Banklarda leverajning oshishi: aktivlarning kapitalga nisbati koeffitsienti
Banklarning nomi
|
2005 yil
|
2007 yil
|
Bear Steams
|
26
|
33
|
Morgan Stanley
|
31
|
33
|
Lehman Brothers
|
25
|
31
|
Merrill Lynch
|
18
|
28
|
Goldman Sachs
|
25
|
27
|
Shuningdek, yuzaga kelgan qulay vaziyat bank aktivlarining kapital bilan ta‘minlanishi ko‗rsatkichining yomonlashuviga, ya‘ni leveraj koeffitsientining oshishiga olib keldi.
Quyidagi jadval ma‘lumotlarining ko‗rsatishicha, 2008- yilda dunyoning barcha asosiy fond indekslari 2007 -yilga nisbatan keskin pasaygan. Ayniqsa,2008
-yilning 15 -sentyabriga kelib AQSHning yirik investitsiya banki Lehman Brothers bankrot deb e‘lon qilingach, jahon fond bozorlarida aksiyalarni yoppasiga sotish avj oldi. 15 -sentyabr savdolarida Rossiyaning RTS (RTS) indeksi 4,8 foizga tushgani holda, MMVB indeksi (Moskva banklararo valyuta birjasi indeksi) 6,2 foizga pasaydi. Agar 2008 -yilning 15- sentyabr kuni indeksning keskin tushishi natijasida Moskva banklararo valyuta birjasida bir qator qimmatli qog‗ozlar
bo‗yichasavdolarto‗xtzdilganbo‗lsa,16sentyabrkunio‗ndanortiqyuqorilikvidli qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha savdolar amalga oshirilmadi. SHunday qilib, birgina 15 - 16 sentyabr kunlari MMVB indeksi 23 foizga, RTS esa 21 foizga pasaydi. 2008 -yilning 6 -oktyabriga kelib esa RTSning pasayishi rekord natijani qayd etdi, ya‘ni bir kunlik pasayish 19,1 %ni tashkil qildi. Umuman olganda, Rossiyaning RTS indeksi 2008 -yilning oxiriga kelib 632 punktni tashkil etib, 2007 -yilga nisbatan 1659 punktga, boshqacharoq aytganda, 72,4 foizga tushib ketgan. Taqqoslash uchun keltiramiz: bu davrda AQSHda S&R 500 38,5 foizga; YAponiyaning Nikkei 225 indeksi 42,1 foizga; Braziliyaning Vovespa indeksi 41,2 foizgapasaygan.
Tadqiqotnatijalarigaasoslanib,dunyomamlakatlarini inqirozdanqutqarish
choratadbirlarini quyidagi asosiy to‗rt guruhga ajratish mumkin:
banklarning qarz majburiyatlari bo‗yicha davlat kafolatiniberish;
moliya muassasalarini qaytakapitallashtirish;
muammoli aktivlarni xaridqilish;
iqtisodiy talabnirag‗batlantirish.
G‗arb davlatlarining inqirozga qarshi choralar dasturlarida ajratilishi ko‗zda tutilgan mablag‗lar tarkibida banklarning qarz majburiyatlari bo‗yicha davlat kafolatini berish eng yuqori salmoqni egallagan (qariyb 49%). Umuman olganda, 2008 -yilning dekabr oyiga kelib jahon moliyaviy inqirozini bartaraf etish uchun dunyo mamlakatlari qutqaruv choralari va moliyaviy ko‗maklar uchun sezilarli miqdordapulmablag‗lariniajratdilar.Tahlillarimizningko‗rsatishicha,inqirozning oqibatlarini yumshatish uchun ajratilgan mablag‗larning YAIMga nisbati ko‗rsatkichi Islandiya, BAA, Vengriya, Rossiya va Buyuk Britaniya davlatlarida sezilarli darajada yuqori bo‗lgan. Biroq bu ko‗rsatkich yuqoridagi davlatlarning ajratilgan moliyaviy mablag‗larning mutloq miqdori jihatidan etakchiligini anglatmaydi. Chunki YAIM hajmi jihatidan etakchilar ro‗yxati yuqorida qayd etilgan davlatlar bilanboshlanmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |