O„zbekiston respublikasi


Valyuta operatsiyalari, kassa bitimi va muddatli bitimlar



Download 0,62 Mb.
bet96/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Valyuta operatsiyalari, kassa bitimi va muddatli bitimlar


Valyuta birjalarida har kuni ko‗plab valyuta bitimlari amalga oshiriladi.
Valyuta bitimlari bu — belgilangan sanada shartnoma kursi bo‗yicha bitta valyutadagi qimmatli qog‗ozlarni boshqa valyutadagi qimmatli qog‗ozlarga ayirboshlash bo‗yicha operatsiyalardir.
Valyuta operatsiyalari quyidagi turlarga taqsimlanadi:
kassa yoki naqd operatsiyalar («spot» bitimlari), bunda xaridor sotuvchidan xorijiy valyutani (xorijiy valyutadagi to‗lov hujjatlarini) milliy valyutada to‗lov amalga oshirilgandan so‗ng darhol oladi yoki bunda chet elga to‗lovlar uning buyrug‗i bo‗yicha telegraf o‗tkazmasi orqali 2 kundan kechikmagan holda o‗tkaziladi;
muddatli operatsiyalar (forvard bitimlar), bunda xorijiy valyutaning oldindan belgilangan muddatda bu muddatning yakunida bitim tuzilgan paytdagi qayd qilingan kurs bo‗yicha oldi-sotdisi amalga oshiriladi;
«svop» operatsiyalari, ular ikki xil – naqd va muddatli bitimlarni birlashtiradi;
arbitraj operatsiyalari, bunda bitim qatnashchilari foyda olish maqsadida turli valyuta bozorlarida valyuta kurslaridagi farqlardan foydalanadi.
Kassa bitimi bu – bugungi kun narxlarida amalga oshiriladigan bitim, bu erda bitta valyuta ikki kunlik muddat ichida boshqa valyutaani sotib oilsh uchun foydalaniladi. Kassa bitimlarida foydalaniladigan kurs kassa kursi deb ataladi. U bank ekranlarida va gazetalarda ko‗rsatiladi.
Yana bir nechta umum qabul qilingan atamalar mavjud, masalan, «uzoq muddatli», «qisqa muddatli», «hisob-kitob» muddati va «to‗lov muddati».
Xorijiy valyutada savdoni amalga oshiradigan bank makleri (yoki korporatsiya mijozi) bitimlarning natijalarini doimiy kuzatib borib, vaziyatga qarab o‗z xulq- atvoriga tuzatishlar kiritadi. Maklerning (diler) holati netto asosida turli to‗lov vositalaridan qat‘i nazar turli valyutalar holatini aks ettiradi. Odatda u AQSH dollarida ifodalanadi.
Masalan, agar makler (diler) AQSH dollari (funt) bilan ish qiladigan va kunni 5 mln. AQSH dollaridan boshlaydigan bo‗lsa, u AQSH dollarini oshirishga o‗ynaydi deb hisoblanadi. Agar mijoz maklerdan 10 mln. dollar sotib olishni so‗rasa va makler sotsa, bunda makler endi 5 mln. dollar pasaytirishga o‗ynaydi. Albatta, mijoz amerika dollari uchun funt sterlingda to‗laydi, shuning uchun makler endi funtni oshirishga ham o‗ynaydi. Agar makler o‗zining qisqa muddatli 5 mln. dollari bilan qoniqmasa (u amerika dollari yaqin vaqtda narxda o‗sadi deb hisoblashi mumkin), u yo‗qotishlarning oldini olish uchun banklararo bozorda 5 mln. dollar sotib olib, o‗z pozitsiyasini «mustahkamlashi» mumkin.
To‗lov muddati bu – valyuta shartnomasi bo‗yicha to‗lovlar kuni, ya‘ni pullarni haqiqatda ayirboshlash ro‗y beradigan kun. Kassa bitimlari uchun to‗lov muddati 2 kun belgilangan.
Bunday bitimlarda eng katta potensial risk shundaki, bitimda qatnashuvchi tomonlarda biri bitim shartlarini vaqtida bajara olmaydi yoki noto‗g‗ri summa kursatilgan bo‗ladi. SHuningdek, bitim haqida kelishib olish va amalda yakunlash o‗rtasidagi vaqtda bitim qatnashchilaridan birining kasodga uchrash riski ham bor. Bitimning boshqa qatnashchisi, ehtimol, yangi hamkor bilan bitim tuxishga majbur
bo‗ladi va vaqt o‗tishi bilan valyuta kursining o‗zgarishi yangi risklariga uchrayshi mumkin bo‗ladi.
SHunday bo‗lishi mumkinki, bitta valyuta boshqa valyutaga nisbatan bir necha bir necha soat ilgari yetkazib berilishi mumkin. Bu sotish uchun valyuta yetkazib bergan hamkor kasod bo‗lgan bitim qatnashchisidan to‗lovni ololmaslik riskini vujudga keltiradi.
Muddatli bitimlar bo‗yicha shartnomalar 1860-yillarda paydo bo‗lgan. AQSHning g‗arbiy va markaziy qismidagi fermerlar don hosilining bir qismini CHikago bozoriga kuzda yetkazib berishlariga to‗g‗i kelgan, bunda ular don sotuvchilardan optimal narx olishga intilganlar. Tabiiyki, mahsulot ortiqcha yetkazib berilgan paytlarda narx keskin pasaygan va fermerlar etishtirlgan don uchun biron-bir ma‘qul keladigan narx ololmasdan, uni Michigan ko‗liga to‗kib yuborishga majbur bo‗lgan. Keyingi bahorda ta‘minot qisqargan, bug‗doy narxi esa o‗sgan.
Barqaror va foydaliroq savdo sharoitlari yaratish uchun CHikagolik saavdogarlar guruhi 1848-yilda CHikago savdo palatasini (hozirda Chicago Board of Trade, CBOT) tashkil qildi, hozirgacha dunyodagi muddatli bitimlarning eng yirik birjasi bo‗lib kelayotgan CBOT dastlab faqat muddatli shartnomalar, ya‘ni ta‘minot kam bo‗lgan paytda yilning kechroq paytdia shartnoma narxlarida bug‗doy yetkazib berish shartnomalari tuzish bilan shug‗ullangan. Biroq 1860-yilga kelib mahsulot yetkazib berish sanalari, sifati va hajmi standartlashtirilgan, bu savdogarlarga bir-biri bilan bug‗doyni keyinroq etkzaib berish masalalarini erkin hal qilish imkonini bergan va zamonaviy muddatli bitimlarga asos solgan.

      1. Download 0,62 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish