O„zbekiston respublikasi


Fond birjasi va uni asosiy vazifalari va faoliyat sohasi



Download 0,62 Mb.
bet89/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Fond birjasi va uni asosiy vazifalari va faoliyat sohasi


O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‗ra fond birjasi – bu qimmatli qog‗ozlar bir maromda muomalada bo‗lishining zarur shart – sharoitini ta‘minlash, ularning bozor bahosini (qimmatli qog‗ozlar talab va taklifi o‗rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni) belgilash va ularga doir ma‘lumotlarni keragicha tarqatish, qimmatli qog‗ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish faoliyatining alohida sohasi bo‗lgan tashkilotdir.
Fond birjasi qimmatli qog‗ozlar bilan birja faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga ega bo‗lishi kerak. Fond birjalarining muassislari bo‗lib qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‗lgan yuridik va jis moniy shaxslar qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, ularning xodimlari va mutaxassislari birjalarning muassislari sifatida ishtirok etishi mumkin emas.
Fond birjasida qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:

  1. birja savdolarining ishtirokchilari, shuningdek, birja xizmatkorlari tomonidan qonunchilik va birja qoidalariga qat‘iy rioya qilinishi;

  2. birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi;

  3. birja savdolari o‗tkazilishini oldindan belgilangan joy va yil bilan reglamentlash yo‗li orqali ushbu savdolarning regla mentlanishini ta‘minlash;

  4. tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;

  5. amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni belgilash;

  6. birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog‗ozlar haqidagi ishonchli va to‗liq ma‘lumotlarni zudlik bilan e‘lon qilish hamda birja savdolari ishtirokchilarini birja bitimlarining narxlari to‗g‗risida xabardor qilish;

  7. qonun yo‗li bilan talab etiladigan birja axborotini taqdim etish va e‘lon qilish;

  8. tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi, qasddan noto‗g‗ri axborot berilishining taqiqlanishi va ta‘qib qilinishi va h.k.

Birjada qo‗yidagilar taqiqlanadi:

  1. qalbaki, sun‘iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi;

  2. monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vaqil etilgan organ bilan oldindan kelishuvlarsiz bir–birining mulkini nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan biror–bir emitent aksiyalarining 35 va undan ortiq foizini ta‘minlovchi yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan ortig‗ini ta‘minlovchi aksiyalarni xarid qilish hamda bitimlarni ro‗yxatga olish;

  3. bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga ta‘sir ko‗rsatishni maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli qog‗ozlarni sotib olish (sotish) bo‗yicha ko‗lamli bitimlarning tuzilishi;

  4. qimmatli qog‗ozlar bozori konyunkturasining sun‘iy ravishda o‗zgarishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan yolg‗on xabarlarni tarqatish va qimmatli qog‗ozlar bilan savdolar qilishning asosiy tamoyillariga hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‗lgan boshqa harakatlar.

Fond birjalari o‗zini o‗zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, birjalar qimmatli qog‗ozlar bilan birja savdolari qoidalarini, birjaning tarkibiy tuzilmalari, ularni a‘zolarining ishini tartibga soluvchi hujjatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq bularning barchasi qimmatli qog‗ozlar bozori to‗g‗risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi lozim. Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda qo‗yidagi ta‘riflarni nazarda tutishi kerak:

  1. muayyan birjada qimmatli qog‗ozlar bilan savdo–sotiq qilish tamoyillari;

  2. birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo‗yiladigan talablar; birja yig‗ilishlarining joyi va yili haqida axborot;

  3. qimmatli qog‗ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi tartibi;

  4. birja bitimlari;

  5. mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruqlari)ning turlari; 10.savdolarni tashkil etish;

  1. bitimlarni ro‗yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;

  2. bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, hisobotlar, xabarnoma shakllari va boshqa birja hujjatlarining namunalari.




    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish