inqirozini yuzaga kelishini ta‘minladi. Valyuta inqirozi iqtisodiyotni to‗liq masshtabli moliyaviy inqiroz va depressiyaholatiga tushirib qo‗ydi. (7-rasm)