2. Konstruktiv xavfsizlikga qo`yiladigan zamonaviy talablar. Transport vositalarini konstruktiv xavfsizlik turlari
2. Konstruktiv xavfsizlikga qo`yiladigan zamonaviy talablar. Transport vositalarini konstruktiv xavfsizlik turlari
Konstruktiv xavfsizlik - bu transport vositalarining ishlash jarayonida atrof-muhitga, harakat qatnashchilariga zarar etkazishni yo`qotish, shuningdek, YTH og`irlik darajasini pasaytirish qobiliyati.
Transport vositalarining konstruktiv xavfsizligi faol, sust, halokatdan keyingi va ekologik xavfsizliklarga bo`linadi. Transport vositalarining xavfsizliklari tarkibi 5.1-rasmda ko`rsatilgan.
Faol xavfsizlik - transport vositasining yo`l-transport hodisasining oldini olish (uning vujudga kelish ehtimolini kamaytirish) xususiyatlaridir. Faol xavfsizlik haydovchi transport vositasining (YTH boshlang`ich davriga to`g`ri keladi) harakatlanish tavsifini o`zgartirishga qodir bo`lgan davrda vujudga keladi.
Sust xavfsizlik - transport vositasining YTH oqibatlari og`irliklarini kamaytiruvchi xususiyatidir. Sust xavfsizlik haydovchi xavfsizlik tadbirlarini ko`rishiga qaramasdan avtomobilning harakatlanish tavsifini o`zgartira olmaydigan va falokatni bartaraf qila olmaydigan (YTH kulminatsion davri) davrda vujudga keladi.
Sust xavfsizlik ichki va tashqilarga bo`linadi. Ichki sust xavfsizlik transport vositasining uning ichidagi haydovchi va yo`lovchilarning shikastlanmasliklari bo`yicha xavfsizliklarini oshirish va hayotlarini saqlab qolish hamda yuklarni saqlashni ta’minlash bo`yicha konstruktiv xususiyatini belgilaydi. Tashqi sust xavfsizlik harakatlanishning boshqa qatnashchilari uchun YTH oqibatlari og`irliklarini kamaytirish qobiliyatidir.

Halokatdan keyingi xavfsizlik - transport vositasining YTH to`xtagandan keyin (YTH so`nggi yakuniy davri) uning oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish xususiyatidir (ya’ni avtomobilning yonib ketishi, harakatlanishning boshqa qatnashchilarini urib yuborishi va h.k.).
Ekologik xavfsizlik - transport vositasining normal foydalanish jarayonida atrof-muhitga va harakatlanishning qatnashchilariga salbiy ta’siri darajasini kamaytiruvchi xususiyatlari. Ekologik xavfsizlik yuqoridagi faqat YTH da yuzaga keladigan uch turdagi xavfsizlikdan farqli ravishda, transport vositasining kundalik ishi davomida namoyon bo`ladi.