O„zbekiston respublikasi



Download 0,62 Mb.
bet45/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Transfer-agentning faoliyati deganda, qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, qayta ishlash va o‗tkazish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatish tushuniladi.
Qimmatli qog‗ozlar bozorining transfer agent faoliyatini amalga oshiruvchi professional qatnashchisi transfer-agent deb nomlanadi.
Emitent bilan o‗zaro munosabatda transfer-agent quyidagilarni amalga oshiradi:
-emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda reestr shakllantirish uchun markaziy registratorga so`rov yuborish;
-markaziy registratordan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‗ozlar egalari reestrini qabul qilissdzxuz
-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda emitentga qimmatli qog‗ozlar reestrini etkazish va berish.
Transfer-agent emitentga markaziy registratordan olingan qimmatli qog‗ozlar egalari reestri va boshqa ma‘lumotlarni o‗z vaqtida yyetkazib berish va ularning saqlanishi yuzasidan javobgar hisoblanadi.
Qimmatli qog‗ozlarni begonalashtiruvchi (sotib oluvchi) bilan o‗zaro munosabatda transfer-agent quyidagilarni amalga oshiradi:
-qimmatli qog‗ozlarni begonalashtiruvchidan (sotib oluvchidan) olingan hujjatlarni tekShirish, ro‗yxatga olish va hisobga olish;
-mijozlardan olingan hujjatlarni ro‗yxatga olish va hisobga olish;
-qimmatli qog‗ozlarni begonalashtiruvchiga xizmat ko‗rsatayotgan depozitariyga qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha huquqlarning o‗tishiga asos hisoblanuvchi hujjatlarni yyetkazib berish va taqdim etish;
-imzolar taqdim etilgan hujjatlarda ko‗rsatilgan shaxslar (ularning vakillari) tomonidan qo‗yilganligini kafolatlash;
-operatsiyalar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilish;
-begonalashtiruvchining (sotib oluvchining) xizmat ko‗rsatuvchi depozitariydan shartnomaga muvofiq olingan qimmatli qog‗ozlarni begonalashtiruvchiga (sotib oluvchiga) yyetkazib berish va taqdim etish.
Begonalashtiruvchi (sotib oluvchi)ning qimmatli qog‗ozlar transfer-agenti bilan munosabatlari shartnoma asosida tartibga solinadi.
Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining faoliyati deganda, investorlarga vositachilarni yollamasdan turib savdolarda qatnashish imkoniyatini beruvchi arizalar qabul qilish punktlari, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalanishning belgilangan qoidalari bo‗yicha qimmatli qog‗ozlar savdosini tashkil qilish faoliyati tushuniladi.
Birjadan tashqari savdolar tashkil kilish, shuningdek birjadan tashqari listinglar qoidalari qimmatli qog‗ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi tomonidan qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi bilan kelishgan xolda belgilanadi.
Birjadan tashqari listing - qimmatli qog‗ozlarning birjadan tashqari savdoga ularni birjadan tashqari byulleteniga kiritgan xolda, savdoga qo‗yishdir.
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida o‗rnatilgan tartibda o‗tkazilayotgan savdolarning oshkoraligi va ommaviyligini ta‘minlashi lozim.
Qimmatli qog„ozlarni nominal saqlovchi
Qimmatli qog‗ozlarni nominal saqlovchi – qimmatli qog‗ozlarning egasi bo‗lmagani holda, boshqa shaxsning (qimmatli qog‗ozlar egasi yoki vakil qilingan shaxsning) topShirig‗iga muvofiq qimmatli qog‗ozlarni saqlash, hisobga olish va ularga bo‗lgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiruvchi reestr yuritish tizimida ro‗yxatga olingan depozitariy.
Qimmatli qog‗ozlarni nominal saqlovchi mijozlarining qimmatli qog‗ozlari uning kreditorlari foydasiga undirib olinishi mumkin emas.
Nominal saqlovchi markaziy registratorning talabiga binoan o‗zi nominal saqlovchi hisoblangan qimmatli qog‗ozlar egalari to‗g‗risidagi qimmatli qog‗ozlar egalari reystrini shakllantirish uchun zarur ma‘lumotlarni belgilangan sanaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishga majbur.
Nominal saqlovchi o‗zida hisobi yuritilayotgan qimmatli qog‗ozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga markaziy registratordan olingan ma‘lumotlar asosida o‗zgartirishlar kiritadi.
Nominal saqlovchi reystr yuritish tizimiga taalluqli axborotlarning ishonchliligi, to‗laligi va o‗z vaqtida markaziy registratorga taqdim etilishi yuzasidan javobgarlikka ega.
Qimmatli qog„ozlar bozoriga oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Qimmatli qog‗ozlar bozoriga oid qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‗ladilar.
Qimmatli qog„ozlar bozori professional ishtirokchilari emitentlar bilan ishlagan chog„idagi javobgarligi
Qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq investorlar oldida ularga etkazilgan zarar uchun quyidagi holatlar bo‗yicha mulkiy javbogar:

  • investorlar talabiga asosan qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan ma‘lumotlarni taqdim qilmaslik yoki noto‗g‗ri ma‘lumotlar taqdim qilish;

  • qimmatli qog‗ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzish;

  • qimmatli qog‗ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qog‗ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalada bo‗lishi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qog‗ozlarning reklamasi uchun;

  • investorlar bilan ularning qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini cheklaydigan, emitentlar va qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalarni tuzish;

  • aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog‗ozlar bozoridagi boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qog‗ozlar, qimmatli qog‗ozlarning emitentlari, qimmatli qog‗ozlarga doir narxlar to‗g‗risida, shu jumladan reklamada qasddan buzib ko‗rsatilgan axborotni taqdim etish yo‗li bilan investorlarni qimmatli qog‗ozlarni sotib olish va sotishga da‘vat qilganlik uchun;

  • investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada qayd etilganidan farq qiladigan shartlarda bitim tuzganlik uchun.




    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish