Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchime‘zonlar.
Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi xususiyatlar.
Markaziy bank mustaqilligitushunchasi.
I qtisodiy adabiyotda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Massachusets texnologiya universiteti professori Stenli Fisherning fikriga ko'ra, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud:
instrumentlarni tanlashdagimustaqillik
maqsadlarni tanlashdagimustaqillik
1991-yilda V. Grilli fanga Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi
tushunchasinikiritdi.Uningfikrigako'ra,Markaziybankningsiyosiymustaqilligi
bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonini hukumatdan mustaqilligidir. Ammo hozirgi davrda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi nafaqat Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonidagi mustaqillikni, balki pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqillikni ham o'z ichigaoladi.
Ko'pchilik iqtisodchi olimlar– (Maskiandaro, Tabellini, Sukerman, Eyffinger, Shennaev va boshq.) tomonidan Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligini mavjudligi e'tirof etilgan. Markaziy bankning iqtisodiymustaqilligi
bu Markaziy bankning o'z ixtiyoridagi mablag'lar va instrumentlardan foydalanishda hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridanmustaqilligidir.
Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar:
Sukerman indeksi;
GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar tomonidan asos solingan)indeksi;
Eyffinger–Shalingindeksi;
Sukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bo'lingan 16 ta ko'rsatkichlarni o'zida mujassamlashtiradi. Kadrlar siyosatini mustaqilligi pul- kredit siyosatini ishlab chiqish Uning maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chegaralash. Har bir 16 ta ko'rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi mumkin. GMT indeksi 2 qismdan iborat bo'lib, MBning siyosiy va iqtisodiy mustaqilliligini belgilaydi. Har bir qism o'zida indekslarni aks ettirib faqat 2 ta ko'rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda GMT indeksi MBning mustaqililigini baholash uchun ko'plab ishlatilayotgan indeksdir, chunki uni hisoblash uchun etarli ma'lumotlarni olish mumkin bo'ladi
GMT indeksi doirasida MB siyosiy mustaqilligini baholashning asosiy
me‘zonlari quyidagilar:
MB qonunchilikka asosan asosiy maqsadlardan biri sifatida narxlar darajasini barqarorlashtirishga harakat qilishishart;
MB bilan hukumat o'rtasida muamolarni hal qiluvchi qonunchilik normalarinimavjudligi.
Eyffinger–Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi:
MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagimustaqilligi;
MB boshqaruv organlarida hukumat organlariningmavjudligi;
Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a'zolarining ulushi;
Bu indeks qanchalik shartlarni bajarilishiga ko'ra 1 dan 5 gacha baholanadi. Hozirgi vaqtda MB siyosiy mustaqilligi MB boshqaruvini tayinlash jarayonining qonun bilan boshqarilishidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda MBning boshqaruvini tanlash va ularning vakolat muddatlarini qisqartirishga hukumat doimiyaralashmoqda.Bankboshqaruvidahukumatvakillariningko'pinchaishtirok etishi. Hukumat bilan munozaralarda MBning qonuniy himoyasining chegaralanganligi.
MB raisi yoki Prezidentlarini tayinlash. U quyidagicha amalga oshirilishi mumkin. MB rahbarlarini tayinlashda:
parlament, Bankboshqaruvi;
qonunchilikhokimiyati;
ijro etuvchi va qonunchilik hokimiyatibirgalikda;
bir-ikki ijro jetuvchi hokimiyat vakillari(hukumat rahbar va/yoki moliya vazirliginingishtiroki)
Xalqaro amaliyotda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini baholashda GMT indeksidan keng foydalaniladi. Ushbu indeksning nomi uni birinchi bo'lib taklif etgan olimlarning familiyalarini bosh harfidan kelib chiqqan.
Grilli
Maskiandaro
Tabellini
GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta me‘zon
bo'yicha baholanadi:
Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiztayinlanadi.
Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatgatayinlanadi.
Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a'zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi.
Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiqboshqaradi.
Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining majburiy ishtirokiga zaruriyatyo'q.
Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomonidan ma'qullanish zaruriyatiningyo'qligi.
Markaziy bankda qonun bo'yicha ustuvor maqsadlardan biri sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta'minlash majburiyati bo'lishikerak.
Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me'yorlarining mavjudligi.
Hozirgi davrda dunyo bo'yicha siyosiy mustaqillik darajasi eng yuqori bo'lgan Markaziy bank – bu Yevropa Markaziy bankidir (YeMB).
YeMB Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlariga va evrohudud hukumatlariga umuman bo'ysunmaydi.
YeMB baholar barqarorligiga javobberadi.
YeMBning vakolatlarini qonunchilik asosida o'zgartirilishi mumkinemas.
YeMBning vakolatlari faqatgina Maastrixt shartnomasini qayta ko'rib chiqish natijasida o'zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab jarayon bo'lib, barcha ishtirokchilarning roziligini olishni talab etadi.
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi mamlakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o'rin tutadi. Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan so'nggilari sifatida―The New Index for Central Bank Independence‖ reytingli baholash ko'rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu ko'rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy me‘zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko'rsatkichlariga yaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.
GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi 7 ta me‘zon
bo'yicha baholanadi:
Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining mavjudemasligi.
Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalaridaberiladi.
Markaziy bank kreditlari Hukumatga ma'lum muddatgaberiladi.
Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdordaberiladi.
Markaziy bank davlat qimmatli qog'ozlarining birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi.
Markaziy bank davlat qimmatli qog'ozlarining birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi.
Markaziy bank o'zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat bilan kelishmasdan,o'rnatadi.
Markaziy bank bank sektorini nazorat qilish yuzasidan javobgardir. (Bu holatda GMT indeksi asosida MB ga 2 ball o'zlashtiriladi yoki boshqa davlat organi bilan birgalikda amalga oshirilsa 1 ballqo'yiladi).